Kurs ishi mavzu: “O’zbekiston tasviriy san’ati”
II- Bob. O’zbekistonning mustaqillik yillaridagi tasviriy san’ati
Download 1.19 Mb.
|
O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATI
II- Bob. O’zbekistonning mustaqillik yillaridagi tasviriy san’ati
Muataqillik yillarida tasviriy san’at sohasidagi muhim o’zgarishlar. О‘zbekistonning mustaqilligi milliy tasviriy san’atimiz taraqqiyotiga katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Bu davrda tasviriy san’atning rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika turlari yanada rivojlandi. San’atning janrlarida о‘nlab rassom va haykaltaroshlarning erkin ijodiy faoliyati keng tus oldi. Sobiq Ittifoq davrida ijodkorlar yagona "sotsialistik realizm" yо‘nalishida ijod qilgan bо‘lsalar, hozir ular hech ikkilanmasdan о‘zlarini qiziqtirayotgan avangardizm, romantizm, impressionizm, abstraksionizm va boshqa qator ijodiy yо‘nalishlarda va mavzularda yuksak badiiy saviyadash asarlarni yaratmoqdalar. Bu yutuqlarning qo’lga kiritilishida shubhasiz tasviriy san’at, uning rivojlanishi uchun davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan ko’plab qaror va farmonlarining hayitga joriy etilishi bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqida”gi Farmoni, 1997 yil, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy xunarmandchiliklari va amaliy san‘atini yanada rivojlantirishni davlat yuli bilan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni, 1997 yil 31 mart, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’g’risida»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «O’zbekiston» 1997 yil, shular jumlasidandir. Mamlakatimizda tasviriy san’atning taraqqiyotida О‘zbekiston Badiiy Akademiyasining tashkil etilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur Akademiya qoshida Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti, san’atshunoslik ilmiy-tadkdqot instituti, kо‘plab rassomchitik, dizayn kollejlari, "San’at" jurnali faoliyat kо‘rsatmoqda. Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va deyarli barcha viloyatlarda, Respub¬lika rassomlar uyushmasining bо‘limlari samarali ish olib bormoqda. Milliy rassomchilik va dizayn institutida, Tasviriy san’at yо‘nalishlaridagi kollejlarda bugungi jahon ta’tim standartlariga moys keladigan milliy kadrlar yetishib chiqmoqda va ular О‘zbekiston san’atini yanada baland bosqichga olib chiqishi shubhasizdir. Shuni alohida qayd etish lozimki, mustaqillik yillarida tasviriy san’at sohasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ko;plab hukumat qaror va farmonlari e’lon qilindi. Bundan tashqari ko’plab iste’dodli yoshlar jahonning ko’zga ko’ringan badiiy ta’lim dargohlarida o’qib, o’z bilimlarini oshirib qaytmoqdalar. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling