Kurs ishi mavzu: O’zbekistonda sud-huquq sohasidagi islohotlar qabul qildi: Bajardi: Barotov Furqat Toshkent-2023 kirish


Sud-huquq islohotlarining prokuratura organlari maqomiga ta’siri


Download 47.93 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1565626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
edited furqatmmmm

2.2. Sud-huquq islohotlarining prokuratura organlari maqomiga ta’siri
Mamlakatimizda olib borilgan sud-huquq sohasidagi islohotlar prokuratura organlariga ham ta’sir qildi. Mustaqillikka erishilib, taraqqiyot yo'li belgilanar ekan, eng muhim vazifalar qatorida “ - barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustunligini, jamiyat manfaatlari himoya qilinishi va aholining xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etish. Qonuniylik va huquqiy tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom bo'lmasa, qonunlar va an’analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasawur etib bo'lmaydi” deb belgilandi.
Yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni bajarishda prokuratura organlarining bevosita ishtiroki zarur edi. Shundan kelib chiqib, prokuratura maqomi O'zbekiston Konstitutsiyasida alohida XXIV bobda mustahkamlandi va Konstitutsiya qabul qilingandan keyin (1992-yil dekabrda) “ Prokuratura to'g'risida” Qonun qabul qilindi.
Yangi jamiyat qurishning boshlanishi, har kim va har bir narsa qonunga bo'ysunishi lozim bo'lgan huquqiy davlat qurish maqsadi, jamiyatda qonun boshqaruvning asosiy va ko'p qirrali vositasiga aylanishi zarurligi, bu huquqni muhofaza etuvchi organlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi anglanib, shu organlar, jumladan prokuratura to'g'risidagi qonunlarni takomillashtirish zarurati ko'zga tashlanayotganligi Prezident tomonidan e’tirof etilganidan so'ng “Prokuratura to'g'risida”gi Qonunni takomillashtirishga jiddiy kirishildi. O'zbekiston XXI asrga mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni amalga oshirish maqsadi bilan kirdi.
Endi barchaning qonun asosida yashashga oʻrganishi muhim bo'lib qoldi. Sud-huquq sohasiga tegishli islohotlar chuqurlashib borar ekan, uning natijasida advokatura tizimini kuchaytirish va uning chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning vakolatlari va maqomini prokuratura maqomiga tenglashtirish uchun qonunchilik sohasida ham, amaliy ishlar sohasida ham koʻpgina chora-tadbirlar koʻrilayotganligi Prezident ma’ruzasida qayd qilindi. Prezidentning ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida 2002-yil 22-yanvarda so‘zlagan maruzasida ham “Sud jarayonida ayblov va himoyaning amalda tenglik ta minlanmog‘i va buning uchun advokatura idoralarining mavqeini ko'tarish darkor”ligi qayd qilindi.
Shundan so'ng “Prokuratura to‘gʼrisida”gi Qonunga o'zgartirishlar kiritildi, qonun 2001-yil 29-avgustda yangi tahrirda qabul qilindi. Prokuratura faoliyatini takomillashtirishga 2000-yilning ikkinchi yarmidan yanada katta e’tibor berildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'shma majlisida Prezident prokuratura maqomiga taalluqli jiddiy mulohazalarni bayon qildi.
Prokuratura organlarining huquqiy maqomiga Prezidentimizning Oliy Majlis palatalarining 2010-yil 12-noyabrdagi qo'shma majlisida so'zlagan ma’ruzasidagi ko'rsatmalar ta’sir qiladi.
Ma’ruzada qayd qilinishicha
: - hozirgi vaqtda mamlakatimizda prokuror va advokatning tengligini ta’minlashga qaratilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda;
- jinoyat va jinoyat protsessual qonunchilikni yanada liberallashtirish va insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo'nalishga aylandi;
- dastlabki tergov bosqichida sud nazorati kuchaytirildi; - “ Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining prokuraturadan sudga o'tkazilishi prinsipial qadam bo‘ldi;
- sud qarorlarini ijrosini to‘xtatib turish huquqi prokuratura vakolatlari doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar prokuraturalarining esa, tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilindi;
- yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq fuqarolar prokuror nazorati obyektlari qatoridan chiqarildi.
Amalga oshirilgan mazkur islohotlar, birinchi navbatda, prokuraturaning sud jarayonidagi ishtirokini cheklab, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida umume’tirof etilgan prinsiplar va xalqaro huquq normalarini amalga oshirilishini, prokuraturaning inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’uliyatini oshirishni ta’minlaydi.
Prezident ma’ruzasida, shuningdek, sudga qadar ish yurituv bosqichida qoʼlaniladigan barcha choralarni prokuraturadan sudga o'tkazish; birinchi instansiya sudida ish bo'yicha ayblov xulosasini o'qib eshittirish majburiyatini prokurorga yuklash; prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun ustuvorligini ta’minlash 'bo'yicha adliya organlarining rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan yangi huquqiy mexanizmlarni oʻrnatadigan hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish zarurligi ko’rsatildi.
Bu ko'rsatmalar amaliyotda o'z o'rnini tezda topa boshladi. 2011 -yil 23-avgustdagi “ O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarorida vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari sifatida “Markazda va joylardagi davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash” belgilandi. Bu nazorat doirasiga, albatta, prokuratura organlari ham kiradi.
Shuningdek, qarorda Adliya vazirligi o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, shu jumladan prokuratura organlarining norma ijodkorligi, huquqni qo'llash amaliyotida tizimli ravishda tekshiruvlar, o'rganishlar o'tkazadi” degan qoida mustahkamlanib, vazirlikning prokuratura organlariga nisbatan huquqi belgilab qo'yild

Xulosa
Sud - zimmasiga davlat hokimiyatining boʻgʻinlaridan biri — sud hokimiyatini amalga oshirish yuklatilgan organ. Qonun chiqaruvchi (vakillik) va ijro etuvchi organlardan Sud uni shakllantirish, sudyalarga vakolatlar berish tartibi, tegishli ishlarni koʻrib chiqish tartib-taomillarining xususiyatlari, shuningdek qabul qilinuvchi qarorlarning majburiyligi va mas’uliyati, ularning yuridik ahamiyati bilan farq qiladi.
Mustaqilikka erishilgandan soʻng Oʻzbekistonda huquqiy davlat barpo etishning tarkibiy vazifasi sifatida sud huquq islohoti oʻtkazilmoqda. Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil ish yuritishi va Sud faoliyatining boshqa asosiy prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida eʼtirof etildi, yangi sud tizimi barpo qilindi, "Sudlar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni 1993-yil 2-sentyabr, yangi tahriri 2000-yil 14-dekabr va bir qator qonunlar amalga kiritildi. Sud tomonidan chiqarilgan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
Prokuratura organlarining vazifa va vakolatlari Prokuratura barcha davlat organlari, korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarning qonunlarga aniq va bir hilda amal qilishini nazorat qiluvchi davlat organi hisoblanib, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir qatorda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlaydi. Prokuratura organlari hodimlari sudda davlat ayblovini quvvatlaydi. Prokuratura ayrim mamlakatlarda sud tarmog'ida, ayrim mamlakatlarda ijro hokimiyati (adliya) tarmog'ida, ayrim mamlakatlarda esa, mustaqil tuzilma sifatida faoliyat ko'rsatadi. Bu butun jahon miqyosida prokuratura organlarining tashkiliy huquqiy shaklida, vazifa va funksiyalarida umumiylik, оʼxshashlik mavjudligini ko'rsatadi. Yuqorida qayd qilganimizdek, O'zbekistonda prokuratura mustaqil tuzilma sifatida faoliyat yuritadi

Download 47.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling