Kurs ishi mavzu: Savod o‘rgatish davri yozuv darslarida nutq o‘stirish


Didaktik vositalarning klassifikasiyasi. Avvalo biz didaktik vositalarni uch yo


Download 200.5 Kb.
bet10/13
Sana26.03.2023
Hajmi200.5 Kb.
#1297434
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sanayeva Maxliyo kurs ishi.to\'g\'irlangani.1

Didaktik vositalarning klassifikasiyasi. Avvalo biz didaktik vositalarni uch yonalishga ajratamiz. Bular didaktik materiallar, ulardan foydalanish uchun qollaniladigan didaktik vositalar, hamda didaktik materiallar va vositalar yordamida ta’limni amalga oshirish uchun loyihalangan majmualar. Har bir yonalish boyicha ularning tegishli turlari bor.
Biz bularning har biri bilan kelgusi ma’ruzalarda, tegishli mavzular orqali, chuqurroq tanishib olamiz. Hozir esa ular to‘g‘risida qisqacha boshlang‘ich ma’lumotlarni beramiz. O‘quv mashg‘ulotlarida talabalarga beriladigan, namoyish qilinadigan, bajarib ko‘rsatiladigan va shunga o‘xshash barcha turdagi o‘quv axborotlarini biz didaktik materiallar deymiz. Ularni qachon va qay maqsadda qo‘llashimizga qarab ularni alohida guruhlarga ajratib chiqamiz (1-rasmga qarang).


1 – rasm. Didaktik vositalarning guruhlanishi.
Ushbu materiallarni qo‘llashda va tayyorlashda didaktik vositalardan foydalanamiz. Masalan, plakatlar, diapozitivlar, fotosuratlar, audio, televizion va videomateriallar, informasion texnologiyalar asosidagi materiallar va h.k.z.
O‘z navbatida vositalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va didaktik imkoniyatlariga qarab sinflaymiz (1–rasmga qarang).
Shundan kelib chiqqan holda biz mashg‘ulot davomida bir necha turdagi didaktik materiallarni qo‘llaymiz, buning uchun tegishli didaktik vositalardan foydalanamiz. Bular esa birgalikda shu mashg‘ulot uchun tuzilgan didaktik vositalari majmuasi hisoblanadi (1–rasm).
Endi qisqacha didaktik vositalar to‘g‘risida mulohaza yuritsak. Har bir vazifani amalga oshirishda, yaxshi samaraga erishish uchun biz unga kompleks, ya’ni majmuiy yondoshishimiz maqsadga muvofiqdir. Shudan kelib chiqqan holda biz ham mashg‘ulot davomida beriladigan o‘quv axborotlarini majmua tuzgan holda bersak ishimiz ancha samarali kechadi.
Didaktik oyinli darslar
Didaktik o‘yinli darslarni o‘quvchilarning bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga qarab syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O‘qituvchi avval o‘quvchilarni individual, so‘ngra guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, ular muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng, ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o‘quvchilar didaktik o‘yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari, sinf jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O‘qituvchi didaktik o‘yinli darslarni o‘tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:

  1. Didaktik o‘yinli darslar dasturda qayd etilgan ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi.

  2. Muhim muammolarga bag‘ishlanishi va ular o‘yin davomida hal etishini.

  3. Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi.

  4. O‘yin strukturasi mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi.

Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflagan holda ulkan samaraga erishish kerak. Quyida biz didaktik o‘yinli darslarning tavsifiga qisqacha to‘xtalamiz.

Download 200.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling