Kurs ishi mavzu: Pul taklifi modeli. Bank va pul mul’tiplikatori
III. PULGA TALABNING KEYNSCHA VA KLASSIK NAZARIYALARI
Download 169.13 Kb.
|
Pul taklifi
III. PULGA TALABNING KEYNSCHA VA KLASSIK NAZARIYALARI
Pulga talabning Keynscha nazariyasi Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni nakd ko`rinishda saklashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko`rsatadi: transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun nakd pulga talab); extiyotkorlik sababli (ko`zda tutilmagan xolatlar uchun ma`lum mikdorda nakd pullarni saklash); spekulyativ sabab (foyda olish maksadida kimmatli kogozlar sotib olish uchun pulga talab). Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o`rtasidagi teskari bogliklikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko`tarilsa, obligatsiyalar baxosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o`z navbatida, nakd pul zaxiralarining kiskarishiga xamda nakd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun xam axoli uni saklashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko`rsatadiki pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasiga boglik. Foiz stavkasi nakd pul vositalarini ko`lda ushlab turishning mukobil xarajatlari mikdorini, ya`ni, siz foiz olib kelmaydigan nakd pullarni ko`lda ushlab turgan sharoitda yo`kotadigan pul mikdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi mikdoriga ta`sir kilganidek, nakd pullarni ko`lda ushlab turish mikdori xam pul zaxiralariga talab mikdoriga ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini nakd pul shaklida kamrok ushlab turishga xarakat kiladi. Real pul zaxiralariga talab funktsiyasini kuyidagi ko`rinishda yozamiz: M/R = f(R) Bu tenglama ko`rsatayaptiki, pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasi funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zaxiralari mikdoriga talab teskari bogliklikka ega ekanligi ko`rinadi. CHunki, yukori foiz stavkasi pulga talab mikdorining kamayishini ko`rsatadi Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning quyidagi omillarini ajratib ko`rsatish mumkin: daromadlar darajasi; pulning aylanish tezligi; foiz stavkasi. Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad xajmi bilan boglasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga boglik deb xisoblanadi 3.1-chizma Pulga talab grafigi Pulning aylanish tezligini xisobga olmaganda, real pul koldigiga talab formulasi kuyidagicha bo`ladi: Download 169.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling