Kurs ishi mavzu: “O’zbekiston tasviriy san’ati”
O’zbekistonning eng qadimgi tasviriy san’ati
Download 1.19 Mb.
|
O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dalvarzin tepa
- Dalvarzin tepa
1.1 O’zbekistonning eng qadimgi tasviriy san’ati
O’zbek halqi o’zining qadimiy yuksak madaniyati va san’ati bilan faxrlansa arziydi. Buni O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari yaqol isbotlaydi. Xususan, Varaxsha, Afrosiyob, Xalchayon, Tuproqa’la, Bolaliktepa, Ayrtom, Dalvarzin tepa, qo’yqirilgan qal’a, Ajinatepa, Teshikqal’a va boshqa bir qator qadimiy shahar, qal’a, ibodatxonalardan topilgan yuksak badiiy saviyada yaratilgan devoriy rasm, haykaltaroshlik asarlari, amaliy san’at buyumlari fikrimizning dalilidir. Bu noyob qazilmalarni izlab topishda L.I. Rempel, G.A.Pugachenkova, L.I. Albaum, B.A.Bulatov, Ya./ulomov, S.P.Tolstoy kabi arxeolog va san’atshunos olimlar samarali mehnat qildilar. Miloddan avvalgi III-IY asrlarga oid yodgorliklar. U O’zbekistonning To’rtko’l shahridan 22 km uzoqlikda joylashgan. Unda shohlar, askarlar, g’alaba zallari bo’lgan. Ibodatxona binosi ikki qavatli bo’lib, diametri 44,4 m. Balandligi 9,5 m.ni tashkil etadi. Devorga loy olingan joy suv bilan to’lg’azilib, xandaqa aylantirilgan. Devor orasida o’q otadigan tuynuklar bor. Bino ichida 8 ta gumbazli xona bo’lib, undan devoriy rasmlar, shuningdek zo’rmahorat bilan ishlangan tobut, haykalchalar, devoriy naqshlar topilgan. Bino devorlaridagi arfa chalayotgan ayol va qo’sh baraban chalayotgan erkak kishi, shuningdek, qisiq ko’zli, qulog’iga sirg’a taqan, gulli ko’ylak kiygan ayol rasmlari alohida e’tiborga loyiqdir. Saroy zallarida devoriy rasmlar bilan bir qatorda ganchdan tayyorlangan rangli releflar, haykallar uchraydi. /alaba zalidagi bir gorelfda shoh va uning atrofida ayonlar aks ettdirilgan, boshqa xonadagi relflarda esa kiyik, anor, shuningdek, uzum daraxtlari o’z ifodasini topgan. Varaxsha-Buxoro shahridan 40 km. g’arbda joylashgan qal’a harobasi. Hozirda bu joy cho’lga aylangan. Arxeologik qazilmalar shuni ko’rsatadiki, bu erda miloddan avvalgi ming yil davomida odamlar yashagan va ularda tasviriy san’at yaxshi rivoj topgan. Varaxshadagi eng katta bino 9 gektarni egallagan va balandligi 10 metrni tashkil etgan. Bu binoda hukmdorlar saroyi va ibodatxona, askarxona, aslaxaxonalar bo’lgan. Ularning xonalari devoriy rangtasvir asarlari, haykallar va har xil rasmlar bilan bezatilgan. Saroydagi xonalardn biri qizil xona hisoblangan. Uning qizil rangli devorlarida ov manzarasi aks ettirilgan. Rassom bu tasvirni ishlashda qizg’ish-kulrang, sariq ranglardan ko’proq foydalangan. Mazkur rangtasvirning ayrim namunalari Sank-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanmoqda. Ayrtom-Termiz shahridan 18 km. uzoqlikda Amurdaryo qirg’og’Ida joylashgan qadimiy shahar bo’lib, u 1932 yilda aniqlangan. Qazish ishlari jarayonida turli haykal va frizlar topilgan. Ulardan arfa, qo’shnay, ud, nog’ora ayollar va erkaklar tasvirlangan.Bu frizlar ishlanish uslubi va kompozistiyasi jihatidan Shimoliy Hindiston haykaltaroshligiga juda o’xshab ketadi. Bu hol I-II a srlarda Budda dinini O’rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bilan bog’lanadi. Ular o’zining badiiyligi jihatidan nihoyatda yuqoridir. 1938 yilda Ayrtomdan I-II asrlarga oid budda dini ibodatxonasi ham topilgan. U erda maxsus hujralar, budda haykali ham bo’lgan. Yuqorida qayd qilingan frizlar shu ibodatxonalarni bezagan bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Dalvarzin tepa 1972 yili Darvarzin shaharchasida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari mobaynida eramizning I asriga tegishli dalvarzin tumanining tarixdagi eng yirik — 36 kg.ga yaqin oltin buyumlar qazilmasi topilgan. Dalvarzin xazinasi o‘zining ilmiy ahamiyatiga ko‘ra mashhur hozirda Britaniya muzeyida saqlanayotgan amudaryo xazinasidan qolishmaydi. kushoniylarning qimmatbaho buyumlari butun Markaziy Osiyo chegarasida ilk bor topilganligi bilan birga, arxeologik qatlamiga ko‘ra juda nafis hamdir. Dalvarzin tepa-Andijon viloyatining chekka qismida Dalvarzin qishlog’ining joylashgan turar joy harobasi hisoblanib, u 1952 yilda topilgan. Er osti qazilganda u erdan bronza quyish ustaxonasi, tosh yotqizilgan ko’chalar, g’alla omborxonalari, turli uy jihozlari, sopol buyumlar, naqshli idishlar va odam haykallari ham topilgan. Topilmalar ichida ganchdan yasalgan ayol kallasi eramizning 2-asrida yaratilgan deb taxmin qilinadi. Dalvarzin tepada qadimda qishloq xo’jaligi, metallga ishlov berish bilan birga tasviriy va amaliy san’at ham rivojlangan. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling