Kurs ishi mavzu: oziq-ovqat tanqisligi muammosi va uni hal etish chora-tadbirlari


-rasm. Stokgolm xalqaro tinchlik muammolari tadqiqotlari instituti xulosalariga ko‘ra


Download 78.6 Kb.
bet4/8
Sana07.02.2023
Hajmi78.6 Kb.
#1175265
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hzem kurs ishi 2003

1.2.2-rasm.
Stokgolm xalqaro tinchlik muammolari tadqiqotlari instituti xulosalariga ko‘ra, global ochlikning ikkita asosiy sababi mavjud: birinchisi, iqlim o‘zgarishi, ikkinchisi, qurolli nizolardir.
Tahlilga o‘tsak. Iqlim o‘zgarishi xalqaro munosabatlar va global muammolarga eng kuchli taʼsir ko‘rsatayotgan omil sanaladi. So‘nggi yillarda butun dunyoda hosildorlik pasayishi kuzatilmoqda. Yer shari aholisi esa tobora ko‘payib borayapti. Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, keyingi o‘n yillikda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ishlab chiqarish darajasidan yuqori bo‘ladi. Hosildorlik keskin pasayib borayotgan bugungi sharoitda bu talabni qondirish o‘ta mushkul vazifadir.
Kuzatayotgan bo‘lsangiz, tabiiy ofatlar soni ham keskin oshdi. Bu yilgi yoz mavsumi so‘zlarimizga isbot. Turkiya, Rossiya, Jazoir, Gretsiya kabi mamlakatlar o‘rmonlarini qurshab olgan yong‘inlarni dahshat ichida kuzatdik. Yevropada yuzaga kelgan suv toshqinlari ham hech kimni befarq qoldirmadi. Shu kabi tabiiy ofatlar oqibatida millionlab gektar maydonda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yo‘qotildi.
Raqamlarga to‘xtalsak. Birgina 2008—2018 yillar davomida butun dunyo qishloq xo‘jaligi fors major holatlari sabab 108 milliard dollar zarar ko‘rgan.
Qurolli nizolar. Global ochlikni keltirib chiqargan yana bir asosiy omil. Yuqorida keltirganimizdek, butun dunyo bo‘ylab 800 million kishi oziq-ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekadi. Ularning 60 foizi qurolli to‘qnashuvlar avj olgan davlatlarda yashaydi. Masalan, Afg‘oniston, Eron, Suriya va Janubiy Sudandagi ocharchilikka aynan mamlakatdagi urush sabab qilib ko‘rsatilgan. Birgina Yamanda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 27 foizi to‘yib ovqatlanmaydi. Yaman aholisi 30 million kishidan ortiq bo‘lsa, shundan qariyb 16 millioni doimiy oziq-ovqatga muhtoj.
Koronavirus pandemiyasi ochlik muammosini yana-da chuqurlashtirdi. Birinchidan, oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshishi natijasida ularning narxi ham keskin ko‘tarildi. 2020 yilda ochlik avvalgi yillarga nisbatan 18 foizga oshdi. Pandemiyaning dastlabki oylarida 195 davlatdagi 370 milliondan ortiq maktab yoshidagi bolalar ochlikka duchor bo‘lgan.  Ekspertlarning ogohlantirishicha, keyingi yillarda koronavirus tufayli dunyo miqyosida ochlikning eng keskin shaklidan aziyat chekuvchilar soni ikki barobarga oshadi.
BMT bosh kotibi Antonio Gutterish “Ochlik urushni, urush esa ochlikni keltirib chiqaradi”, - degan edi. Darhaqiqat, ochlik davlat ichki xavfsizligiga to‘siq bo‘ladigan asosiy omillardan biridir. Muammoga yechim topish butun dunyo barqarorligi kafolati.


Download 78.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling