O‘simliklar evolyusiyasi va tirik tabiatning tarixiy jarayonda paydo bo‘lishi


Download 1.99 Mb.
bet2/3
Sana29.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1401269
1   2   3
Bog'liq
14 mustaqil

Zaytundoshlar(Oleraceae)
Bu oilaga 400 ga yaqin daraxt va butalar kiritilgan boiib, subtropik va mo‘tadil mintaqalarda tarqalgan. O ‘rmon xo‘jaligi uchun 4 ta zaytun, shumtol, ligistrum va siren turkumi vakillari muhim ahamiyatga ega.

ZAYTUN (OLEA) TURKUMI
Zaytun turkumida muhim xo‘jalik ahamiyatiga ega zaytun daraxti yoki madaniy zaytun (Olea europaea L.) 0 ‘rta yer dengizi mamlakatlarida keng tarqalgan. Bo‘yi 4-12 metrga boradigan doim yashil subtropik daraxt. Mevasi et bilan qoplangan danakdan iborat bo‘lib, og‘irligi 15 gr ga boradi. Har bir daraxt o‘rtacha 20-30 kg meva beradi. Barglari mayda va uchli gullari oqish va ikki jinsli, ro‘vaksimon shingil to‘pgulga yig‘ilgan. Zaytun daraxti yow oyi zaytundan kelib chiqqan. Qadim zamonlardan beri ekib kelinadi. Hozirda ushbu o‘simlik 450 shimoliy kenglik va 370 janubiy kenglik oralig‘ida ekiladi. MDH hududida XIII asrdan boshlab Ozarbayjon, Turkmaniston, Gruziya, Janubiy Qrim va Krasnodar o‘lkasida o‘stirilib kelinmoqda. Urug‘idan o‘stirilgan zaytun 10-12 yilda, qalamchadan ko‘kargan ko‘chati 4-5 yilda hosil beradi.
Zaytun mevasi tuzlash, konservalash va yog‘ olish uchun ishlatiladi. Mevasining h o i etida 56% gacha, danak qobigida 5% gacha, mag‘zida 12% gacha zaytun moyi bor. Preslash y o ii bilan undan oziq-ovqat, tibbiyot va konserva sanoatida ishlatiladigan qimmatbaho zaytun moyi ajratib olinadi. Hozirgi paytda zaytun daraxtini respublikamizning Surxondaryo viloyatida o'stirish bo'yicha ilmiy tajribalar o‘tkazilmoqda.Oddiy zaytun unchalik baland boim agan daraxt b o iib ,0 ‘rta yer dengizi atrofida keng tarqalgan, Kavkaz va Qrimda ekilmoqda. Mevasi moyli seret boiib o‘ralgan danak. Sekin o ‘sadi, lekin 200-300 yilgacha yashaydi. Mevalaridan zaytun moyi olinadi, mevalari konservalangan holda ham iste’mol qilinadi. Urugidan va qalamchasidan ko‘paytiriladi.
Sigirquyruqdoshlar(Scrophulariaceae)
Sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae) — ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Koʻpchiligi oʻt va yarim buta, ayrimlari buta va daraxt (daraxtsimon turlari tropik va subtropik rayonlarda uchraydi). Toʻpguli shingilsimon, roʻvaksimon. Gullari har xil, changchilari 2— 5 ta, urugʻchisi bitta. Tugunchasi ikki uyali. Koʻpchiligining mevasi koʻsakcha.
5000 dan ortiq turi (300 ta turkumi) bor. Aksariyati oʻrta mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 25 turkumga mansub 226 turi bor. Baʼzilari ekinlar orasida begona oʻt sifatida usadi. Koʻpchiligi zaharli boʻlgapi uchun mollar yemaydi. Angishvonagul, sigirquyruq va boshqa tibbiyotda ishlatiladi. Ajdargul, itbinafsha manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.
Oʻzbekistonning adir va togʻ yon bagʻirlarida tarqalgan sigirquyruqning boʻyi 60—150 sm, barglari bandsiz, mevasi va poyasi tuk bilan qoplangan, sariq shingilsimon toʻpgulli, mevasi koʻsakcha. Iyundan sentyabrgacha gullaydi. Sigirquyruqni mol yemaydi. Tarkibida saponin va S vitamini bor. Bargidan tayyorlangan qaynatma xalq tabobatida jarohatni davolashda ishlatiladi.


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling