Kurs ishi mavzu: oziq-ovqat tanqisligi muammosi va uni hal etish chora-tadbirlari


Oziq-ovqat tanqisligi muammosining sabablari


Download 78.6 Kb.
bet3/8
Sana07.02.2023
Hajmi78.6 Kb.
#1175265
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hzem kurs ishi 2003

1.1.1-rasm.

1.2. Oziq-ovqat tanqisligi muammosining sabablari.


Tirik organizmlar borki, hayot faoliyati davomida doimo oziqlanib turishi zarur. Shuning uchun, insonning oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hamda ishlab chiqarishga bo'lgan talab nihoyatda katta. Aholi sonining ko'payishi sababli bu talab yanada ortib bormoqda. Bu talabni qondirish uchun esa ko'plab qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish lozim. Yer sayyorasi katta bo'lib, undagi foydali yerlar 13,5 mlrd gektarni tashkil qiladi. Xususan, 1,4 mlrd gektari madaniy o'simliklar yetishtirish uchun foydalaniladi, 1,1 mlrd gektari esa keraksiz holatga kelib qolgan. Hozirda sayyoramizda 0,4-0,9 mlrd gektar yer qolgan.
Keyingi yillarda ko‘p mamlakatlarning unumli ekinzor yerlari irrigatsion inshootlar ta’siridan, o‘rmonlaming kesilishi, ifloslangan suv bilan ekinlami sug‘orishdan eroziyaga uchramoqda. Atmosfera havosining isishi tufayli sodir bo‘lgan suv toshqinlaridan Yevropa, Osiyo mamlakatlarining minglab gektar ekinzorlari suv ostida qolib, hosildorlikka putur yetkazmoqda. Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika mamlakatlarida 544 mln.ga yer eroziyaga uchrab, strukturasi buzilgan. Har yili dehqonlar 10 mln. ga sug‘oriladigan unumdor yerlardan judo bo‘lmoqdalar, 6 mln. ga yer sahroga aylanmoqda, 21 mln.ga yerning hosildorligi kamaymoqda. XX asming ikkinchi yarmida rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jaligi ekinlariga kimyoviy moddalarni ko‘p qo‘llashlari oqibatida mahsulotlaming sifati buzildi. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilgan kishilar har xil kasalliklarga chalindilar. Shunday qilib, aholining ovqatlanish masalasi inson ekologiyasidagi dolzarb muammolardan bo‘lib, kishilarni ekologik jihatdan toza va yetarli miqdorda oziq-ovqatlar bilan ta’minlash nafaqat har bir mamlakatning hukumati va mutasaddi kishi100 laming vazifasi, balki har bir fuqaroning ham vazifasidir. Buning uchun eng avvalo yer va suvni muhofaza qilib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yuqori agrotexnika asosida parvarish qilish va sifatli mahsulotlar yetishtirish choralarini ko‘rish kerak.
Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlari unumdor yerlarda yetishtiriladi. Aholisi tez о‘sib, rivojlanayotgan mamlakatlarda unumdor yerlar uy-joy, yo‘l, sanoat korxonalari qurish uchun olinyapti. Natijada ekinzor yerlar keskin kamayib bormoqda. Foydali yerlarning ishdan chiqishi qishloq xo'jaligi mahsulotlari hosildorligini pasayishiga olib keladi Bu esa o'z navbatida oziq-ovqat tanqisligi muammosiga sabab bolmoqda.Keyingi yillarda qishloq xo'jaligi yerlarini ifloslangan suvlar bilan sug'orish natijasida yerlar eroziyaga uchramoqda. Suv toshqinlarida ekinzorlar suv ostiga qolib,hosildorlik pasaymoqda.
Yer yuzida iqlim o‘zgarishi va turli ekologik muammolar oqibatida yuz berayotgan tabiiy ofatlar, suv tanqisligi, qurg‘oqchilik, cho‘llanish kabi og‘ir vaziyatlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni qiyinlashtirmoqda. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda, dunyo oziq-ovqat bozorlarida narx-navo ko‘tarilib borishiga sabab bo‘layotir. Xususan; iqlimning o’zgarishi sayyoramizda odamlarni oziq - ovqat bilan ta’minlashni murakkablashtiradi. Bu sharoit iqlim o‘zgarishi natijasida yanada yomonlashishi mumkin. Global isish 2,5°S dan kam bo‘lsa, kuchli salbiy ta’sir sezilmasligi mumkin, lekin haroratning undan yuqori bo‘lishi oziq - ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kamayishiga sabab bo‘lib, narx - navoning ko‘tarilishini keltirib chiqarishi mumkin. Iqlim o'zgarishining hosildorlik va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’siri keng ko’lamda o‘zgaradi. Donli ekinlaring issiqqa bardosh beradigan navlari yetarli bo’lmagan tropiklar va subtropik mamlakatlarda hosildorlik uchdan bir qismgacha kamyishi mumkin.
Markaziy kontinental rayonlar, jumladan, AQShning «don» mintaqasi, Osiyoning o‘rta kengliklari, Afrikaning Sahroi Kabirdan janubda joylashgan hududlari va Avstraliyaning katta qismi eng qurg‘oqchil va jazirama iqlim sharoitlari xavf ostida qolishi kutilmoqda. Shu bilan birga o‘simliklarning o‘sishiga imkon byeruvchi, nisbatan davomli iliq muvsumlar hamda yong‘in miqdorining kamayishi mu’tadil iqlimli ko‘plab regionlarda ekinlar hosildorligining ortishiga olib kelishi mumkin. Tajribalar asosida olingan ma’mulotlaming ko‘rsatishicha, qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sish uchun qulay bo‘lgan vegetatsiya mavsumining davomiyligi hoziming o‘zidayoq Buyuk Britaniya, Skandinaviya, Rossiyaning shimolida, Shimoliy Evropa va Shimoliy Amyerikada ortgan. Nisbatan yuqori haroratlar ishlab chiqarish strukturasiga ham ta’sir etadi. Qora sovuqli kunlar va sovuq davrlaming kamayishi o'simliklarning ma’lum turlarining o‘sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishi mumkin. Biroq, haroratning ortishi natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlari zarar ko‘rishi mumkin, ayniqsa suv etishmasligi muammoni yanada chuqurlashtiradi. Begona o'tlaming ayrim turlari katta maydonlarga tarqalishi va xukmron ekin sifatida yashashi mumkin. Qayd etilganlar bilan bir qatorda, o‘simIiklaming zararkunandalari va kasalliklarininng qutblar tomon siljishi qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini kamaytirishi mumkinligi haqida ma’lumotlar ham mavjud.
Bundan tashqari, 2008 yilda boshlangan va hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oziq-ovqat xavfsizligi muammosining keskin tus olishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, dunyo aholisining ko‘payib borayotgani, urbanizatsiya jarayonlarining kuchayib borishi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekini maydonlarining qisqarishi ham oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va aholining ehtiyojlarini qondirish masalasini keskinlashtirmoqda. Oziq-ovqat tanqisligi global masala. Dunyo yildan-yilga bu muammo ustida ko‘proq bosh qotirishiga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi o‘n yil, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi davrida ochlik kun tartibidan muqim o‘rin oldi.



Download 78.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling