Kurs ishi mavzu: O’zbekistonda sud-huquq sohasidagi islohotlar qabul qildi: Bajardi: Barotov Furqat Toshkent-2023 kirish


Sud hokimiyatining tizimi va vazifasi


Download 47.93 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1565626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
edited furqatmmmm

1.2. Sud hokimiyatining tizimi va vazifasi
Sud hokimiyati tizimining alohida hamda umumiy vazifalari mavjud, tegishli vakolatlarga ega alohida sud organlarining tizimidan iborat. Sud organlari qonunchilik va ijro hokimiyatidan farq qilib, alohida maqsadda tuzilgan sud organlaridan hamda Oliy va mahalliy sud organlaridan iborat va ularning barchasi birlashib, yagona sud hokimiyatini tashkil qiladi.
Konstitutsiyaning 107-moddasida sud hokimiyatini amalga oshiruvchi sud organlari tizimi belgilangan. Unga asosan “O'zbekiston Respublikasida sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha oliy sudlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi xo’jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat sudlari. Sud ishlari bo'yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinolyat ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo'jalik sudlaridan iborat”.
Sud hokimiyati tizimi quyidagi ko'rinishda aniq ko'rinadi.
I. Sud hokimiyatining mustaqil tarmog‘i O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi hisoblanadi. Uning vakolati Konstutsiyadan tashqari maxsus qonunlar bilan tartibga solinmaydi.
Konstitutsiyaviy sud faqat markazda (Respublika miqyosida) tuzilishi bilan (quyi tuzilmalarda yo'q), vazifa va vakolatlariga qarab, tarkibiy tuzilishiga ko'ra sud hokim iyatining boshqa ikki tarmog'i umumiy yurisdiksiya sudlari va xo'jalik sudlaridan farq qiladi. Konstitutsiyaviy sudning asosiy vazifasi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokirniyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko'radi. Boshqacha qilib aytganda, u Konstitutsiyaning asosiy himoyachisidir. Konstitutsiyamizning 109-moddasiga asosan Konstitutsiyaviy sudga yana quyidagi vazifalar yuklangan. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi:
1) O 'zbekiston Respublikasi qonunlarining va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O'zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
2) Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari O'zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to'g'risida xulosa beradi;
3) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
4) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko'rib chiqadi.
Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat’iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas. Konstitutsiyaviy sudning faoliyati, vakolatlari, ish yuritish, tashkil bo'lish tartibi, tarkibi “O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.
II. Sud hokimiyatining tarkibiga kiruvchi ikkinchi tarmoq sudi — bu umumiy yurisdiksiya sudlaridir. Bu sud tarmog'i o'z tizimiga ega, uni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi boshqaradi. Konstitutsiyaning 110-moddasiga asosan “O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va m a’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va O'zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega”.
Konstitutsiyaning bu normasi tegishli sud tizimini, unda Oliy sudning o'rnini, qisqa qilib aytganda, sudning vazifa va vakolatlarini belgilab qo'ygan. Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimini quyidagi ko'rinishda aniqroq tasavvui qilish mumkin.
Bu sudlarning vazifa va vakolatlari “Sudlar to'g'risida”gi Qonunda keng berilgan.
Qonunning 2-moddasida sudning vazifasi belgilangan, unga asosan sud — “O'zbekiston Respublikasida sud O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini sud yo'li bilan himoya qilishga da’vat etilgan”7.
Ko'rinib turibdiki, biror yerda sudga jazolash vazifasi yuklanmagan u faqat fuqaro va muassasalarning huquqlarini himoya qiladi. Sudga bunday vazifa yuklanishi huquqiy davlatga xos xususiyatdir. Qonunda sudlarning vakolatlari, tarkibi, ish yuritish shakli va prinsiplari batafsil belgilab qo‘yilgan.
Sudning faoliyati qonun ustuvorligini ta ’minlash, ijtimoiy adolatni qaror toptirishdir.
III. Xo‘jalik sudlari. Fuqarolik, jinoyat ishlarini ko'ruvchi sudlar avvalgi tuzumda ham mavjud bo'lib, shu tuzum uchun xizmat qilgan bo'lsa, xo'jalik sudlari O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi natijasida vujudga keldi va sud hokimiyatining ajralmas qismi bo'lib qoldi.
Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o'rtasidagi, shuningdek tadbirkorlar o'rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo'jalik nizolarini hal etish Oliy xo'jalik sudi va xo'jalik sudlari tomonidan amalga oshiriladi. (Konstitutsiyaning 111-moddasi).
Xo'jalik sudlarining vujudga kelishiga bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish maqsadimiz, tadbirlarimizni rivojlantirish zarurati sabab bo'ldi. Xo'jalik sudlari tizimi respublikaning Oliy Xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudi, viloyatlar xo'jalik sudlari va Toshkent shahar xo'jalik sudidan iborat.
Odil sudlov organlari tizimidan farq qilib, xo'jalik sudlari tumanlarda va shaharlarda tashkil qilinmaydi.
Xo'jalik sudlarining vazifasi umumiy yurisdiksiya sudlarining vazifasi bilan bir xil, ya’ni “Sudlar to g risida gi Qonunning 2-moddasi bu sudga ham tegishli.
Sud hokimiyati organlariga, Konstitutsiyada yana boshqa vazifalar ham yuklangan. Konstitutsiyaning 44-moddasida: “ Har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi” , - deb belgilangan. Bu bir tomondan sudlarga fuqarolar murojaatlarini ko'rish mas’uliyatini yuklasa, ikkinchi tomondan sudni fuqaro huquqlari va erkinliklarining eng kuchli, samarali vositasi, kafolati sifatida namoyon qiladi.
Bu bilan sudlar fuqarolar huquqlarini davlatdan ham himoya qiladi.
Shunga alohida e’tibor berish kerakki, sudlar nafaqat qonunchilikni ta’minlaydi, ular qonun yaratishda, qonunchilik jarayonida ham faol qatnashadi. Konstitutsiyamizning 83-moddasiga asosan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo'jalik sudi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qonun loyihalarini kiritish, qonunlarga o'zgartirish kiritish takliflari bilan chiqish huquqiga ega.
Sudlarni tashkil qilish tartibi Boshqa hokimiyat organlari kabi sud hokimiyati organlari tizimini tashkil etish, vakolatlarini belgilash Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlariga kiradi (Konstitutsiyaning 78-moddasi 5-bandi).
Bu bandda sudlarni tashkil etish tartibi deganda sud organlariga sudyalarni saylash yoki tayinlash masalasi ko'rinadi.
Sud hokimiyat tarmog'i bo'lib, ma’lum sud organlaridan iborat bo'lsa, sud organlari asosan sudyalardan iborat bo'ladi.
Sud hokimiyati tizimiga kiruvchi Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va uning quyi pog'onadagi organlari, Oliy xo'jalik sudi va uning quyi pog'onadagi sudlari turli yo'llar: saylash va tayinlash yo'li bilan vujudga keladi.
Konstitutsiyada sud hokimiyatining tizimida birinchi bo’lib Konstitutsiyaviy sud ko'rsatilgan. Shuning uchun avval shu sud a zolari (sudyalar)ning lavozimga saylanishini ko'rib chiqamiz.
Qonunga asosan Konstitutsiyaviy sud — Konstitutsiyaviy sud Raisi, Rais о’rinbosari va Qoraqalpog'iston Respublikasidan saylangan sudyani qo'shgan holda sudning yana besh a’zosidan iborat tarkibda tashkil topadi.
Konstitutsiyamizning 80-moddasi 2-bandiga binoan Konstitutsiyaviy sud O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi. Konstitutsiyaning 93-moddasi, 13-bandida sud raisi, sudyalarni Senatga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etishi huquqi belgilangan (Oliy sud raisi, sudyalari, Oliy xo'jalik sudi raisi, sudyalari ham Prezident tomonidan taqdim qilinishi Konstitutsiyaning shu moddasida belgilab qo'yilgan).
Konstitutsiyaga asosan, Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan sud raisi, rais o'rinbosari, sudyalardan iborat tarkibda saylanadi. Sudyalarning bittasi, albatta, Qoraqalpog'iston Respublikasi vakili bo'lishi shart. Bu Konstitutsiyaviy sud raisi o'rinbosari va sudyalarga qo'yiladigan Konstitutsiyaviy talab hisoblanadi. Qonunda Konstitutsiyaviy sud sudyalari oldiga yana shaxsning yuksak ma’naviy fazilat va zarur malaka egasi bo'lishi talabi qo'yiladi.
Bundan tashqari, Konstitutsiya va qonunga asosan, Konstitutsiyaviy sud sudyalari deputat bo'la olmaydilar, siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi bo'lishi va boshqa haq to'lanadigan lavozimni egallashi mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sud sudyasi Prezident oldida qasamyod qabul qiladi. Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda to'xtatiladi:
- u jinoiy javobgarlikka tortilganida;
- sudyalik lavozimiga to'g'ri kelmaydigan faoliyat bilan shug'ullanganda;
- sudyaning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan u bedarak yo'qolgan deb hisoblanganda.
Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari quyidagi hollarda Oliy Majlis Senatining qarori bilan muddatidan ilgari tugatiladi:
- sudyalik qasamyodini buzganda;
- iste’foga chiqish to'g'risida iltimos qilganda;
- unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan sudning ayblov hukmi bo'lsa;
- sudya ogohlantirilgandan yoki uning vakolatlari to'xtatilganidan keyin ham o'z vazifasiga to'g'ri kelmaydigan faoliyatni davom ettirsa;
- uzoq davom etadigan kasallikka uchrasa;
- fuqarolikni yo'qotsa.
Konstitutsiyaviy sudning sudyasi o'z vakolatlari davrida almashtirilmaydi. Konstitutsiyaviy sudyalar daxlsizlik huquqidan foydalanadi, ya’ni ular Senatning roziligisiz, uning majlislari o'rtasida Senat Kengashining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Sudyalarga nisbatan jinoiy ish faqat Bosh prokuror tomonidan qo'zg'atiladi. Sudyani majburiy keltirish, ushlab turish, shahsiy ashyolari, yuki, transports turar joyi yoki xizmat binosini ko'zdan kechirish, tintuv qilish mumkin emas.
Umumiy yurisdiksiyali sudlari va xo'jalik sudlari raislari, o'rinbosarlari, sudyalarni saylash (tayinlash) tartibi ularga qo'yiladigan talablar deyarli o'xshash. Shuning uchun bu yerda ularni alohida ajratib ko'rsatishga hojat yo'q.
Bu sudlar markaziy (oliy) va hududiy sudlarga bo'lingani uchun ularning tashkil bo'lishida farq bor.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo'jalik sudini Konstitutsiyaning 80-moddasi 3, 4-bandlariga binoan, Oliy Majlisning Senati saylaydi. Oliy sud, Oliy xo'jalik sudi raisi va ularning sudlari nomzodlari Konstitutsiyaning 93-moddasi 13-bandiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etiladi.
O'zbekiston Oliy sudi va Oliy xo'jalik sudi: Rais, raisning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari, sudlov hay’atlarining raislari, sudyalardan iborat bo'ladi.
Viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo'jalik sudlari (shu jumladan, fuqarolik va jinoyat sudlari) O'zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi sudyalari, Jo'qorg'i Kenges raisining O'zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga asosan Jo’qorg’I Kenges tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi.
Bu darajadagi sudyalarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga Prezident huzurida tuzilgan Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha Oliy Malaka komissiyasi yordam beradi. Shu komissiya tavsiyasi asosida Prezident sudyalarni lavozimga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod etadi.
Umumiy yurisdiksiya va xo'jalik sudlari sudyalari bo'lib saylanuvchi nomzodlar oldiga ham qonun bir necha talablarni qo'yadi.
O'ttiz yoshdan kichik bo'lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik ixtisos bo'yicha kamida uch yillik mehnat stajiga ega bo'lgan hamda malaka imtihonini topshirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi tumanlararo, tuman (shahar) sudi, xo'jalik sudi sudyasi bo'lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga hamda yuridik ixtisos bo'yicha kamida besh yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya bo'lib kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo'lgan va malaka imtihonini topshirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi bo'lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga hamda yuridik ixtisos bo'yicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya bo'lib kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo'lgan va malaka imtihonini topshirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo'jalik sudi sudyasi bo'lishi mumkin.
Haqiqiy harbiy xizmatni o'tayotgan, ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonga ega bo'lgan va ushbu moddadagi talablarga javob beradigan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud sudyasi bo'lishi mumkin.
Harbiy sudlar sudyalariga “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, harbiy ustavlar, harbiy xizmatchilar uchun belgilangan, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqiy va ijtimoiy himoyalash choralari tatbiq qilinadi.
Bu yerda sudlarning darajasiga qarab turli talablar qo'yilgan, lekin hammasida ham oliy yuridik ma’lumotga ega bo'lish talabi bor.
Sudyalar qasamyod qabul qiladi. Qasamyod yuqori sud organida qabul qilinadi.
Sudyalarning mustaqilligi alohida kafolatlanadi. Shu asosda: sudyaga nisbatan hurmatsizlik uchun javobgarlik; sud ishlariga aralashishga yo'l qo'yilmaslik, sudyalarning daxlsizligi; sudyalarning vakolatini to'xtatish va vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishning alohida tartibi belgilanishi; sudyalarning intizomiy javobgarligi; sudyalarning moddiy ta’ minoti; sudya va uning oila a'zolarini ijtimoiy himoyalash choralari “ Sudlar to‘g‘risida” gi (yangi tahrirda) Qonunda belgilangan.
Umumiy yurisdiksiya sudlari va xo'jalik sudlari sudyalari ham boshqa haq to'lanadigan ishlarda ishlay olmaydi va siyosiy partiyalarga a’zo bo'lmaydi.
Sudlar faoliyatining asosiy prinsiplari Bu prinsiplar sudlarni tashkil etish (saylash, tayinlash) va sud faoliyat yuritishida qo'llaniladigan, amal qiladigan asosiy g'oyalardir. Ularni ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchisi, konstitutsiyaviy, ya’ni Konstitutsiyada ko'rsatilgan prinsiplar, ikkinchisi boshqa qonunlarda belgilangan, mustahkamlangan prinsiplardir.
Konstitutsiyaviy (asosiy) prinsiplar tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Mustaqillik va faqat qonunga bo'ysunish prinsipi.
2. Demokratizm prinsipi.
3. Favqulodda sudlar tuzishga yo'l qo'yilmasligi.
4. Sudyalarning deputat bo'la olmasligi, siyosiy partiyalar va harakatlaming a’zosi bo'la olmasligi hamda boshqa haq to'lanadigan lavozimlarni egallay olmasligi.
5. Sudyalarning daxlsizligi.
6. Sudda ishlarning oshkora ko'rilishi.
7. Sud hujjatlarining hamma uchun majburiyligi.
8. Sud ishlari yuritishni aholi tiliga mos olib borish.
9. Ayblanuvchining himoya bilan ta’minlanish huquqi.
1. Sudning mustaqilligi, faqat qonunga asosan ish ko'rishi, to laligicha sudyalarga ham taalluqlidir. Sudning mustaqilligi deganda sudyaning mustaqilligi yoki aksincha tushuniladi.
Sudning mustaqilligini ta’minlovchi eng asosiy va boshlang'ich qoida Konstitutsiyaning 106-moddasida belgilangan, unga asosan, “O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi”. Bu uning mustaqilligini belgilovchi asosiy qoida va prinsipdir. Olib borilgan sud islohotlari natijasida sudning ijro hokimiyatiga bog‘liqligiga butunlay barham berildi.
Prezidentning ijro hokimiyatiga boshchilik qilish vakolati bekor qilingach, sud hokimiyatining ijro hokimiyatiga bog'liqligi butunlay barham topdi.
Sud hokimiyatining ta’sirchan bo'lishi eng avvalo sudning, sudyaning mustaqilligiga bog'liq.
Sudyalar mustaqildir. Sudlar har qanday siyosiy partiyalardan holi hisoblanadi. Ular hech bir organga yoki mansabdor shaxsga bo'ysunmaydi. Sudyalar faqat qonunga bo'ysunadi. Odil sudlovni amalga oshirish jarayonida sudlarning ishiga biron-bir tarzda aralashishga yo'l qo'yilmaydi. Agar shunday holatlar bo'ladigan bo'lsa, u holda aybdorlar javobgarlikka tortiladi.
O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 236-moddasida sud ishlarini hal etishga aralashish, ya’ni ishni har tomonlama, to'la va xolisona o'rganishga to'sqinlik qilish maqsadida sudyaga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o'tkazish uchun javobgarlik belgilangan.
Sudyalarning mustaqilligini ta’minlashga sud faoliyatining boshqa prinsiplari, jumladan, daxlsizlik prinsipi ham tasir qiladi.
Sudyalarning mustaqilligi Konstitutsiyaning 108-moddasida hamda 112-moddalarida belgilangan qoidalar orqali ta minlanadi. 112-moddaga ko'ra, sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo’ysunadilar, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo’1 qo’yilmaydi, bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi. Shunday hol ro‘y bersa, qanday javobgarlik belgilanishini avvalroq ko'rib chiqqan edik.
Sudning mustaqilligi shundayki, quyi sudlar yuqori sudlarga bo'ysunmaydi. Faqat yuqori sudlar quyi sudlarning qonun doirasida qaror, hukm chiqarishini nazorat qiladi.
2. Demokratizm prinsipi. Demokratizm eng avvalo Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo'jalik sudi sudyalarining ma’lum muddatga Senat tomonidan saylab qo'yilishida ko'rinadi. Sudlarning ish yuritishida, sud jarayoni ishtirokchilarining teng huquqliligi ham demokratizmning ifodasidir. Quyi sudlar sudyalari Prezident tomonidan tayinlanar ekan. nomzodlarni tanlashdagi erkinlik, oshkoralik, tegishli talabga javob beruvchilarni sudyalik lavozimiga rezervga qo'yish, ularni tanlov asosida tanlab olib, Prezidentga tayinlash uchun tavsiya qilish, tanlov komissiyasi tarkibida turli davlat organlari, ilmiy tashkilotlar, oliy o'quv yurtlari vakillarining bo'lishi demokratizmning namoyon bo'lishidir.
3. Favqulodda sudlarni tuzishga yo’l qo’ymasligi. Bu masala Konstitutsiyaning 107-moddasida belgilangan. Sudlov ishlari faqat Konstitutsiyada belgilangan tizim doirasidagi sudlar tomonidan olib boriladi. Ular esa, qonuniy shakllantirilgan va sudyalar tegishli vakolatlarga ega. Boshqa tarzda sudlarni tuzish qonunsiz hisoblanadi.
Bu qoida bekorga o'rnatilmagan. O'tmishda favqulodda tuzilgan organlardan xalqimiz jabr ko'rgan. Oktabr revolyutsiyasidagi so'ng Rossiya Federatsiyasida, keyinchalik SSSR tarkibida bo'lgan O'zbekistonda “ Favqulodda komissiya” , “ Uchlik” deb ataluvchi qatag'on davrining qurollari xalq boshiga ne kunlarni solmadi. Bunday favqulodda tuzilmalar ham tergov, ham jazolovchi organ bo'lib, xalq boshiga cheksiz kulfatlarni soldi. Shuning uchun favqulodda sudlar tuzish odil sudlov prinsipiga ziddir, bu qoida Konstitutsiyada belgilab qo'yildi.
4. Sudyalar faqat shu faoliyat bilan shug‘ ullanuvchi professional xizmatchi bo‘lishi. Ular sudyalik faoliyati davomida deputat bo'la olmaydi, shuningdek siyosiy partiyalar va harakatlar a’zosi bo'lishi ham mumkin emas, shuningdek haq to'lanadigan boshqa lavozimlarda ishlashi ham mumkin emas. Bu qoida ularning о’z faoliyatini adolat prinsiplarida, hech kimning ta siriga berilmay bajarishlari uchun o'rnatilgan. Sudyalarning deputat bo’la olmasligi saylov qonunlarida ham belgilab qo'yilgan.
Sudyalar faqat ilmiy va pedagogik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin.
5. Sudyalarning daxlsizligi. Bu prinsip sudyalar mustaqilligini ta minlash, ishni xolisona ko'rishga imkon yaratish, ularni ortiqcha, chetdan bo'ladigan xurujlardan, ta’sirlardan saqlashning yana bir vositasi, sudyalar daxlsizligining Konstitutsiya va qonunlarda belgilanishidir.
“O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to'g'risida’gi Qonunning 16-moddasida Konstitutsiyaviy sud sudyasining daxlsizligi belgilanib unga asosan, Konstitutsiyaviy sud sudyasi tegishli organlarning roziligisiz javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Bundan tashqari sudyalarni majburiy keltirish, ushlab turish, tintuv kilish mumkin emas. Ularga nisbatan jinoiy ish faqat Respublika Bosh prokurori tomonidan qo'zg'atiladi.
“ Sudlar to'g'risida”gi Qonunning 70-moddasi ham sudyalar daxlsizligiga tegishli bo'lib, uning qoidalari sudyaning dahlsizligini, turar joyga, xizmat binosiga, foydalanadigan transportga, aloqa vositalariga, xat-xabarlarga, unga tegishli ashyo va hujjatlarga taalluqli ekanligini qayd qilgan. Shu modda qoidasiga asosan sudyalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularga Oliy sud, Oliy xo'jalik sudi raislari va Adliya vaziri tomonidan belgilangan ro'yxat bo'yicha o'q otish qurollari berilishi mumkin.
Zarur holda sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratiladi.
Sudyalarga nisbatan jinoiy ish faqat O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo'zg'atiladi.
Sudyalar tegishli Oliy sud yoki Oliy xo'jalik sudi plenumining roziligi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Tegishli malaka hay’atining roziligisiz ma’muriy javobgarlikka ham tortilmaydi.
Sudyaning turar joyiga, xizmat xonasiga transportiga kirish, ko'zdan kechirish, tintuv o'tkazish ashyolarni olish, telefonda so'zlashuvlarini eshitish, shaxsiy tintuv qilish, uning hujjatlari va ashyolarini ko'zdan kechirish, olib qo'yish Qoraqalpog'iston Respublikasi. viloyat va Toshkent shahar prokurorining ruxsati yoki sudining qarori bilan amalga oshiriladi.
6. Sudda ishlarning oshkora ko‘rilishi. Konstitutsiyaning 113-moddasida “Hamma sudlarda ishlar ochiq ko'riladi” , - deb mustahkamlangan. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo'l qo'yiladi. Oshkoralik prinsipi sudlarda muhim ahamiyatli ishlarni ko'rishda ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishida ham ko'rinadi. Suddagi qabul qilingan qaror va hukmlar haqida OAVda xabarlar berib boriladi.
7. Sud hujjatlarini bajarishning hamma uchun majburiyligi. Konstitutsiyaning 114-moddasida: “ Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir” , deyilgan. Bu sud hujjatlariga kuchli maqom berilganligini ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 232-moddasida sud hujjatini ijro etmaslik uchun javobgarlik belgilangan. Unga asosan sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlashni ma’muriy jazo qo'llanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
2001-yil 22-sentabrda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Adliya vazirligi huzurida Sud qarorlarini ijro etilishi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash Departamenti” tashkil etilishi ham sud faoliyatining shu prinsipini yanada yaxshiroq ta’minlashni nazarda tutgan.
8. Sudlarda ish yuritish tilini tanlash prinsipi. Sud ishlarida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquqlari har jihatdan ta minlanadi. Buning uchun Konstitutsiya va qonunlarda yetarli qoidalar mavjud. Buni sud yuritishda amal kiladigan prinsiplar ham ko'zda tutadi.
Fuqarolar huquqini ta’minlashda muhim vosita bu sud ish yuritishda til tanlash masalasidir. Konstitutsiyaning 115-moddasida, fuqarolar ta’minlovchi vositalardan biri sifatida, sud ishlari yuritilgan til masalasi hal qilingan. Unga ko'ra, “ O'zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish о zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko'pchilik aholi so'zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlarini olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so'zlash huquqi ta’minlanadi” , - deb belgilangan. Demak, sud ishlarini yuritishda hech qanday tilga imtiyoz berilmaydi.
9. Ayblanuvchini himoya bilan ta’minlanish huquqi. Bu prinsip Konstitutsiyaning 116-moddasida mustahkamlangan. Unga ko'ra, ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday boskichida malakali yuridik yordam olish huquki kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko'rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Ayblanuvchining huquqini himoya qilishni kuchaytirish, uning uciiun himoyachini sud jarayonida prokuror bilan teng huquq asosida qatnashishini ta’minlashga, sud-huquq islohotlari davomida alohida e’tibor berildi.
Shundan keyin mamlakat qonunchiligiga tegishli o'zgartirishlar kiritildi va himoyachi mavqei kuchaytirildi, natijada fuqarolarning sudda himoya bilan ta’minlanish prinsipi kuchaydi.


Download 47.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling