Kurs ishi mavzu: oziq-ovqat tanqisligi muammosi va uni hal etish chora-tadbirlari


Download 78.6 Kb.
bet7/8
Sana07.02.2023
Hajmi78.6 Kb.
#1175265
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hzem kurs ishi 2003















2.2.1 - rasm





XULOSA


Oziq-ovqat tanqisligiga qarshi kurashishda, avvalo qishloq xo'jaligi mahsulotlarini to'g'ri sug'orishni yo'lga qoyish lozim. Chunki noto'g'ri sug'orish tufayli ko'plab yerlar foydalanib bo'lmaydigan holatga kelib qolgan, buning natijasida hosildorlik pasayib, oziq-ovqat yetishmasligiga sabab bo'lmoqda. Bundan tashqari demografik portlash ya'ni aholi sonining keskin o'sishi oziq-ovqatni ta'minlashda bug'doy mahsulotini yetishtirish aholi sonining ortish darajasidan orqada qolganligi, ayrim mamlakatlarda dehqonchilikning yuqori darajada rivojlanmaganligi, urbanizatsiya ya'ni shaharlashish jarayonining kuchayishi, eksportga bog'lanib qolish holatlari ham oziq-ovqat tanqisligiga sabab bo'lmoqda. XX asrning ikkinchi yarmida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda kimyoviy moddalar yani pestitsid va gerbitsidlardan ko'p miqdorda foydalanish natijasida mahsulot sifati buzilgan va uni iste'mol qilgan aholi turli xil kasalliklardan aziyat chekkan. Bunday salbiy oqibatlar takrorlanmasligi uchun ekologik toza va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish darkor.
2018 yilda Prezidentimizning «Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmoni qabul qilindi. Farmonda bozorni sifatli, xavfsiz va maqbul oziq-ovqat bilan to'ldirish bo'yicha choralarni ko'zda tutgan “Oziq-ovqat xavfsizligi to'g'risida”gi Qonunni qabul qilish vazifasi qo'yilgan.
Ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xo'jaligi ekinlarini kengaytirish, klaster tizimlarini joriy etish, baliqchilik, asalchilik va parrandachilik kabi muhim yo'nalishlarni jadal rivojlantirish, zamonaviy issiqxona xo'jaliklarini barpo etish aholining turmush darajasini sezilarli darajada ko'tarishga imkon berdi. Bularni bari o'zbekistonliklarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash maqsadida har tomonlama o'ylangan va uzoqni ko'zlagan siyosatining yaqqol samarasi hisoblanadi.
Fan-texnika inqilobi natijasida oziq-ovqat tanqisli va xavfi paydo bo’lgan.O’simliklar o’zida deyarli barcha zararli moddalarni to’plash xususiyatiga ega, shuning uchun yirik sanoat korxonalari va serqatnov yo’l yoqasida yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari mahsuldorligining pasayishi hamda ularning zaharlanishi kuzatilmoqda. Bu muammolarni hal etish esa tabiiy sharoiti holati bilan belgilanadi. Bu yerda gap tabiatni shunchaki muhofaza qilish to’g’risida emas,balki inson va tabiat o’rtasidagi muvofiqlikni yanada takomillashtirish uchun qulay ijtimoiy, ekologik sharoitlar yaratish maqsadida tabiatni asrab-avaylash haqida so’z yuritiladi.

Download 78.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling