Kurs ishi mavzu: “O’zbekiston tasviriy san’ati”
Xulosa…………………………………………………………….33-38 betlar
Download 1.19 Mb.
|
O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilovalar Kirish
Xulosa…………………………………………………………….33-38 betlar
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….39 betlar Tasviruy san’at atamalari izohli lug’ati………………………..40-50 betlar Ilovalar Kirish Hozirgi kunda go’zallikka befarq kishining o’zi bo’lmasa kerak. Go’zallik insonning ayniqsa, yoshlik , o’spirinlik davrida ko’proq maftun etadi. Zero, aynan shu davrda shaxsning ma’naviy dunyosi tarkib topadi. Shu bois ham kino, teatr, ko’rgazma va konstert zallarida yoshlarni uchratishimiz ajablanarli hodisa emas. Aslida insonni xilma-xil, murakkab va nafis go’zalliklar dunyosi qurshab olgan. Shuning uchun ham go’zallik tabiatda, mehnatda va insoniy munosabatlarda namoyon bo’ladi. Tabiatda mehnat jarayonidagi yangi va tez o’zgarishlar yoshlarni san’atga etaklaydi, badiiy adabiyotga tashnaligini kuchaytiradi, yangiliklar yaratishga chorlaydi. Buning zamirida ular o’zlarini hayajonlantiruvchi muammolarni, ya’ni qoniqtiruvchi javoblarni izlaydilar. Zero, inson o’z tabiatiga ko’ra san’atkor ekanligini ta’kidlash joiz. Bu so’zning asl ma’nosi esa inson go’zallikdan ma’naviy ozuqa olib, uni o’z hayotida yaratishga harakat qilishi kerak deb e’tirof etish mumkin. Go’zallik mehnat qilishning keng maydoni bo’lib, yangi jamiyatning istiqboli uchun erkin va ijodiy mehnat qilishdir. Surat chizish, she’r yozish, musiqa yaratish kabilar barchaning ham qo’lidan kelavermaydi. Har qanday insonning orzusi chegaralanmaganligi tufayli uning ijodiy yo’lida mehnat qilish eshigi ochiqligi sir emas. Har bir shaxs hayotning barcha sohalarida mehnatda, tasviriy faoliyatda, maishiy hayotda hatto xulq- atvorda ham go’zallikni to’g’ri his qilish zarur. Bu borada nafosat tarbiyasi shaxsni bugun o’qib o’rganayotgan, ertaga esa aql – zakovati va mehnati bilan jamiyat qudratini oshiruvchi yoshlari uchun xizmat qilayotganligini ta’kidlash mumkin. Mehnatga ijodiy yondashuv esa nafaqat ijodkorga, balki barchaga lazzat va quvonch hissiyotlarini singdiradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning yuqori sifatli bo’lishi, chop etilgan adabiyotning hammabopligi, yaratilgan san’at asari: tasviriy san’at, kino, teatr, musiqa kabilar ijodkor badiiy madaniyatining nechoqlik balandligidan dalolat beradi. Hayotda go’zallik yaratishi uchun juda ko’p narsani bilish, atrofimizni qurshab olgan tabiat go’zalliklarini chuqur va nozik his etishni va ularga nisbatan ijodiy munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Faqat shundagina insonda haqiqiy va go’zal hayotga nisbatan ijodiy hissiyotlar uyg’onadi. Yuqoridagi tushunchalarni o’zida hazm qila olmaydigan inson jamiyatdan ajralib qoladi va yaratilayotgan har qanday narsaga befarq bo’lib qoladi. Zero har qanday jamiyat go’zallik haqida o’z tasavvurlarini yaratadi. Darvoqe, san’at bizning tushunchamizda qanday idrok etilgan bo’lsa, aynan shu tarzda hayot go’zaldir. Bunday qarashlar yaratilgan har qanday narsani inson manfaatlarini ifodalovchi go’zallik yoki xunuklik to’g’risidagi tushunchalarni ifodalaydi. San’atga ijodiy yondashuv, unga estetik munosabatda bo’lish tariqasida yuzaga keladi. Zero estetika voqelikdagi go’zallikni, inson amaliy faoliyatining barcha sohalarida ya’ni mehnat, maishiy hayot, alohida esa san’atdagi badiiy ijodning umumiy qonunlarini o’rganadi. Estetika shuningdek boshqa fanlarni ham estetik jihatdan o’rganishni taqozo etadi. Ular aniq fanlar bo’lib, texnika, musiqa, badiiy adabiyot, san’at tarixi, me’morchilik, dizayn kabilarni o’z ichiga oladi. Muhimi estetika bilan barcha kasbdagi, hamma yoshdagi kishilar qiziqadilar. Biz tevarak-atrofimizdagi narsa va voqealarga ma’naviy, falsafiy hatto siyosiy jihatdan nazar tashlab, ularga estetik jihatdan ham baho beramiz. Bunday baholash “go’zal - nafis” yoki “xunuk” kabi iboralar bilan qayd g’ilinadi. Kishi o’zi yashayotgan jamiyat haqida yuqorida keltirilgan iboralar orqali o’zining estetik munosabatlarini ifodalaydi. Demak, inson tevarak atrofda ro’y berayotgan hodisaga befarq qolmaydi. Shuningdek hayotda, san’atda ijodkor bo’lib etishgan shaxs har bir narsaga ijodiy munosabatda bo’lib, o’zining mehnati bilan chiroylilik hissiyotlarini qo’shadi, hammaga estetik zavq bag’ishlay olgan va oladi. Bunday holatni oddiy mehnat qurollaridan boshlab, maishiy turmush buyumlarida kuzatish tabiiydir. Zero maishiy va mehnat qurollari hozirgi kunga kelib, juda oddiy va qulayligi hammani quvontirishi tabiiy. Inson yaratgan olam go’yo uning ikkinchi tabiati sifatida namoyon bo’layapti. U yaratgan buyumda o’z ifodasini topgan kuch-qudrati, aql-zakovati va qobiliyati, iftixor barchada zavq uyg’otadi. Estetik va badiiy fanlararo aloqalarning hayotiy murakkabligi hamda hayotiy yashash yo’lini fikrlab ko’ra bila oladigan o’quvchilarni tarbiyalash, amaliy ish jarayonida bilim berishni g’ayta g’urish tubdan ko’rib chig’ishni talab etadi. Axloqiy madaniyatni yuqori darajada shakllantirish uchun ijodiy tasavvurni takomillashtirish lozim bo’ladi. Ijodiy keng qamrovli tasavvur qila olish qobiliyatiga ega bolalarga tasviriy san’at alifbosiga to’g’ri yo’naltirishni yo’lga qo’yish kerak. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling