O‘simliklar evolyusiyasi va tirik tabiatning tarixiy jarayonda paydo bo‘lishi
Download 1.99 Mb.
|
14 mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zubturumdoshlar (Plantaginaceae)
Bajardi: Orziyeva N. U. Tekshirdi: Atamuratova N. T. Mustaqil ish № 14 Zubturumdoshlar, zaytundoshlar, sigirquyruqdoshlar oilalaring tasnifi, o‘ziga xos xarakterli xususiyatlari va ahamiyati. Reja: Zubturumdoshlar oilasi Zaytundoshlar oilasi Sigirquyruqdoshlar oilasi Adabiyotlar Zubturumdoshlar (Plantaginaceae) Mamlakatimizda ko`plab dorivor o`simlik turlari tarqalgan. Ular ichida zubturum o`simligi ham o`zining dorivorlik xususiyati bilan xalq tabobati va farmatsevtika sanoatida katta ahamiyatga ega. Zubturumdoshlar (Plantaginaceae) oilasiga mansub bir, ikki va ko`p yillik 250 turi yer yuzining o`rta iqlimli mintaqalarida uchraydi. Bu oilaning zubturum (Plantago) turkumi O`zbekistonning soy va ariqlar bo`ylarida, yo`l chetlarida, o`tloqlar va botqoqlangan joylarda, daryolar bo`ylarida, bog`larda, tog`larning o`rta qismigacha bo`lgan yalangliklarda keng tarqalgan: lansetsimon zubturum (Plantago lanceolata), katta zubturum (P. major) va osiyo zubturumi (P. asiatica) kabi turlarini o`z ichiga oladi [Mustafaev, 2002]. Xalq tabobatida bu o’simlikdan me‘da, ichak va o’pka xavfli o’smalariga davo sifatida foydalaniladi. Undan tayyorlangan preparatlar jigar, buyrak kasalliklari, qandli diabet, ko’z kasalliklari, qon ketar mahalida, shuningdek farzandsizlikda ham foydalaniladi. Ildizidan tayyorlangan damlamasi isitma, yo’talga qarshi, sil bilan og’rigan kasallarga buyuriladi, zaharli hasharotlar va ilon chaqqanida og’riq qoldiradigan vosita tariqasida ishlatiladi. Yanchilgan urug’i surunkali ich ketarga yaxshi davo bo’ladi [Xolmatov, 1991]. Zubturumdan tayyorlangan vositalar ichburug‗, bavosil, kolit, so‗zak kasalliklariga qarshi ishlatiladi. Ilmiy tabobatda bu o’simlikning barglaridan tayyorlangan 20% li ekstrakti yara-jarohatlar bitishiga yordam berib, yiring chiqishini kamaytirishi, to’qimalarning et olishini tezlashtirishi, arterial qon bosimini pasaytirib, tinchlantiradigan va uxlatadigan ta‘sir ko’rsatishi aniqlangan [Xolmatov, 1995]. Zubturumni turli patogen mikroorganizmlar singari viruslar ham kasallantirshi haqida ma`lumotlar uchraydi, bunday viruslarga: zubturum X-virusi (Plantain virus X (PIVX)) [Hammond at all, 1980], zubturum xol-xol mozaika virusi (Plantago mottle virus (PIMV)) [Granett, 1973], Osiyo zubturumi mozaika virusi (Plantago asiatica mosaic virus (PIAMV)) [Solovyev, 1993] uning o`sishi va rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Mamlakatimizda zubturum o`simligini kasallantiruvchi viruslar ustida ilmiy tadqiqod ishlari olib borilmaganligini etiborga olib, bu o`simlikni kasallantiruvchi viruslarni aniqlash maqsad qilib olindi. Buning uchun Toshkent viloyatining ba`zi hududlarida zubturum o`simligida uchrovchi virusli 91kasalliklarga xos bo`lgan alomatlar monitoring qilindi. Kuzatishlar natijasida zubturum o`simligida keng tarqalgan quyudagi kasallik alomatlari aniqlandi. Ular quyidagi rasmda keltirilgan. Kuzatishlar natijasida shuni shu narsa aniq bo‘ldiki, zubturum o`simligida uchrovchi viruslar o`simlikning o`sishi va rivojlanishini pasaytirishi bilan bir qatorda, uning dorivorlik xususiyatini ham pasayishiga sabab bo‘lishi haqidagi ma‘lumotlar uchraydi. Shu bilan bir qatorda zubturum o‘simligining ko‘p yillik ekanligini e‘tiborga olib, bu o‘simlik o‘zida uchraydigan va boshqa fitopatogen viruslarning tabiiy saqlovchisi bo‘lib, uning keng tarqatuvchisi sifatida ham muhim hisoblanadi. Chunki fitopatogen viruslar bilan kasallangan o`simliklarni esa davolashning imkoni yo`q [Sheraliyev, 2008]. Shu sababli zubturumda kasallik keltirib chiqaruvchi viruslarni yanada to`liqroq va chuqurroq o`rganish, bu viruslarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling