Kurs ishi mavzu: O’zbekistonda sud-huquq sohasidagi islohotlar qabul qildi: Bajardi: Barotov Furqat Toshkent-2023 kirish


Download 47.93 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1565626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
edited furqatmmmm

Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Ushbu kurs ishi ikki bob, toʻrt pragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
I BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD HOKIMIYATI
1.1.Sud-huquq islohatlari
Sud davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘i. Sud-huquq islohotlari Sud hokimiyatning alohida tarmog‘i sifatida barcha demokratik mamlakatlarda e’tirof etilgan. Sobiq tuzumda sud sotsialistik tuzum himoyachisi sifatida namoyon bo'lib, undan har qanday demokratik chiqish va harakatlarni jazolash vositasi sifatida foydalanilgan.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, sudlarni alohida mustaqil hokimiyat tarmog'i sifatida vujudga keltirish uchun harakatlar boshlandi.
“Sud hokimiyati isloh qilinmoqda, u qonunlar ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlashi lozim1” - deb mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlarida e’tirof etgan edi Respublika Prezidenti.
O'zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlashda sud hokimiyatini mustaqil hokimiyat sifatida o'matishga alohida e ’tibor berildi. Jahon mamlakatlari tajribasi o'rganildi. Sud hokimiyatini tashkil etish davlat hokimiyatini tashkil etishning ajralmas qismi deb qaraldi.
“Davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi vakolatlarning taqsimlanish prinsipi asosida amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati - davlatning uchta asosiy tayanchidir”2 - degan g'oya Konstitutsiyaning 11-moddasida asosiy prinsip sifatida mustahkamlab qo'yildi.
O'zbekiston mustaqilligi, davlat hokimiyatining jahon tajribasida qo'llab kelingan prinsiplarini qo'llash natijasida Konstitutsiyada sudni totalitar tuzum, undagi hukmron partiya manfaatiga xizmat qiluvchi vositadan fuqarolarning huquqlarini himoya qiluvchi, huquqiy davlatning muhim vositasiga aylantirish uchun imkoniyat vujudga keldi va Konstitutsiyada mustahkamlangan.
Lekin Konstitutsiya yoki boshqa qonunlarda masalani belgilashning o'zi muammoni hal qilmas edi. Sudning haqiqiy hokimiyat organiga, mustaqilligiga, fuqarolarning huquqlari himoyachisiga aylanishi uchun katta ishlarni amalga oshirish zarur edi. Buning uchun sud-huquq sohasini isloh qilish zarurligi belgilandi va bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirib borildi. Uning natijasida sud hokimiyatining nazariy asoslari, huquqiy asoslari shakllanib, kuchayib bordi.
Eng avval sud hokimiyati o'zi nima, degan savolga javob berish lozim edi, chunki, shu asosda sudning hokimiyat tizimidagi o'rnini aniqlash, u haqda aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin edi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenum larining birida sud hokimiyati tushunchasiga quyidagicha ta’rif berildi: “Sud hokimiyati - bu sudlarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga so'zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo'jalik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rish bo'yicha vakolatidir” 3.
Bu ta’rif to'la sud hokimiyati vazifalarini qamrab olmagan bo‘lsa-da, dastlabki urinishlardan bo'iganligi uchun uni ijobiy baholash mumkin. Albatta, sud hokimiyatiga ta’rif berishda (Konstitutstyaviy sud) qonunlarning Konstitutsiyaga mos kelishi (Konstitutsiya himoyasini), fuqarolar huquqi, shani, qadr-qimmatini himoya qilish sudlarning asosiy vazifasi ekanligi e’tiborga olinishi kerak.
Sud hokimiyatining shakllanishida 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to'g'risida”gi, 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to'grisida”gi qcnunlar muhim rol o'ynadi.
Sud hokimiyatini mustahkamlash, uning mustaqilligini taminlash masalasi doimiy ravishda davlat boshlig'ining e’tiborida bo’ldi. Deyarli barcha asosiy ma’ruzalarida davlat boshlig'i bu masala xususida to'xtalib o'tdi.
1996-yil 29-avgustdagi Oliy Majlis sessiyasidagi ma’ruzasida Prezident sud islohotlariga alohida to'xtalib, shu munosabat bilan nimalar qilish kerakligini ochiq ko'rsatib berdi.
Islohotlar doirasida olib borilgan ishlar natijasida sudlarning huquqiy asoslari takomillashdi, qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.
Sudlarning mustaqilligini ta’minlash borasida tashkiliy ishlar ham amalga oshirildi.
1997-yil 12-sentabrda Prezident tashabbusi bilan O'zbekistonda sudyalar qurultoyi chaqirilib, unda O'zbekiston sudyalari Assotsiatsiyasi ta’sis etildi va nizomi tasdiqlandi. Unda Assotsiatsiyaning eng muhim vazifasi Respublikada sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta ’minlash, deb belgilab qo'yildi. Bu uyushma tashkil bo'lganidan boshlab sud islohoti bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi “O'zbekiston Respublikasi sudlar tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi Farmoniga asosan sudlar ixtisoslashtirildi. Fuqarolik sudlari vujudga keldi. Bu ham sud hokimiyatini mustahkamlash, uiarning mustaqilligini ta’minlash yo'lidagi katta tadbir bo'ldi.
Sudlarning mustaqilligini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligining sudyalikka kadrlar tayyorlash, tavsiya qilish vakolatiga barham berildi. Sudyalarning mustaqilligini ta ’minlash maqsadida 1999-yil 30-iyundagi Prezident farmoyishi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida sudyalarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqish bo'yicha komissiya tashkil qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-maydagi Farmoniga ko'ra, bu komissiya “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha Oliy Malaka Komissiyasi”ga aylantirildi4.
Sudyalar mustaqilligini ta ’minlashda 2001-yil 22-sentabrda hukumat qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Sud qarorlari va boshqa organlar qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviv ta’minlash Departamentining tashkil etilishi muhim voqea bo'ldi. Bu sudlarning iqtisodiy tomondan mahalliy davlat organlariga qaramligiga barham berdi.
Prezident 1999-yil 14-apreldagi Oliy Majlis sessiyasidagi ma’ruzasida sud-huquq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish masalasiga alohida to'xtaldi va shu maqsadda advokaturani kuchaytirish, uning maqomini prokuraturaga tenglashtirish, sud jarayonida prokuror bilan advokatning teng asosda ishtirokini ta’minlash, sudyalar har ishda tomonlarning fikrini xolisona baholab, qaror chiqarishi zarurligi, shundagina kishilar sudni jazolovchi organ emas, fuqaro manfaatlarini himoya qiluvchi organ, deb qarashi mumkinligini bayon qildi.
2000-yil 22-yanvarda Oliy Majlis sessiyasida so'zlagan ma’ruzasida Prezident mamlakatimizda olib borilishi kerak bo'lgan yetti muhim vazifani (yo'nalishni) ko'rsatar ekan, beshinchi vazifa sifatida “Sud-huquq sohasida qilinadigan ishlarni ko'rsatib berdi”5. Bu yerda sud islohotlari, amaldagi kodekslar, qonunlar, me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish bilan qo'shib olib borilishi zarurligi ko'rsatildi.
Shundan so'ng, jinoyat qonuniga, ma’muriy qonunchilikka, protsessual qonunchilikka ko'pgina o'zgartirishlar kiritildi. Jazo tizimi erkinlashtirildi.
Oliy Majlisning 2002-yil 29-avgustda bo'lib o'tgan sessiyasida Prezident mamlakatimizda olib boriladigan eng muhim islohotlarni belgilab berar ekan, oltinchi ustuvor yo‘nalish — bu sudhuquq sohasini isloh qilish bo'yicha boshlangan ishlarni davom ettirishdan iborat, deya ta ’kidlab, qilinishi zarur bo'lgan ishlarni aniq ko'rsatib berib, qayerda sud mustaqil bo'lmas ekan, shu yerda qonun talablari va adolat buzilishi m uqarrar3ligini, qayd qilgan edi.
Prezidentning 2005-yilda bo'lib o'tgan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida bayon qilingan ko'rsatmalarning sud-huquq sohasini isloh qilish, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati kattadir.
Ma’ruzada sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirishga alohida e’tibor berish qayd qilinar ekan, o'tgan yillar davomida sud-huquq tizimi qurilmasining mutlaqo yangi Konstitutsiyasi amalda joriy qilinganligi e’tirof etildi. Sud-huquq sohasidagi islohotlar natijasida:
- sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilganligi;
- sud ishlarini apellatsiya va kassatsiya tarzida ko'rish institutlarining joriy etilganligi;
- tergov-surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash muddatlarining qisqarganligi, ishlarni sudda ko'rib chiqishning qat’iy muddatlari belgilanganligi;
- sud sohasida kadrlarni tanlash va tasdiqlashning samarali va demokratik mexanizmi yaratilganligi;
- sud qarorlarining ijrosi kuchayganligi (bunda departamentning roli);
- prokuratura organlarining sud jarayoniga aralashuvini cheklash bo'yicha qonun normalariga o'zgartirishlar kiritilganligi;
- sud jarayonida prokuror va advokat huquqlarining tenglashtirilganligi alohida qayd etildi.
Shu bilan birga, sudlarning vakolatini kengaytirish, mustaqilligini ta’minlash bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.
Jumladan:
- prokuratura vakolatlarining bir qismini sudga o'tkazish;
- shaxsni ushlab turish, hibsga olish, shuningdek boshqa protsessual majburiy choralarni qo'llash uchun sanksiya berish huquqlarini sudlarga o'tkazish kerakligi;
- jazolash tizimidan o'lim jazosini chiqarib tashlash zarurligi va boshqalar.
Bularning hammasi qonunchilikda o'z ifodasini topdi. Natijada fuqarolarni ushlab turish, hibsga olishga sanksiya berish vakolati sudlarga o'tkazildi, jazolar tizimidan o'lim jazosi butunlay chiqarib tashlandi.
Sudya kadrlarni tanlash, tavsiya qilish masalasini yanada takomillashtirish uchun 2006-yil 17-martda Prezidentning “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. 2012-yil 2-avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni va 2012-yil 29-dekabrda “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g'risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. Bu esa, sud tizimi xodimlarining lavozimiga tayinlanishi va ularni ijtimoiy muhofaza tizimini takomillashishiga olib keldi. Jumladan, sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasini shakllantirish ishlari Komissiya tomonidan adliya, prokuratura, sud va ichki ishlar organlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga tayyorgarlik ko'rgan, katta hayotiy tajribaga, benuqson obro'-e’tiborga ega yuqori malakali yuristlar orasidan o'ttiz yoshdan kichik bo'lmagan, oliy yuridik ma’lumotli, yuridik ixtisosligi bo'yicha ish staji kamida besh yil bo'lgan O'zbekiston Respublikasining fuqarolari kiritilishi belgilandi.
Mamlakat Prezidentining “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” sud-huquq tizimini isloh etishni yanada chuqurlashtirish yo'llarini, chora-tadbirlarini belgilab berdi. Konsepsiyada olib borilgan tadbirlar sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorat va ta’siridan chiqarish imkonini berganligi alohida ta’kidlandi.
Sudlarda ish ko'rishdagi o'zgarishlarga muvofiq, apellyasiya instansiyasi ishni yangitdan ko'rib chiqishga yubormasdan, uni o’zi xolisona ko'rib chiqishi mumkin bo'ldi. Prokuror va advokat tengligi ta’minlanib bormoqda. Islohotlarning eng muhim natijasi bu qonunchilikni yanada liberallashtirish va insonparvarlik tamoyiliga muvofiqlashtirish bo'ldi. Eng muhimi, “Habeas korpus” institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudga o'tganligi prinsipial qadam bo'ldi.
Konsepsiyada qo'lga kiritilgan yutuqlarni sanab o'tish bilan cheklanmay, kelajakda sud hokimiyatini yanada kuchaytirish, sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash uchun qilinadigan aniq ishlar (tadbirlar) belgilab olindi6.

Download 47.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling