Kurs ishi mavzu: Rus-o`zbek va lotin-o`zbek yozuvlari grafik tizimlarining grafemalar tavsifi


Download 222.17 Kb.
bet13/19
Sana06.04.2023
Hajmi222.17 Kb.
#1333478
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Rus o`zbek va lotin o`zbek yozuvlari grafik tizimlarining grafemalar

5.Tarixiy-an'anaviy prinsip. Bu prinsipga asoslangan imlo qoidalari so‘zlarning yoki so‘z shakllarining qadimdan odat bo‘lib qolgan formada yoki an'anaga mos shaklda yozilishini hozirgi imlo uchun me'yor tarzida belgilaydi. Chunonchi, hurriyat so‘zi tarkibida ikkita "r"ning mavjudligi hozirgi o‘zbek tili uchun me'yor sanaladi, ammo shu so‘z ishtirokida yasalgan jumhuriyat so‘zida esa bir "r" yoziladi, chunki bu so‘zni bir "r" bilan yozish qadimdan odat bo‘lib qolgan.
Tarixiy-an'anaviy prinsip so‘zning yoki so‘z shakllarining haqiqiy tarkibi (fonema yoki morfemalari) yetarli aniqlanmagan holatlarga nisbatan ham qo‘llanadi. Masalan, taqozo so‘zining oxirgi bo‘g‘inidagi unli ba'zan "o", ba'zan "a" holida (taqozo yoki taqoza kabi) talaffuz qilinadi, shulardan qaysi biri to‘g‘ri ekanligi hozircha aniq emas. Biroq, shu narsa ma'lumki, yozuvda taqozo shakli aktivroq qo‘llanib kelgan, bu omil hozirgi o‘zbek yozuvi imlosiga ham asos bo‘lgan.
Tarixiy-an'anaviy prinsipga amal qilish holatlari hozirgi paytda yaratilayotgan ayrim badiiy asarlar tilida ham uchrab turadi: klassik adabiyot tiliga taqlid tarzida so‘zlarning eski o‘zbek tiliga xos shakllari ishlatiladi. Masalan:
Gul fasli sanam
Sayr ila gulshanda bo‘libdur.
g‘uncha ko‘z ochib
Gul yuzida xanda bo‘libdur.
Gullar ichida
Shohi o‘zim der edi lola,
Mag‘rurligidan
Ul o‘zi sharmanda bo‘libdur (E.V.)
(Eski o‘zbek tiliga xos birliklar - ila, ul, "-dur")


6. Differensiatsiya prinsipi (simvolik prinsip). Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra, shakli bir xil bo‘lgan so‘zlar (omonimlar) yozuvda signalizatorlar (ishora belgilari), diakritik belgilar vositasida yoki bir harf o‘rnida boshqa harf ishlatish orqali farqlanadi: atlás (mato) - átlas (geografik atlas), yangì (sifat) - yángi (ravish), tana (gavda) - ta'na (minnat), bandá (qul) - bánda (shayka), urish (urmoq) - urush ("jang") kabi. Keltirilgan so‘zlarda urg‘u 
( ′ ) va ayirish (’) belgilari orfografiyaning differensiatsiya prinsipi talabiga ko‘ra qo‘llangan; urish va urush so‘zlarida esa "i" va "u" harflarining ishlatilishi ham shu prinsipga asoslangan.



Download 222.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling