Kurs ishi mavzu: O’zbekistonda sud-huquq sohasidagi islohotlar qabul qildi: Bajardi: Barotov Furqat Toshkent-2023 kirish


II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKRATURA ORGANLARI


Download 47.93 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1565626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
edited furqatmmmm

II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKRATURA ORGANLARI
2.1. Prokraturaning davlat organlari tizimidagi o’rni

Prokuratura organlari alohida vazifa bajaruvchi davlat organidir. Parlamentning Angliyada, Prezident instituti AQShda vujudga kelgan deyilsa, Prokuratura Fransiyada XIV asrda tashkil etilgan. Rossiyada prokuratura Pyotr I davrida vujudga kelib, keyinchalik Turkiston Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan davrda, so‘ng O'zbekiston SSSR tarkibiga kirgach, prokuratura organlari faoliyati ta’siri mavjud bo'lgan.


Prokuratura organlari davlatning va barcha fuqarolarning manfaatini qo'riqlaydigan organ deb ta’rif etilsa-da, u asosan davlatni, shu davlatdagi hukmron sinflarning manfaatini himoya qilgan. Prokuraturaning hokimiyat manfaatidan kelib chiqib o'ta jazolovchi organ bo'lganligini xalqimiz 80-yiIlarda o'z boshidan kechirgan. Sobiq tuzim davrida prokuratura organlarining tuzilishi, huquqiy maqomi ittifoq (markaz) manfaatlariga mos ravishda tashkil qilinar edi. U o'ta markazlashgan usulda tashkil qilinar edi.
Respublika prokurori, viloyatlar prokurorlari Ittifoq Bosh prokurori tomonidan tayinlanar, tuman, shahar prokurorlari, Bosh prokurorning roziligi bilan Respublika prokurori tomonidan tayinlanar edi. Respublika rahbariyatining Respublika prokuroriga nisbatan hech qanday ta’sir vositalari yo'q edi. Shuning uchun ular to’la ittifoq manfaatini himoya qilar edi. Ayniqsa, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab respublikadagi prokuratura organlari rahbarligiga Rossiyadan kadrlarning yuborilishi, O'zbekistonda qonuniylik, fuqarolar huquqlarini ta'minlashni og'ir ahvolga solib qo'ydi. Mahalliy sharoitni bilmaydigan, bilishga harakat qilmagan prokuraturaning kelgindi rahbar xodimlari istagancha o'zbek xalqini tahqirladi.
Faqat mustaqillik sharofati bilan bunday noinsoniy voqealarga barham berildi va O'zbekiston оʼz prokuratura organlarini оʼzi xohlagancha tashkil qilish imkoniyatiga ega boʼldi.
Prokuratura organlari kutubxonasi Prokuratura organlari hokimiyatning alohida tarmog'ini tashkil qilmay, turli mamlakatlarda biror-bir hokimiyat tarmog'i tarkibida faoliyat yuritadi. AQShda prokuratura Adliya organlari (ijro hokimiyati) tizimiga kirsa, Italiyada sud organlari tizimiga kiritilgan.
O'zbekiston Respublikasida prokuratura alohida maqomga ega. Konstitutsiyada prokuratura uchun alohida bob mavjud. Demak, u qonunchilik hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham, sud hokimiyatiga ham kirmaydi. Prokuratura uchun Konstitutsiyada maxsus bob ajratilishi unga konstitutsiyaviy maqom berib, unga katta umid bog'langanligidan dalolat beradi. O'zbekiston Prezidenti “Prokuratura — qonun himoyasida turgan organ. U huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurilishida, huquqiy islohotlarni amalga oshirishda hal qiluvchi rolni o'ynaydi” , — deb prokuratura organlari faoliyatiga yuksak baho bergan va uning o'rnini ko'rsatib bergan edi.
Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o'rnini ularning alohida vazifasi borligi, o'zining alohida ish uslubiga egaligi va har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo'ysunib ish olib borishi belgilaydi. Bu Konstitutsiyaning 120-moddasida qonuniy belgilanib, unga asosan: “O'zbekistan Respublikasi prokuratura organlari o'z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo'ysunib amalga oshiradi”.
Konstitutsiya va qonunda prokurorlarni mustaqilligini ta’minlovchi bir necha qoidalar belgilab qo'yilgan. Shu 120-moddada “Prokurorlar o'z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko'zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to'xtatib turadilar” degan qoida bo'lib, u prokurorlarning siyosiy partiya va siyosiy harakatlar ta’siriga tushib qolmasligiga qaratilgandir. “Prokuratura to‘g'risida” gi Qonunda ham prokurorlarning mustaqil faoliyatini ta’minlashga qaratilgan qoidalarni yetarlicha uchratish mumkin. Ularda prokurorga tazyiq o'tkazish, unga boshqacha yo'llar bilan ta ’sir qilishga urinish, daxlsizligiga tajovuz qilish mumkin emasligi ko'rsatilgan.
Qonunning 5-moddasi oltinchi qismida “Prokurorning g'ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda bo'lmasin biron-bir ta’sir ко rsatish yoki faoliyatini amalga oshirishiga to'sqinlik qilish, uning daxIsizligiga tajovuz qilish, shuningdek prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz tekshirishlar va dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi”, deb ko'rsatilgan.
Qonundagi prokuraturaning mustaqilligini ta’minlovchi yana bir vosita prokuratura organlari xodimlarining daxlsizligiga qaratilgan alohida moddaning mavjudligidir. 49-moddada “Prokuror va tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atish va dastlabki tergov o'tkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati hisoblanadi. Prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarlik va intizomiy nojo'ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi” - deb belgilanib, prokuror xodimlarning huquqlari alohida muhofazaga olingan.
Qonunning 50-moddasidagi prokuratura organlari xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minotini alohida belgilovchi qoidalar ham prokuror mustaqilligini ta’minlashni ko'zda tutadi. Qonunning 51-moddasi bilan prokuratura organlari xodimlari va ularning oila azolarini ijtimoiy himoyalash masalasi hal qilingan. Unda ularning hayoti va sog'lig'ini sug'urtalash, ish faoliyatini davom ettirish imkoniyatini bermaydigan darajada sog'lig'ini yo'qotganda ularni moddiy ta’minlash masalasi boshqa xodimlarga nisbatan o'zgacha hal qilingan. Prokuraturaning Prezident va Oliy Majlis oldida mas’ulligi ham ularning maqomini, davlat organlari tizimidagi o'rnini ko'rsatadi. Konstitutsiyaning 80-moddasi 12-bandiga binoan, Oliy Majlisning Senati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotlarini eshitadi. Hisobotlar har yili taqdim etiladi.
O'zbekiston Bosh prokurori Respublika Prezidentiga: - qonuniylik va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to'g'risida - muntazam ravishda; - o'ta og'ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to'g'risida - zudlik bilan; - prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to‘grisida — har olti oyda axborot taqdim etadi.


Download 47.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling