Kurs ishi mavzu: Pul taklifi modeli. Bank va pul mul’tiplikatori


Download 169.13 Kb.
bet8/11
Sana20.06.2023
Hajmi169.13 Kb.
#1630881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pul taklifi

(M/P) D =f (R, Y);
Bu erda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
CHizikli bogliklikni e`tiborga olsak, kuyidagicha formula xosil bo`ladi:
(M/P)D = kY - hR
Bu erda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta`sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar; k – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur`atini ayirib topiladi.
Daromad darajasining o`zgarishi foiz stavkasi o`zgarmas bo`lgan sharoitda xam pulga talabning ko`payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri chizigining siljishi ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Pulga talabning klassik nazariyasi
Pulning mikdoriy nazariyasi pulga bo`lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniklaydi:
M · V = P · Y
Bu erda: M – muomaladagi pul mikdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – baxolar darajasi (baxo indeksi); Y – real YAIM.
Pulning aylanish tezligi, iktisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barkaror bo`lganligi uchun xam doimiy kattalik deb kabul kilinadi. Ammo bank tizimiga xisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy kilinishi natijasida u o`zgarishi mumkin. V doimiy bo`lgan sharoitda almashtirish tenglamasi kuyidagicha bo`ladi:
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y
M= -----------
V*
P · Y – nominal YAIM mikdorini bildirishini va doimiy mikdorligini xisobga olsak, muomala uchun zarur bo`lgan pul mikdori ishlab chikarilayotgan tovarlar va xizmatlar mikdori va ularning baxosi o`zgarishlariga, boshkacha aytganda, nominal YAIM o`zgarishiga boglik. Muomaladagi pul massasining o`zgarishi, klassik nazariyaga ko`ra, Y sekin o`zgarishi tufayli asosan baxolar darajasiga ta`sir ko`rsatadi. Bu xolat “pulning neytralligi” nomini olgan.
Monetaristlar koidasiga ko`ra xukumat pul massasining o`sish sur`atini, real YAMMning o`rtacha o`sish sur`ati darajasida ta`minlab tursalar iktisodiyotda baxolar darajasi barkaror bo`ladi.
Fisher tenglamasidan tashkari bu tenglamaning boshka bir shakli Kembrij tenglamasidan xam keng foydalaniladi:
M=k*PY
Bu erda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari mikdor.
k - koeffitsientni nominal pul mikdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko`rsatadi.
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo`lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning kaysi biri ko`rinishida saklashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko`zda tutadi.
Pulga real talab kuyidagi ko`rinishda xisoblanadi:

Download 169.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling