Kurs ishi mavzu: O’zbekistonda “Elektron hukumat” tizimi faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari Topshirdi: 925-21 guruh talabasi Sunatov B. Qabul qildi: Azimov Y. Jizzax sh
Download 55.61 Kb.
|
2 5397690885003555098kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’yoriy-huquqiy asos
- Amalga oshirilgan yirik loyihalar
- Axborot tizimlari komplekslari
- O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizomi
Elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.
Me’yoriy-huquqiy asos — Mamlakatimizda elektron hukumat tizimi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida» va «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirib kelinmoqda. Amalga oshirilgan yirik loyihalar: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz) “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi (license.gov.uz) “Yagona darcha” markazlari faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizim (birdarcha.uz) Axborot tizimlari komplekslari: «Kliring» «Xarid» «Byudjet» «Bojxona» «Adliya» «Sog‘liqni saqlash» «Ta’lim» «Kommunal» «Adliya-2» «Nafaqa» «Davlat boshqaruvi» Elektron hukumat tizimini joriy etishga mas’ul organ va muassasalar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bo‘lib, elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi - Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning me’yoriy-metodik ta’minlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va integrasiyalashni ta’minlaydi. Davlat organlari elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi. My.gov.uz — davlat bilan muloqotning tez, samarali va qulay usuli So‘zlashuvda yangi so‘z “paydo bo‘ldi” Internetning turmushimizdan chuqur o‘rin olishi jamiyat hayotidagi ko‘plab muammolarni hal qilishning samarali va muqobil variantlarini amaliyotga joriy etish imkonini bermoqda. Lug‘atimiz yangi so‘zlar, yangi atamalar bilan boyimoqda. Xuddi shunday so‘zlardan biri — “maygovo‘z”dir. Biror murojaatingizga javob kechikayotgan yoki qaysidir muammongiz hal qilinmayotgan bo‘lsa, odamlar “ana, maygovo‘z”ga yoz. Uch kunda hal bo‘ladi”, degan gaplarni aytishmoqda. Bu so‘z orqali shu kunlarda tobora ommalashib borayotgan my.gov.uz— Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali nazarda tutiladi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Bu borada tegishli qonun hujjatlari ham qabul qilingan. Aholining ariza va shikoyatlari bilan ishlash borasida ham talaygina jiddiy kamchiliklar mavjud. Ammo konstitutsiyaviy qoida va qonun talablari hamma joyda, ayniqsa, quyi bo‘g‘inlarda qat’iy ijro etiladi, deb bo‘lmaydi. Xalqning kundalik ehtiyojiga, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga jiddiy e’tibor berilmaganligi sababli markaziy idoralarga murojaat qilish holatlari uchrab turardi. Binobarin, fuqarolarning ijro organlariga murojaatlarini, shikoyatlarini o‘z vaqtida va odilona ko‘rib chiqish uchun, davlat organlari mas’uliyatini oshirish, fuqarolar va tadbirkorlar murojaatlari ijrosi ustidan yagona nazoratni o‘rnatish maqsadida ham Hukumat tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali joriy qilindi. Yagona portal foydalanuvchilar tomonidan interaktiv davlat xizmatlaridan, shu jumladan pulli asosda erkin foydalanish maqsadida tashkil etilgan. U quyidagi vazifalarni ko‘zlaydi: a) foydalanuvchilarga davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish; b) foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash; v) foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish; g) davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish; d) «elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish. Yagona portal — foydalanuvchilarning interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanishini, shuningdek elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlovchi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalidagi ma’lumot-axborot portalidir. U hukumat tomonidan tashkil etilgan va hukumat nazorati ostidagi dasturdir. O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, «bir darcha» tamoyilida faoliyat ko'rsatadi. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 728-sonli qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizomiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi. Yagona portal maqsad va vazifalari: Yagona portal davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko'rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. Yagona portalning asosiy vazifalari; foydalanuvchilarga davlat organlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish; foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash; foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o'zaro hamkorligi samaradorligini oshirish; davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to'siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish; «Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko'maklashish. Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchilarning shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo'ljallangan. Download 55.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling