Kurs ishi mavzu: O'zbekiston florasida Solanaseae oilasi Tekshirdi
Download 112.93 Kb.
|
208 Ituzumdoshlar oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yalpiznamolar
1.3 Zubturumdoshlar - Plantaginaceae oilasi. Bu oilaga 3 turkum, 320 turga yaqin o'simliklar kiradi. O'zbekistonda bitta turkumga mansub 6 ta turi uchraydi. Zubturumlar-Plantago bir yoki ko‘p yillik o‘tlardan iborat. Barglari odddiy, ketma-ket, ba’zan qarama-qarshi joylashgan. O’zbekiston sharoitida ildiz bo‘g‘zida yopirma barglar hosil bo‘ladi. Gullari oddiy boshoqda joylashgan, ikki jinsli. Zubturumlar, asosan, shamol vositasida changlanadi.
Yirikbarg zupturum-Plantago major. Ko‘p yillik o‘t. Bo‘yi 30-50 sm. Barglari 3-9 tomirli, uzunligi 2-25 sm, eni 1,5-14 sm. Ko‘sakchasi tuxumsimon, to‘p bo‘lib chiqqan, boshog‘i uzun, ko‘sagining har qaysi uyasi 8-30 urug’li. Hamma yerda keng tarqalgan o‘simlik. Yirikbarg zubturum - P.major tabobatda ko‘p ishlatiladi, Ayniqsa, me’da-ichak kasalliklarini davolashda, qonni to‘xtatuvchi vosita sifatida va shamollashga qarshi ishlatiladi. Yalpiznamolar — Labiales qabilasi. Tizimguldoshlar - Verbenaceae oilasi. Bu oilaga daraxt, buta, yarim buta va o‘t o‘simliklar kiradi. Barglari oddiy, ba’zan 4 bo‘lakli, qarama-qarshi joylashgan, yon bargsiz. Gullari ikki jinsli, zigomorf. Gulkosa va gultojbarglari 5 tadan, changchisi 4 ta, urug‘chisi 2 ta, tugunchasi ustki. Mevasi, asosan, danakcha. Oilaga 100 ta turkumga oid 3000 tur kiradi. O’zbekistonda 2 turkumga mansub 4 ta turi uchraydi. Vakil qilib dorivor tizimgul (Verbena officinales) ni olish mumkin, u begona o‘t sifatida uchraydi. Yalpizdoshlar — Lamiaceae oilasi. Bu oilaga 200 turkum, 3500 tur kiradi. O’zbekistonda 38 turkumga oid 214 turi o‘sadi. Oila vakillarining poyasi 4 qirrali. Barglari oddiy, poyada qarama-qarshi joylashgan. Gultojbarglari ikki labli, ustki labi 2 ta, ostkisi 3 ta gultojbargdan iborat. Changchilari 4 ta, ba’zan 2 ta. Urug‘chisi 2 ta mevabargli, mevasi yong‘oqcha. Bu oila vakillari efir moylariga boy, ba’zi vakillari sanoatda, ba’zi turlari ovqat mazasini yaxshilashda ishlatiladi. Moy beruvchi va manzarali o‘simlik sifatida ekiladi. Begona o‘t sifatida o‘sadigan vakillari ham ko‘p. Download 112.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling