Kurs ishi mavzu: “O’zbekiston tasviriy san’ati”


XX asr boshlarida yashab ijod etgan rassomlar


Download 1.19 Mb.
bet6/12
Sana01.07.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1657946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATI

1.3 XX asr boshlarida yashab ijod etgan rassomlar
S hu davrda g’oyaviy va badiiy jihatdan yuksak saviyada ishlangan san’at asarlaridan biri O’.Tansiqboevning 1957 yilda yaratilgan “qayroqum GESI tongi” asaridir.
XX asr o’zbek rassomliligi asarlaridan yana biri P.P.Benkovning 1931 yilda yaratilgan “Xivalik qiz” nomli asaridir. Suratda Xivadagi hovlining bir burchagida charx bilan ip yigirayotgan qiz tasvirlangan. Uning hamma e’tiborli ishga qaratilgan.
U ishga shunchalik berilib ketganki, undagi bunday holat bu ishga ko’nikib ketgan odamlardagina bo’ladi. qiz charxga ip o’rashni nihoyatda erkin va chaqonlik bilan bajaryapti. Suratda mehnat mavzusi lirik va dildan hal qilingan. Rassom tamoshabinni qizning harakatidagi go’zallikdan, undagi tinch ritmdan zavqlanishga majbur etadi. Rassomning badiiy didi sarg’ish-yashil sir bilan qoplangan laganda, qiz boshidagi o’ziga xos yorqin binafsha rangdagi ro’molda namoyon bo’ladi. qiz bola rasmini ilk bahorda ko’cha-ko’y va loyli tomlarda ochiluvchi yorqin va nafis yaproqli qipqizil lola qizg’aldoqlarga o’xshating keladi. P.Benkovning “Xivalik qiz” asari rassomning muvaffaqiyatli suratlaridan biri hisoblanib, u hozirgi kunda Moskvadagi Tretyakov nomli suvratlar galereyasida saqlanadi. Suvratni kuzatishda quydagilarga e’tibor berish lozimcsuratda qanday voqea tasvirlangan, asardagi voqea qaysi fasl va kunning qaysi vaqtida tasvirlangan, uni qanday bilish mumkin, asar orqali rassom qanday g’oyani ilgari surgan namoyon bo’lib turibti. O’rganish uchun tavsiya etilgan grafik asarlaridan yana biri A.Цiglinstevning “Mening uyim-sizning uyingiz” deb nomlanadi.
Grafik rassomning bu asarida ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekistonga yuborilgan etim bolalardan 9 tasini o’z bag’riga olgan o’zbek oilalaridan biri tasvirlangan. Xaqiqatda 9 nafar bolani bir oilada katta qilish biroz mushkul albatta, biroq bag’ri keng va haqiqiy odamiylik hususiyatlarini o’zida aks ettiruvchi kishilarga bu narsa mushkul emas. Bu g’oya yuqoridagi suratda badiiy tasvirlangan. Suratga qarab bolalarni bu oilada normal hayot kechirishlariga ishonasiz, chunki oila boshlig’i ularni nihoyatda mehribonlik bilan qabul qilyapti.
Suvratda kuz fasli tasvirlangan bo’lishi xaqiqatga yaqin. Oila boshlig’ining egnida to’n, ayol boshida ro’mol, bolalar ham shunday kiyinishgan, ularning ba’zilari qalpoq ham kiyib olishgan, orqa planda esa mevali olma daraxti aks ettirilgan. Rassom asarda o’zbek xalqining bolajonligi va boshqa millatlar oila hamdo’stligini ifodalashga harakat qilgan va o’z maqsadiga erishgan. Rassom suvratni shunday ustalik bilan ishlaganki, u rangsiz bo’lishiga qaramay, kishida voqea haqida to’liq tushuncha hosil qiladi. Bolalarning qaysi millatga mansub ekanligi yaxshi sezilib turibdi. Umuman, suvrat kishida oila boshlig’iga nisbatan iliq taassurot qoldiradi.
Bu davrga xos yuqori badiiy saviyadagi haykaltaroshlik asarlaridan yana biri X.Husniddinxo’jaev, V.Lunev, M.Bulatovlarning 1970 yilda yaratilgan “Navoiiy va Jomiy” nomli monumentlaridir.
Navoiy va Jomiyga bag’ishlangan ushbu asar-haykaltaroshlikning monument turiga kiradi. (Monument-yirik o’lchovli yodgorlik haykalidir). U sun’iy toshdan o’yib ishlangan va Samarqanddagi Registon maydoniga o’rnatilgan. Asarda mualliflar ustoz va shogird obrazini yaratganlar. Unda ustoz va shogird obrazi shunchaki tasirlanibgina qolmasdan, ular orqali o’zbek va tojik xalqlarining tarixiy do’stligi simvolik tarzda talqin etiladi. Bunga rassomlar ikki kishi qomatining pastki qismini o’zaro tutashib ketgandek tarzda tasvirlash orqali erishganlar.
Monumentni kuzatar ekansan ulug’ siymolar-Navoiy va Jomiylarning iliq munosabatlari hayolingdan o’tadi va mualliflarning mahoratiga qoyil qolasan.
O’zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullaevning “A.Hidoyatovning Otello rolidagi portreti” asari uni “Otello” spektaklini tamosha qilganidan keyin 1946 yilda tug’ilgan edi. Portret orqali aktyorning bizga tanish bo’lgan tomonlarini ko’ramiz, shuningdek, ko’z oldimizda Otello ham namoyon bo’ladi. Rassom Hidoyatovni Otelloning qiyofasi va harakterini, uning fikr va his-tuyg’ularini o’zida aks ettirgan holda tasvirlayi. Suratda biz go’zal va baxtli turmushi buzilgan odam aks etadi.. Buni qahramon qomati bir oz engil orqaga tashlaganligi, boshini mag’rur tutishi, keskin burilishi, qat’iy qarashlarida ko’rish mumkin.
Bulardan tashqari, aktyorning yuzidagi mimika, dadil harakati va holati, shuningdek asar kompozistiyasi, koloriti ham muvaffaqiyatli chiqan.
Otello obrazidagi mag’rurlik, jiddiylikni ko’rsatish maqsadida rassom aktyor tasvirining yuqori, chap va o’ng tomonlarini suvrat chegarasiga taqalgan holatda tasvirlaydi. A.Hidoyatovning suvratdagi ruhiy holati to’q qizil, iliq jigarrang, och sarg’ish ranglarda berilishi orqali ochib berilgan.
N avbatdagi tahlil 1963 yilda yaratilgan J.Umarbekovning “Navoiy va Husayni Boyqaro yoshlikda” nomli asari ham O’zbekistoning XX asr tasviriy san’atida e’tiborga loyiq ishlardan biri hisoblanadi.
XX asr O’zbekiston tasviriy san’atining yutug’i shundaki, bu davrda tasviriy san’atni realistik rangtasvir, grafika, xaykaltaroshlik turlari shakllandi va tez rivojlana boshladi. Salbiy jihatlardan biri tasviriy san’atni ko’pgina oqimlarida ijod qilish taqiqlab qo’yildi. Natijada O’zbekiston tasviriy san’atini xorijga chiqish imkoniyatlari kamaydi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling