Kurs ishi mavzu: O’zbekistonda sud-huquq sohasidagi islohotlar qabul qildi: Bajardi: Barotov Furqat Toshkent-2023 kirish


Kurs ishining oʻrganilish darajasi


Download 47.93 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1565626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
edited furqatmmmm

Kurs ishining oʻrganilish darajasi. Konstitutsiyaning 107-moddasida sud hokimiyatini amalga oshiruvchi sud organlari tizimi belgilangan. Unga asosan “O'zbekiston Respublikasida sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha oliy sudlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi xo’jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat sudlari. Sud ishlari bo'yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinolyat ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo'jalik sudlaridan iborat”.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirishga alohida e’tibor berish qayd qilinar ekan, o'tgan yillar davomida sud-huquq tizimi qurilmasining mutlaqo yangi Konstitutsiyasi amalda joriy qilinganligi e’tirof etildi. Sud-huquq sohasidagi islohotlar natijasida:
- sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilganligi;
- sud ishlarini apellatsiya va kassatsiya tarzida ko'rish institutlarining joriy etilganligi;
- tergov-surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash muddatlarining qisqarganligi, ishlarni sudda ko'rib chiqishning qat’iy muddatlari belgilanganligi;
- sud sohasida kadrlarni tanlash va tasdiqlashning samarali va demokratik mexanizmi yaratilganligi;
- sud qarorlarining ijrosi kuchayganligi (bunda departamentning roli);
- prokuratura organlarining sud jarayoniga aralashuvini cheklash bo'yicha qonun normalariga o'zgartirishlar kiritilganligi;
- sud jarayonida prokuror va advokat huquqlarining tenglashtirilganligi alohida qayd etildi.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Sud hokimiyatiga xos xususiyatlar sudlovning davlat nomidan, maxsus tartibda tashkil etilgan (saylangan yoki tayinlangan) muassasalar tomonidan amalga oshirilishi, sudlarning oʻz faoliyatida faqat qonunga boʻysunishi hamda fuqarolik, maʼmuriy, jinoiy va boshqalar ishlarni qonunda belgilangan protsessual tartibda hal etishi, sudlar boshqa hokimiyat tarmoqlaridan mustaqil faoliyat yuritishi, sudning tanholigi (yaʼni davlatning boshqa hech qaysi idorasi sudlov funksiyalarini oʻz zimmasiga ololmasligi), sud hokimiyatining toʻlaqonli va qatʼiyligida namoyon boʻladi.

Download 47.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling