Kurs ishi mavzu: “O’zbekiston tasviriy san’ati”


Download 1.19 Mb.
bet5/12
Sana01.07.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1657946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATI

A frosiyob-Samarqand shahar yonbag’ridagi shahar harobasi. U eramizning miloddan avvalgi U-U1 asrlariga to’g’ri keladi. Afrosiyobni qazish ishlari XX asr boshlaridan boshlanib, hozirda ham davom ettirilmoqda. Qazilma ishlari natijasida u erda qal’a saroyi borligi aniqlangan, uning qadimiy ko’rinishi rekonstrukstiya qilingan. Uning tasviri quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
Bu binoda bir necha xonalar mavjud bo’lib, ulardan biri mehmonxona ekanligi aniqlangan. Mehmonxonaning to’rt tomoniga turli devoriy rasmlar ishlangan. Mehmonxona devorlaridagi rasmlardan birida bir erkak va ayol suhbatlashib o’tirgani aks ettirilgan.
Umuman mehmonxonaning devorlarida to’y safari, daryoda cho’milish, elchilarni qabul qilish marosimi, ov kabilar aks ettirilgan.
T o’y safari aks etgan rasmda oq rangdagi filda malika, somon ot mingan shoh-kuyov aks etgan. Shuningdek, malikani kuzatib ketyotgan kanizaklar ham tasvirlangan. Rasmdagi bir ayolni qizil rangdagi ko’ylak, och kul rang ro’mol, sariq lozim, qora etik, rasmda saroy xodimlaridan ikkitasi kuzatib kelayotganliklari tasvirlangan. Ulardan biri chol, ikkinchisi undan yoshroq kishi. Ikkovlari ham serbezak kiyimda tasvirlanganlar. Ularning bellarida kichik xanjar va qilich osilgan, qo’llarida hassa.
Bu ularni saroy amaldorlari ekanligidan dalolat beradi. Ularning orqasida oq rangli parrandalar aks ettirilgan. Bulardan tashqari oq kiyimli kichkina ikki kishi ham tasvirlangan. Ulardan biri qora rangli otni yuganidan tortib kelmoqda. Ikkinchi orqaroqda qushlar yonida (u ot mingan holda bo’lishi mumkin) tasvirlangan. Uni asarda tasvirlangan qush rasmlaridan ham bilsa bo’ladi. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi san’at namunalari o’zbek halqining juda qadimdan, madaniyat va san’at sohibi bo’lganligidan, bu erda yuksak badiiy saviyada asarlar yaratilganligidan darak beradi.




1.2 O’zbekistonning XX asr tasviriy san’ati
Xozirgi O’zbekiston xududida XX asr boshlarida qator xonliklar mavjud bo’lib, ulardagi ijtimoiy siyosiy va madaniy axvol bir-birlaridan deyarli farq qilmasdi. Tasviriy san’atning taraqiyotiga islom dining salbiy ta’siri ham sezilib turardi. Shunga qaramasdan ayrim ma’rifatparvar ilg’or adabiyot va san’at nomayondalari sekinlik bilan bo’lsada o’zlarining ijodiy ishlari bilan shug’ullanib keldilar. Xusuan shoir, faylasuf, xatot, astronomlardan Axmad Donish, Axmad Kalla, Abdulxoliq Maxdum kabilar shular jumlasidandir. Ular asosan Sharq miniatyura rangtasviri yo’nalishida ijod qilib tasviriy san’atda o’z o’rni va yo’nalishlarini topishga harakat qildilar.
XX asrning birinchi choragida tasviriy san’atning dastgoxli rangtasvir, grafika turlarining rivoji bevosita Toshkentli, Samarqandli, Buxorolik rus millatiga mansub rassomlar ijodi bilan bog’langan. Ular Rossiyadan ko’chib kelgan I.Kazakov, V. Razvodovskiy, P.Nikifirov bo’lsalar, Samarqanddan L. Bure, Farg’onadan A. Volkovlar edilar. Bu rassomlarning harakati bilan 1915 yilda Toshkent o’lkashunoslik muzeyida “Nafis san’at va xunarmandchilik san’at jamiyati” ishtirokida badiiy ko’rgazma tashkil etildi. Unda I.Kazakov, S.Yudin, L.Bure, R.Zommer, V.Razvodovskiylar o’zlarining ijodiy ishlari bilan qatnashdilar. 1917 yildagi Rossiyadagi inqilobni O’zbekistonga ta’siri sezilarli bo’ldi. Bu davrda badiiy ta’limga etibor kuchaydi. Natijada 1918-1919 yillarda Toshkent, Samarqand, Andijon shaharlarida badiiy maktab, badiiy studiyalar ochila boshladi. Mazkur maktablarda maxalliy yoshlardan A.Sidiqiy, va A.Ro’ziboevlar ta’lim oldilar. 1921 yilda esa Samarqanda rassomlar tayyorlovchi badiiy bilim yurti tashkil etildi. 1918 yilda Toshkentda Toshkent general gubernatorining konfiskastiya qilingan san’at asarlaridan tasviriy san’at muzeyi tashkil etildi. Inqilobdan so’ng dastgox rangtasvirga qaraganda grafika tezroq rivoj topdi. Bu yo’nalishda 1923-1924 yillarda L. Bure, A. Patrashin, M. Solodov, V. Rojdestvenskiy, M.Kurzin, Usto Mo’min (A. Nikolaev), Maktabi rassomlari samarali ijod qildilar.
K eyinchalik ularning qatoriga A.Volkov, V. Eremyanlar qo’shildilar. 1923 yilga kelib Samarqandda “Mushtum” jurnali ish boshladi. Unda yuqorida nomlari ko’rsatilgan rassomlar faol qatnashdilar. Peterburg badiiy san’at texnikumini bitirib kelgan yosh iqtidorli yoshlardan I. Ikramov, Rossiyadan ko’chib kelgan V.Ufimstev, P.Benkov kabi rassomlar O’zbekistonlik rassomlar safini kengaytirdilar. Shu davrda O’zbekistonda ijod qilayotgan rassomlardan A. Volkov, kubizm usulida, Usto Mo’min (A.Nikolaev), O. Tatevosyanlar Tabriz O’rta Osiyo miniatyura rangtasviri an’analari asosida izlanishlar olib borib bir qator asarlar yaratdilar.
1934 yilga kelib birinchi bor Moskvada O’zbekistonlik rassomlarning ijodiy ishlari ko’rgazmasi tashkil etildi. Unda yosh rassomlardan O’.Tansiqboev, N.Karaxan, A.Volkov, Usta Mo’min, P.Benkov, Ch.Axmarov, B.Hamdamiy, L.Abdullaev, A.Sidiqiylarning asarlari namoyish etildi. Shu yili O’.Tansiqboev, A.Volkov, P.Benkov, N.Karaxan, P.Sheglovlarning Filadelfiyada bo’lib o’tgan xalqaro ko’rgazmaga yuborildi. P.Benkovning “Xivalik qiz” nomli asari Moskvadagi Tretyakov galereyasi tomonidan L.Abdullaevning “To’ychi Toshmuhamedov portreti” asari Toshkent sanat muzeyi tomonidan sotib olindi. 1938 yilda O’zbekiston rassomlarining birinchi quriltoyi o’tkazilib, unda O’zbekiston rassomlar Uyushmasi tashkil etilganligi e’lon qilindi. O’zbekistonda 40 yillarga kelib ijodkorlar qatoriga V.Kaydalov, A.Abdullaev, R.Temurov, A.Roziqov kabi yosh iqtidorli rassomlar kelib qo’shildilar.
Bular orasida V.Kaydalovning “Yo’lbars bilan olishuv” nomli grafik asari diqatga sazovordir.
1940 yilda Alisher Navoiyning 500 yilligi munosabati bilan uning eng yaxshi portreti uchun tanlov e’lon qilindi. Bu tanlovda V.Kaydalov g’olib deb topildi.
1 935 yilda Usto Mo’min tomonidan Abdulla qodiriyning “Obid ketmon” va 1934 yilda Mirzo Kozimiyning “qo’rqinchli Texron” nomli romanlariga ishlagan illyustrastiyalar qizg’in kutib olindi.
O.Korjinskayaning 1939-1940 yillarda Toshkent pedagogika inistituti binosi fasadiga ishlagan haykal monumenti ham yuqori baholandi.
1 945-1970 yillar davomida O’.Tansiqboev, A.Abdullaev, I.Axmedov, R.Axmedov, Yu.Elizarov, N.Karaxan, M.Saidov, S.Abdullaev kabi rassomlar zo’r shijoat bilan mehnat qilib, shuhrat qozondilar. Bular orasidan Yu.Elizarovning “So’zanali natyurmort” nomli asari o’zining yuksak badiiyligi bilan ajralib turadi. 68 –rasm. Ularning barchasi “O’zbekiston halq rassomi”, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan rassom” degan yuqori unvonlarga sazovor bo’ldilar. Bu rassomlardan R.Axmedovning “Surxandaryolik ayol”, A.Abdullaevnig “Shaxlo” portretlari Moskvadagi Tretyakov galereyasi uchun sotib olindi.
Bu yillarda grafik rassomlarning saflari ham kengayib bordi. Ularning qatoriga S.Malt, D.Sinistkiy, A.Osheyko, A.Цiglinstev, R.Levistkiy, F.Kagarov, I.Kriakidi, qBasharov, T.Muhamedovlar qo’shildilar. Bu borada q.Basharovning “O’zbek milliy o’yinlari” seriyasidagi “Kamondan o’q uzish” nomli asarini alohida qayd qilish lozim.
Xaykaltaroshlardan A.Ivanov, F.Grishenko, M.Musabaev, X.Xusniddinxo’jaev, J. quttimuradovlar samarali mehnat qildilar. O’zbekistonda iqtidorli rassomlarning ijodiy saflarini kengayishi va yuqori badiiy saviyada yaratilgan ishlarini ko’payib borishi natijasida mamlakatda tasviriy san’at muzeylarini ko’paytirish muammosi paydo bo’ldi. Natijada bunday muzeylar Buxoro, Angren, Andijon, Nukus shaharlarida ham ochildi. Harbir o’lkashunoslik muzeylari tarkibida tasviriy san’at bo’limlari ham tashkil etildi.
1954 yilda Toshkent teatr san’ati instituti tarkibida rassomchilik san’ati fakulteti ochilib u Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutiga aylantirildi. 1997 yilda rassomchilik fakulteti ajratilib, O’zbekiston badiiy akademiyasi qoshida Kamoliddin Bexzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti tashkil etildi. Institutda xozirda tasviriy san’at, amaliy san’at, san’atshunoslik, malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari bor. Bu fakultetlarda yuqori malakali rassomlar, amaliy san’at ustalari, dizaynerlar, san’atshunos va muzeyshunoslar tayyorlanmoqda.
M ustaqillik sharofati bilan 1997 yilda O’zbekiston badiiy akademiyasi tashkil etildi. Uning tarkibida rassomlar uyushmasi, san’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, Kamoliddin Bexzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti KqR va barcha viloyatlarda, Toshkent shahrida bir qator badiiy kollej va listeylar faoliyat ko’rsatmoqda. Xozirda barcha viloyatlarda, rassomlar uyushmasining bo’limlari ish olib bormoqda.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling