Mavzuning maqsadi: Hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylanib borayotgan oziq-ovqat tanqisligi muammosi tufayli ko'plab aholi aziyat chekmoqda. Asosan,yerlarni noto’g’ri sug’orilishi,tuproq strukturasini buzmoqda. Bu esa,qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hosildorligini pasayishiga olib kelmoqda. Mahsulotlarni turli xil zararkunandalardan himoya qilish maqsadida,pestitsidlar va gerbitsidlardan me'yordan ortiq foydalanish-insonlar sog'ligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.Bunday salbiy oqibatlar yuzaga kelmasligi uchun tog'ri sug'orishni yo'lga qo'yish,iloji boricha tabiiy toza mahsulot yetishtirish maqsadga muvofiqdir.
Mavzuning obyekti: Insoniyat.
Mavzuning predmeti: Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda, tabiiy jihatdan foydali va sifatli bo'lishini ta'minlash. Shu bilan birgalikda ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Mavzuning tadqiqot metodlari: Kuzatish, taqqoslash va matematik modellashtirish metodlaridan keng miqyosda foydalaniladi.
Mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyati: Ushbu kurs ishi yuzasidan olib borilgan izlanishlardan,to’plangan ma’lumotlardan ilmiy maqolalar yozishda,o’quv jarayonida foydalanishda,talabalar,o’quvchilar o’rtasida tushuntirish ishlari olib borishda foydalaniladi.
Mavzuning hajmi: Ushbu kurs ishi 20 sahifadan iborat bo’lib,unda kirish 2ta bob,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
I.BOB. OZIQ-OVQAT TANQISLIGI. 1.1. Oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligi muammosi.
Hozirgi kunga kelib, dunyo aholisini 2/3 qismi sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanmagan. Bundan tashqari 50 foiz aholi uchun esa ochlik kun tartibiga aylangan. Dunyo boyicha har yili 30-50 mln. odam ochlik sabab hayotdan ko'z yumadi. Aholi soni tez suratlar bilan o'sib bormoqda. Xususan, 1930 yilda 2 mlrd, 1960 yilda 3 mlrd, 1986 yilda 5 mlrd bolsa, hozirda dunyo aholisi 8 mlrd.ga yaqin aholini tashkil etadi. Bu borda esa, inson har oy o'z og'irligiga teng ozuqa istemol qiladi. Olimlarning aniqlashicha, odamga bir kunda 630-750 gr bug'doy, bir yilda esa 200-274 kg bug'doy kerak boladi. Aholi sonining ortishi oziq-ovqat tanqisligi muammosining kuchayishiga olib kelmoqda. BMT ning ma'lumotlriga ko'ra 53 mamlakatdagi 153 million kishi ochlikning eng og'ir shaklida hayot kechiradi. COVID-19 pandemiyasi davrida ochlik kun tartibiga aylanib qolgan. 2020-yilda avvalgi yillarga qaraganda odamlar orasida ochlik 18 foizga ortgan. Pandemiyaning dastlabki davrlarida 195 davlatdagi 370 milliondan ortiq maktab bolalari ochlikga duchor bolgan Oziq-ovqat tanqisligi o‘tgan asrning 70-yillarida sezila boshladi. Bugungi kunda yer yuzida har kuni 840 million kishi och qolmoqda yoki ular ishonchli oziq-ovqat manbayiga ega emas. Mavjud 7 milliard aholining deyarli 1 milliard to‘yib ovqat emaydi. Har-yili dunyo bo‘yicha 13-18 mln kishi, ya’ni har bir minutda 20 kishi ochlikdan nobud bo‘lmoqda. Bu raqam bolalar o‘rtasida yanada dahshatli ko‘rinishga ega. Jumladan, har yili dunyoda 11 millionga yaqin bola 5 yoshga to‘lmay, to‘yib ovqatlanmaslik sababli dunyodan ko‘z yumadi, ya’ni bolalar o‘rtasidagi o‘limning 54% to‘yib ovqatlanmaslik bilan bog‘liqdir.
Hozirgi vaqtda yer yuzi aholisi uchun kuniga 2 million tonna oziq-ovqat, 10 million metr kub ichimlik suvi kerakligi hisoblab chiqilgan. Mamlakat va uning fuqarolarining xavfsizligini ta’minlashda oziq-ovqat xavfsizligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda iqlim o‘zgarishlari, atrof-muhitga turli zararli chiqindi va gazlarning chiqarilishi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish jarayoni hamda ularning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi – qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatdir. U qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 25 mln. 736 ming gektar yerga ega. Bundan sug‘oriladigan yerlar 4,2 mln. gektar, shundan 3,30 mln. gektari shudgor qilinadigan sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. Aynan shu sug‘oriladigan yerlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 97% dan ortig‘I olinadi Agar ushbu dolzarb masalaga mamlakatimiz misolida e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bugungi kunda O‘zbekiston nafaqat o‘z aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashi, balki qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini chetga eksport qilishni o‘z oldiga strategik vazifa sifatida maqsad qilib qo‘ygan davlat hisoblanadi. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak so‘nggi yillarda mamlakatimizga go‘sht mahsulotlari importi 40 % ga kamayib, aksincha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 60 % ga ortgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda mavjud aholi ehtiyojlari darajasidan 3 baravar ko‘p miqdorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida xorij mamlakatlariga oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 20 %ga ortgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |