Kurs ishi Mavzu: Shayboniylar davrida me’morchilik taraqiyoti. Tayyorladi: Ibragimov Oybek Qabul qildi: Qo’yliyev Ravshan Toshkent –2022 Mavzu: Shayboniylar davrida me’morchilik taraqiyoti. Mundarija: Kirish


Buxoro amirligi, Xorazm va Qo’qon xonliklari hududlaridagi


Download 104.37 Kb.
bet5/7
Sana16.02.2023
Hajmi104.37 Kb.
#1204280
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ibragimov Oybek 109 guruh (2)

2.2. Buxoro amirligi, Xorazm va Qo’qon xonliklari hududlaridagi
me’morchilikning o’ziga xosligi va umumiyligi.
Buxoro amirligi Markaziy Osiyo hududidagi katta, aholisi ham boshqa xonliklarga nisbatan ko’p edi. Bu amirlikda o’zbek, tojik, qozoq, turkman, hirg’iz, qoraqalpoqlardan tashqari arab,eron, yakudiy va b. millatlar istiqomat qilar edi. Amirlikning poytaxti Buxoro esa Markaziy Osiyodagi xonliklarning diniy markazi edi. Buxoro xonligi me‘morchiligi shaharsozlik taraqqiyoti, bino turlarining rivojlanishi va umuman yangi me‘moriy hamda badiiy amaliy san‘at taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Bu sohani o’rganish borasida juda koplab ilmiy izlanishlar olib borish mumkin. Jumladan biz yuqorida bayon qilib o’tgan obidalardan tashqari shaharning XVIII asrda kengaytirilgan qal‘a qismida Abdulazizxon barpo ettirgan Hovuzi Nav ansambli haqida ham to’xtalib o’tish joizdir. Bugungi kunda bu hovuz transport qatnov halqa yo’li ostida qolib ketgan bo’lsa, shu hovuzning janubiyg’arbiy tomonida qurilgan Volidai Abdulaziz masjidi va uning qarshisida qad rostlagan Juybori Kalon madrasalari nisbatan durust holatda saqlanib qolgan. Juybori Kalon madrasasi umuman Buxorodagi boshqa madrasalarga bir qadar o’xshab ketsada, Volidai Abdulaziz masjidi boshqa masjidlar me‘moriy yechimidan keskin farq qiladi. Uning asosini chog’roqqina hovlichaning chap tomonidagi bir xil pastakkina gumbazchalar bilan yopilgan masjid, uning ro’parasida esa baland gumbazli xonaqo va bularning har ikkalasini birlash-tirib turuvchi ko’ndalang joylashgan yo’lak tashkil etadi. Kirish peshtoqi old tomoniga ayvonli qilib chiqarilib imoratning old va bir tomoni yog’och ustunli ayvon bilan chegaralangan. Ayvonning old tomoniga kichikroq minora o’rnatilgan. Bu ansamblga yaqin joydagi Xalifa Xudoydod kompleksi, Chor minor nomi bilan. ma‘lum bo’lgan Xalifa Niyoz madrasasi, Baland, Xo’ja Zayniddin va Bolo Hovuz masjidlarida ham qator o’ziga xos qaytarilmas 4 me‘moriy yechimlar mavjud. Bundan tashqari Chor Bakr, Hazrat» Bahoutdin, Sitorai Mohi Xossa kabi shahar tashqarisidagi turfaz ansambllar, shahar guzarlaridagi imoratlar, mahalla markazlari^ masjidlari, mo’jaz madrasalar va karvonsaroylarni birma-bir sanab o’tish mumkin.
2.3. Xiva shaharzosligi va me’morchiligi. Xorazm me’moriy maktabining hususiyatlari.
Temuriylardan Sulton Xusayn mulkiga kirgan Xorazm yerlariga 1505 yilda Shayboniyxon qo’l ostiga o’tadi. Ammo 1512 yildgi shayboniylar ta‘siridan xoli bo’lgan boshqa o’zbek xoni Elbarsxon Xiva xonligiga asos soldi. Bu xonlik yerlari Xorazmdan tashqari Mang’ishloq, Dehiston, Uzboy va shimoliy Xurosonni o’z ichig olgan. Shu davrdan boshlab to XIX asrning ikkinchi yarmigacha Xiv va Buxoro xonliklari, Eron podshohligi, qozoq, qoraqalpoq va turkman beklari orasida taxt va mulk talashish natijasida o’zaro urushlar bo’lib o’tdi.
Shuningdek, Angliyaning Eron, Afg’oniston va O’rta Osiyo bozorlariga egalik qilayotganligi va turli xil nizolarni kuzatib turgan Rus imperiyasi 1717—1873 yillar orasida Xiva xonligiga qarshi yurish qildi.
Nihoyat Xiva xonligi Rus imperiyasi vassaliga aylantirilib, Amudaryoning o’ng sohilidagi yerlar Rossiyaga qaram bo’lib qoldi.
Avval boshda O’rta Osiyo bilan uzviy savdo-sotiq aloqalarini amalga oshirib turgan Oltin O’rda xonligi va uning tasarrufidagi yerlarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi siyosiy hayotga ta‘sir ko’rsatib, savdo va karvon yo’llarining o’zgarishiga olib keldi. Daryolik kanali qarovsiz qolib Urganch (hozirgi ko’hna Urganch) va Vazir shaharlari suvsizlikdan va siyosiy-iqtisodiy tanazzul oqibagida janubga tomon ko’chib o’tishadi. Shundan so’ng Xiva xonligining poytaxti shu paytda Yangi Urganch deb nomlangan hozirgi Urganchga va keyinroq (XVII asrda) Xiva shahriga ko’chirildi.
Xiva, Urganch, Hazorasp, Xo’jayli, Toshhovuz, Gurlan, Xonqa va Mang’it shaharlari savdo va hunarmandchilik markazlariga aylanadi. Shohob, Yarmanu, G’azovat, Polvonyob, Lavdan va boshqa bir necha kanallar qazilib, suv chiqariladi. Obodonchilik ishlari rivojlan-tirilib, me‘morchilik va shahar qurilishi ishlari ham yangi pog’onaga ko’tariladi. Xiva xonligi me‘morchiligi xususida gap ketar ekan, Qadimgi Xorazmning ilk madaniy taraqqiyot markaz-laridan biri ekanligini alohida ta‘kidlash lozim. U yerda shahar madaniyati juda qadim zamonlardan boshlab shakllangan bo’lib qang’li (miloddan oldingi VI asrdan boshlab) madaniyati davri shaharlari xarobalari arxeologik qazilmalar olib borilishi sa-babli topilgan. Xonqa va Xiva shaharlari ming yillik madaniy-tarixiy taraqqiyotning guvohi bo’lsa, Xazorasp shahri 2,5 ming yillik tarixni bag’rida saqlab turibdi. Yangi Urganch, Yangi Qiyot va Shohobod shaharlari esa XVII asrda Abdulg’ozixon va
Anushaxonlar amri bilan bunyod etilgan. Yangi Urganch shahri tarixchi va sayyohlar ta‘rifida tijorat markazi sifatida sharhlanadi. Bu yerga Rossiya, Eron, Afg’oniston va boshqa mamlakatlardan ko’plab savdogarlar oqib kela boshladi, asta sekin paxtani qayta ishlovchi sanoat korxonalari paydo bo’la boshladi. 1645-1646 yillarda Abulg’ozixon asos solgan bu shaharda XIX asr oxirida 15 masjid, bir qancha karvonsaroylar va boshqa ma‘muriy-ijtimoiy imoratlar qurilgan. Shaharni o’rab turgan devorlar XX asr boshlariga kelib qarovsizlikdan vayrona holatiga kelib, hozirda saqlanmagan.
Asfandiyor I (1623—1642 yillar) va Abulg’ozixon hukmronligi (1642—1667 yillar) davrida xonlik poytaxti Xivaga ko’chiriladi. Afsonalar Xiva shahrining paydo bo’lishini Nuh payg’ambarning o’g’li Som nomi bilan bog’laydi. Jumladan Matrizo Qushbegi elatidagi "heyvaq" qudug’ini qazilishini uning nomi bilan bog’lashadi. X asr tarixchisi Maqdisiy bu shaharni Gurganj va Marv shaharlari orasidagi asosiylari, ya‘ni karvon yo’li o’tgan shaharlar sirasiga kiritadi. Arxeologik tadqiqotlar natijasi ham Xiva shahri aynan X asrdan kech bo’lmagan davrda paydo bo’lganligini ko’rsatadi. Ammo, XSh-X1U asrlarda barpo etilgan obidalardan faqatgina Sayid Olovuddin maqbarasigina saqlanib qolgan
Shuningdek, X-X1U asrga oid obidalar ustida olib borilgan arxeologiya qazilmalari dalillari Ichon-qal‘a hududidan topilib turadi va Juma masjidining ba‘zi ustunlari ham shu davrga xosdir. Ko’hna Ark xarobalari ham shu davrga xos degan fikrlar mavjud. Ehtimol shahar X-X1U asrlarda unchalik katta bo’lmasdan hozirgi Ark hududini (balki "xeyvaq" qudug’i bilan birga) egallagan bo’lsa kerak.
Polvon darvoza, Oq masjid va Uch avliyo maqbarasi binolari o’rni X1-XSh asrda shaharning ancha seravj qismi hisoblangan. Sayid Olovuddin va Pahlavon Mahmud maqbaralari XIV asrda shahar chekkasidagi qabristonda vujudga kelgan. 1740 yilda tpaharni Eron shohi vayronaga aylantiradi. XVIII asr oxirida qo’ng’irot urug’idan hisoblangan inoqlar hokimiyat tepasiga kelgach, shahar hayoti va umuman Xiva xonligida tiklanish yuzaga keladi. XIX asrda Xiva bizgacha yetib kelgan hozirgi ko’rinishini kasb etadi.
O’rta Osiyo shaharsozligiga xos bo’lgan shaharlarning an‘anaviy uch bo’lakdan tashkil topishi Xiva tarhida ham namoyon bo’ladi. Shaharning umumiy hududi rabod atrafini o’rab turuvchi devor bilan chegaralanadi. Bu maydon 2,5x1,5 km ni tashkil etib, shahardan g’arbga qarab cho’zilgan. Shimoliy sharq tomoni ochiq qoldirilgan tashqi devorida 10 darvoza bo’lgan. Bular: Quyi (Xazorasp) darvoza,
Bog’ishamol (Yangiariq), Shayxlar, Tozabog’, Shohimardon, Toshoyoq, Gindimiyon, Gadoylar, Pshikinlik va Qo’sh darvozadir. Shaharning bu qismi Dishon (tashqari) qal‘a deb nomlanadi va uning ichida shimoldan janubga va sharqdan g’arbga ikki asosiy ko’cha kesib o’tgan to’rtburchakli, cho’zinchoq tarzdagi ichki shahar — Ichon qal‘a mavjud. Shuning natijasida Ichon qal‘ada Bog’cha Darvoza, Tosh darvoza va Ota darvoza nomli to’rt darvoza mavjud. Ichon qal‘aning g’arbiy qismida, Ota darvozadan kirilgach chap tomonda anchagina joyni shahar Arki egallab turadi.
Ota darvoza 1920 yilda buzib tashlangan edi, 1980 yillar boshida qayta tiklandi. Bugungi kunda Ichon qal‘aning to’rttala darvozasi saqlangan holda Dishon qal‘aning ba‘zi darvozalari saqlanmagan. Darvozaxonalarning aksariyati XIX asrning ikkinchi choragida paxsadan tiklangan edi. Quyi (Xazorasp), Bog’ishamol (Yangi ariq), Gindimiyon, Qo’sh dyrvozalar va Ichon qal‘adagi darvozalar pishiq g’ishtdan qurilgan. Darvozalarning ikki yon tomoni minorasimon qilib ishlangan darvozaxonali yo’lakni tash-kil etgan. Minora (yoki guldasta)lar ichida qorovulxona va uning yuqorisida nazorat (kuzatuv) xonalari joylashgan. Bu yerdan tomga olib chiquvchi yo’l bor. Tomdan ko’chaga qarata (Quyidarvoza, Bog’cha darvoza va Qo’sh darvoza) ochiq ravoqlar qilingan. Uning ustida esa kungura shaklidagi tirgoh tom pardevorining izorasi vazifa-sini bajargan. Darvozaxonalar to’sinlar yoyi gumbazlar vositasida yopilgan. Darvozalarning balandligi turlicha bo’lib, asosan 10-15 metrni tashkil etardi. Darvozalar ravoqlarining engi Quyi darvozada 6 metr, Tosh darvozada 4,8 metr, Bog’cha darvozada 4,3 metr va Qo’sh darvozada 4,2 metr. Qo’sh darvoza va Polvon dar-I vozalarning old ko’rinishida koshinkorlik ishlatilgan.
Xiva obidalarining ko’pchiligi asosan keyingi asrlarda bunyod etilganligi ularning nisbatan yaxshi saqlanishi sabablaridan bi-ridir. Bu obidalarning qurilishdagi binolar joylashtirilishini ko’rib chiqish jarayonida me‘morchilik sohasi nihoyatda serqirra ekanligining guvohi bo’lishi mumkin. Turarjoy binolari qishloq va shahardarda bir-biridan ancha farq qilgan.
Saroy va qasrlar me‘morchiligi ham rang-barangdir. Bu xususda fikr yuritilar eqan, eng qadimiy obidalardan biri hisoblangan. Ko’hna Arkning barpo etilishi xususiyatlarini alohida ta‘kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir. Bu inshoot Ichon qal‘aning g’arbiy devoriga tutash qilib qurilgan. Darvozasi sharqqa qaratilgan holda qurilib, 80x50 metrlik sahnni egallagan bu saroyda bir necha hovli bo’lgan. Kiraverishdagi tashqi hovlining imoratlari hozirgs kunga qadar saqlanmagan. Hovlining to’rida atrofi devor bilan o’rab olingan ko’rinish xona deb nomlanuvchi qabulgoh joylashgan Uning pishiq g’isht bilan farch qilingan hovlisida issiq kund" salqin qarorgoh sifatida foydalanish maqeadida o’tov o’rnatilgan tagsupa bor. Hovlining janubiy qismida oldi ikki ustunli balan ayvonli qabulxona joylashgan. Qabulxona to’rida Xiva xonlarinin taxti joylashgan ravoq bor. Xona devorlari zarhallangan ganch o’ymakorligi bilan, ayvon ustunlari va tag kursisi yog’och hamd' tosh o’ymakorligi bilan nihoyatda nafis ziynatlangan. Ayvo devorlarini Ibodullo va Abdullo Jin laqabli ustalar mohiron" ishlangan gulpardozli sopol bilan pardozlashgan.
Ikkinchi bir saroy inshooti — bu Xivaning markazidan sal shimoliy sharqda joylashgan Allaqulixon saroyi yoki Tosh hovlidir. Uning ikki darvozasi g’arb va janubga qaragan. Avvaliga Arz hovli, keyin Ishrat hovli va so’ngra haram hurilib Tosh hovlining hozirgi ko’rinishi kelib chiqqan (hozirgi sharq tomondagi kirish yo’li keyin qilingan). Arz hovlida ham xuddi Ko’hna Arkning ko’rinish xonasidagi singari old ayvonli qabul joyi, ayvon yonlari guldasta, supachalar va Xiva turarjoy imoratlarida keng uchray-digan xususiyatlarni ko’ramiz. Bu yerda ham gulpardozli sopol ishlatilgan. Ammo ayvonlarning hashamdorligi, ustun, poyustun, dyovor va xonalardagi naqshu nigorning nafisligi jihatidan tosh hovlining haramiga teng keladigani yo’q. Uning janub tomonida Xivacha qurilish uslubiga xos shimolga haratilgan balandligi ikki qavatga teng 5 ta ulli (katta) ayvon qatorasiga joylashgan. Ulli ayvonlar oralig’i va orqa tomonlarida xonalar qo’rilgan. Haramga qaragan devorlar va ayvon sirtlari xuddi Arz xona singari to’liq gulpardozli sopol bilan ishlangan. Tosh hovli 163 xona, 3 ta katta va 5 ta kichik hovlini ozida mujassamlashtirgan. Hashamdor tarzda qurilgan bir necha ayvonlari bor.
Xiva Dichan qal‘asida ham Rafonak, Qibla toza bog’, Nurullaboy saroyi kabi bir necha qasrlar bo’lgan. Shulardan eng yaxshi saqlangani va mahobatlisi Nurullaboy saroyi hisoblanadi. Bu saroyni Muhammad Rahimxon II Feruz taxallusi bilan she‘rlar ham yozgan o’z o’g’li Asfandiyorxon uchun soldirgan. Saroyga janub tomondan balandligi 10 metrli darvoza orqali kiriladi. Darvoza peshtoqi pishiq g’ishtdan har xil shakllar berib ishlangan. Uning ikki tomoni moviy gumbazchali guldastalar bilan mustahkamlangan. Guldasta bo’ylab koshinlari belbog’ tarzli naqshin halqalar qilin-gan. Darvoza usti peshtoqi uchta ochiq ravoq va ustiga ishlangan kungura bilan tugallanadi1
Saroy devorlariga ham yirikroq kunguralar ishlangan. Nurullaboy saroyining umumiy sahni 185,6x143 metr. Shundan 27,3x32,1 metrni egallagan qismi qabulxona, 82x71 metr sahnni arzxona tashkil etadi. Saroyning shimolida atrofi devor bilan o’rab olingan hovuzli bog’ bo’lgan. Arzxona saroyning asosiy binolariga yondosh holda shimol va g’arbga qarata tirsaksimon yo’nalishda solingan bo’lsa, ko’rinishxona alohida pavilon sifatida uning shimolrog’ida qad ko’tarib turibdi. Qasr janubida madrasa va alohida solingan turarjoy binolari bor. Qasrning ichki ikki hovlisi qator ustunli peshayvonlar bilan o’ralgan. Bu inshoot pishiq g’isht va sinch qo’shib ishlatilgan imorat namunasi hi-soblanadi. Uning inshootida g’isht teruvchi usta Quryoz Bobojonov, ganchkorlar — Xudoybergan
Hoji, usta Nurmat, usta Ro’zmet Masharipov, naqqosh va o’ymakorlar usta Bobojon Qalandarov, usta Ota Shayxov, usta Ismoil Abduniyozovlar ishtirok etishgan. Yana bir nihoyatda o’ziga xos qasr bu Chodra hovlidir (XU1-X1X asrlar). U Xiva rayonida Sayyod qishloq sovetida joylashgan. Bu imorat juda ham chiroyli ko’rinishga ega bo’lib, to’rtburchak shaklidagi 4 oshyonali inshootdan iborat. Dastlab u yaxshi chorbog’ ichida o’rnashgan bo’lsa kerak. Birinchi qavatda omborxona va otxona bo’lgan. Ikkinchi va uchinchi qavatlarda oldi ayvonli xona bor. Ikkinchi qavat ayvo-nining ikki yon tomoni devor bilan to’silgan bo’lsa, uchinchi va to’rtinchi qavat ayvonlarining odd va bir yon tomoni ochiq. Birinchi qavat zinasi yaxlit paxsadan, yuqori qavatlariniki yog’och narvon holida yasalgan. Devorlari paxsadan qilingan bu imoratning tarhi — plani 16,5x7,65 metr va balandligi 30 metrga teng.
