1. Kampirchopon — Trichodesma.
2. Quyonquloq, ko‘kgul -Lindelofia.
3. Ko‘kmoraz, tuyaqorin - Heliotropium.
4. Ho‘kiztili - Anchusa.
5. Nonnea -Nonnea.
6. Mehrigiyoh -Onosma.
Oq tukli kampirchopon - Trichodesma incanum. Ildizpoyasi yaxshi rivojlangan, poyasi tarvaqaylaydigan, sudralib o'suvchi, ba’zan tik o‘suvchi ko‘p yillik o‘simlik. Bo‘yi 30 - 40 sm keladi. Ildizpoyasi yo‘g‘on. Tanasi, bargi, guli qalin, mayin tuklar bilan qoplangan, bargi bandsiz, shakli tuxumsimon yoki cho‘ziq tuxumsimon bo'lib, cheti tekis. To‘pgullari ro‘vaksimon bo‘lib, novdalarining uchlarida joylashgan. Adir va tog‘ mintaqalarida, shag‘alli yerlarda, g‘alla ekinlari orasida, begona o‘t sifatida o‘suvchi juda keng tarqalgan zaharli o‘simlik.
Sigirquyruqnamolar – Scrophulariales. Sigirquyruqdoshlar - Scrophulariaceae oilasi. Bu oilaga 300 turkumga mansub 5000 tur kiradi. O‘zbekistonda 22 turkumga oid 67 turi o‘sadi. Oilaga mansub o‘simliklar tarkibida glikozidlar va saponinlar bo‘ladi. Sigirquyruqdoshlar oilasiga ko‘p yillik, ikki yillik o‘t, yarim butalar va ba’zan daraxtlar kiradi. Gullari zigomorf yoki aktinomorf.
Jung‘or sigirquyrug‘i - Verbascum songoricum. Ikki yillik o‘t bolib, bo‘yi - 60 - 150 sm. Poyasining, asosan, yuqori qismi shoxlangan, pastki qismi bargsiz, poyasi baquvvat bo‘lib, o‘q ildizli. Gullarida foydalanadigan qismida shilliq moddalar, qand, saponin, efir moyi bor. Barg plastinkasining uzunligi - 15 - 40 sm, eni -3,5 - 12 sm. Tanasi qalin, mayin oq tuklar bilan qoplangan. Undan yo‘tal va shamollashda foydalaniladi. Gulidan sariq bo‘yoq olinadi. O’zbekistonning tog‘ va adir hududlarida o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |