Kurs ishi mavzu: oziq-ovqat tanqisligi muammosi va uni hal etish chora-tadbirlari


Download 78.6 Kb.
bet5/8
Sana07.02.2023
Hajmi78.6 Kb.
#1175265
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hzem kurs ishi 2003
















II.BOB. OZIQ-OVQAT TANQISLIGI MUAMMOSINI HAL ETISH CHORA-TADBIRLARI.

2.1. BMTning oziq-ovqat tanqisligi muammosini bartaraf etish chora-tadbirlari


Oziq-ovqat tanqisligi butun dunyo bo’ylab muammoga aylangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun bu muammoni hal qilish uchun ishchi guruhi tuzishga ko’rsatma bergan. Hozirda bosh masala - ochlikka yuz tutayotgan davlatlarga qo’shimcha yordam berishdir.
Pan Gi Mun Yevropa va Afrikaga safarini yakunladi. Uning aytishicha jahon bo’ylab oziq-ovqat narxlarining qimmatlashishi mahsulotlar kamomadi va ochlikka olib kelmoqda. Bu o’z navbatida mojarolardan endi oyoqqa turayotgan jamiyatlarda tinchlikni mustahkamlash sa’y-harakatlarini yo’qqa chiqaryapti.
“Muammoning ham qisqa, ham uzoq muddatli oqibatlarini hal qilish uchun birinchi navbatda kichik fermerlarga urug’ va o’g’it yetkazish zarur. Rahbarlar esa narxlarning yanada ko’tarilishiga olib keluvchi qarorlar bilan chiqmasin”, - deydi BMT bosh kotibi.
U tuzgan yangi ishchi guruhi muammo sabablarini o’rganadi va yechim-takliflar bilan chiqadi. Ilk yig’ilishi kelasi haftaga belgilangan. Iyun oyida esa Italiyada masala yuzasidan sammit o’tkaziladi.
Jahon Banki hisobiga ko’ra, oziq-ovqat narxlarining qimmatlashishi 100 millionga yaqin kishini yanada qashshoqlashtirishi mumkin. Qimmatchilik omillari deb mahsulotga talab, transport va yonilg’i xarajatlari ko’rsatilmoqda. Yana biri iqlim o’zgarishidir.
16 oktyabr — Butunjahon oziq-ovqat kuni
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jahonning 54 mamlakatida oilalar moddiy ahvoli darajasining pasayishi kuzatilgan, 20 dan ziyod davlat aholisining asosiy qismi ochlikdan qiynalmoqda. 12 ta mamlakatda aholining o‘rtacha umr ko‘rishi qisqargan, so‘nggi yillarda dunyoning bir necha yuz millionlab aholisi ochlikdan aziyat chekyapti. Jumladan, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jahon aholisining 815 million nafari och qolayotgan bo‘lsa, 2050 yilga borib bu son 2 milliard kishiga yetadi. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi o‘limning 45 foizi aynan to‘yib ovqat yemaslik natijasida kelib chiqmoqda. Bu, albatta,oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishdagi muammolar va uning xavfsizligi bilan bog‘liq jarayonlar fonidagi vaziyatdir.
1979 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida 16 oktyabr — Butunjahon oziq-ovqat kuni sifatida belgilangan. Ushbu sana jahondagi oziq-ovqat muammolariga aholi e’tiborini qaratish, ochlik, to‘yib ovqatlanmaslik va qashshoqlikka qarshi kurashishda birdamlikni kuchaytirish maqsadida belgilangan. Bu borada O’zbekistonda ham bir qancha ishlar amalga oshirilgan.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish tashkilot Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so'zlagan nutqida 2021 yili oziq-ovqat tizimlari bo'yicha Sammit chaqirishga chorladi. Maqsad – ocharchilikni bartaraf etish, ovqatlanish bilan bog'liq kasalliklarni qisqartirish, sayyoramizda oziq-ovqat tizimlarini isloh qilish bo'yicha xabardorlikni oshirish va aniq choralarni kelishib olish, shu bilan birgalikda BMT Bosh kotibi butunjahon hamjamiyatini oziq-ovqat ishlab chiqarish, qayta ishlash va iste'mol qilishga yondashuvni tubdan o'zgartirish va sa'y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.
Koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy pasayish sahnida oziq-ovqat inqirozining ehtimoliy kuchayishi jahon hamjamiyatining alohida tashvishlanishiga sabab bo'lmoqda.
BMTning bashoratiga ko'ra, yil oxirigacha global ocharchilikning o'sishi kutilmoqda. Hozirgi vaqtning o'zidayoq 820 million aholi, ya'ni sayyoraning har 9 kishisi yetarli miqdorda yegulikka ega emas. Bu yili COVID-19 inqirozi tufayli yana 49 million kishi o'ta qashshoqlik domiga tushishi mumkin. Oziq-ovqat yoki oziqlanuvchi moddalarning o'tkir yetishmovchiligini his qiladigan odamlar soni o'sishda davom etadi. Jahon yalpi ichki oziq-ovqat mahsulotining har bir foizli punktga pasayishi o'sishdan to'xtab qoladigan bolalar sonining 0,7 millionga ko'payishini anglatadi.
BMT Oziq-ovqat dasturi bosh direktori S.Dongyuning qayd etishicha, samarasiz siyosiy qarorlar, jumladan, ayrim mamlakatlar tomonidan oziq-ovqat eksportining cheklanishi oziq-ovqat tangligini keltirib chiqaradi va keng miqyosli gumanitar halokatga olib keladi.


Download 78.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling