Baqlajon - Solanum melongena eng muhim sabzavotlardan biri. U Hindiston va Birmada yovvoyi holda o‘sadi.
Pomidor - Solanum lycopersicum L. (Lycopersicon esculentum) ovqatga ko‘p ishlatiladigan sabzavotlardan. Uning vatani Peru.
Qalampir - Capsicum annum mevasi vitamin A, C ga boyligi jihatdan sabzavot ekinlari orasida etakchilik qiladi.
Fizalis - Physalis ning O‘zbekistonda 4 ta turi o‘sadi.
Chingil - Lycium barbarum dorivor va manzarali o‘simlik.
Chilim tamakisi - Nicotiana tabacum va moxorka - N. rustica ham bargi uchun ekiladi. Tamakilar tarkibida zaharli nikotin alkoloidi bo‘ladi (256-rasm).
Bu oiladan yagona tur oloy xiyoli (Physochlaina alaica) respublikamizda muhofazaga olingan.
n, ulardan kampirchopondoshlar (Boraginaceae) oilasini ko‘rib chiqamiz.
Bu qabila bir-biriga juda yaqin 5 ta oilani o‘z ichiga oladi.
Ituzumdoshlar (Solanaceae) – ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Oʻt, butachalar, lianalar va kichik daraxtlardan iborat. Barglari yonbargchasiz, ketma-ket joylashgan, gullari ikki jinsli. Kosachasi va gultoji 5 boʻlakli. Changchisi 5 ta. Mevasi — rezavor yoki koʻsakcha. Ituzumdoshlarning 90 turkumi, 2900 turi boʻlib, ular yer sharining moʻtadil iqlimli, tropik, subtropik mintaqalarda, xu-susan, Jan. va Markaziy Amerikada keng tarqalgan. Ituzum, pomidor, mandragora, oqchingʻil kabi turkumlari katta ahamiyatga ega. Ituzumdoshlarga kartoshka, pomidor, tamakigul, tamaki va b. ekinlar kiradi. Koʻpchilik Ituzumdoshlar — skopoliya, mingdevona, bangidevona va b. tarkibida alkaloidlar bor. Baʼzi Ituzumdoshlar manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.Yer yuzida oilaning 90 turkumga mansub 3000 turi bor. O’zbekistonda 7 ta turkumga oid 25 turi o‘sadi. Oila vakillari ko‘p yillik o‘t va ayrim butalardan iborat. Barglari oddiy yoki patsimon qirqilgan, ketma-ket joylashgan. Ko‘pchilik turlarining gullari aktinomorf, ikki jinsli. Gulkosachasi, gultojbarglari va changchisi 5 tadan. Mevasi rezavor yoki ko‘sakcha. Gul formulasi: Ca(5)Co(5)A5G2. Oila vakillari alkoloidli o‘simliklar jumlasiga kiradi. Bir qancha vakillari ovqat va sabzavot o‘simlik, ba’zilari narkotik yoki manzarali o‘simlik sifatida ekiladi. Masalan, bir qancha turkumlaridan Ca(5-10) Co(5-10) А5-10G(2-10).
Do'stlaringiz bilan baham: |