"Ichan qal‘a imoratlariga nazar soladigan bo’lsak, turarjoy binolaridan keyin asosiy o’rinni madrasa imoratlari egallab turgashgagini ko’ramiz. Ularning umumiy soni 30 dan ortiq bo’lib Dishon qal‘ada ham bir qancha madrasa bo’lgan. Bu kateayu kichik madrasalarda O’rta Osiyoning o’rta asrlarga xos madrasa qurilishi an‘analari bilan birga, mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan yangi me‘moriy yechimlarni uchratamiz. Chunonchi bir qarashda Sherg’ozixon, Qutlug’ Murod Inoq, Muhammad Aminxon, Muhammad Rahimxon, Matniyoz Devonbegi madrasalari Buxoro madrasasozligiga xos uslubda barpo etilgan bo’lsa-da, ularning orasida bir qancha farq borligini ham ko’ramiz. O’xshashlik avvalo kvadrat ko’rinishidagi hovlining deyarli barcha tomonlariga hujralar quril-ganligi va tashqari tomondan peshtoq yonlarida chiqarilgan hujra oldi ayvonlar qurilishida namoyon bo’ladi. Bular o’rtasidagi farq esa hovli tomoniga qaratilgan peshtoqlar yechimida ko’rinadi. Agar Samarqand, Buxoro madrasalari hovlisida chuqur ravoqli yozgi darsxonalar barpo etilgan bo’lsa, Xiva madrasalari qurilishida hovli peshtoqida butunlay o’zgacha ijroning guvohi bo’lamiz. Bunday farq bo’lishiga asosiy sabab shuki, Xivaning issiq chang-to’zonli shamollar bo’lib turadigan iqlimiy sharoitida yozgi chiq ayvon-lardan darsxona sifatida umuman foydalanib bo’lmaydi' Bu holat qurilish olib borilishi jarayonida albatta e‘tiborga olingan bo’lishi mumkin.1
Xiva madrasalarining aksariyatida ko’cha tomoniga (bosh pesh-toqning ikki yonboshida) 2 qavat va hovli tomonga bir qavat hujralar qurilgan. Deyarli barcha madrasalarda guldasta bor. L. Yu. Mankovskaya bu binolarni uch kompozitsion turga ajratadi, bular quyidagilardir:
1-an‘anaviy uzunchoq kompozitsion o’q bo’ylab joylashganlari;
2-ko’ndalang shaklda joylashganlari;
3-erkin tarzda, qurilish maydonchasi shaklidan kelib chiqadigan holda barpo etilganlari.
Birinchi turga Sherg’ozixon, Qutlug’Murod Inoq, Allaqulixon, Muhammad Agsixon, Muhammad Rahimxon, Yusuf Yasavulboshi, Yoqub-boyxo’ja madrasalari kiradi. Katta-kichikligi turlicha bo’lgan bu madrasalar o’xshash ko’rinishga ega bo’lishi bilan birgalikda, bir-biridan farq qiladigan jihatlari ham bor. Masalan, ba‘zilari bir gumbazli darvozaxona — miyonsaroy (Musoto’ra va Yoqubboyxo’ja madrasalari), boshlqalari ko’ndalang joylashgan uch gumbazli bir-daniga xovliga to’g’ridan va yonlamasiga yana 2 yoldan chiqadigan miyon-saroyli darvozaxona (Qozi Kalon madrasasi), yoinki faqat ikki yonida chiqadigan (Matniyoz
Devonbegi va Amir madrasalari) yoinki to’g’ridangina chiqadigan (Yusuf Yasavulboshi madrasasi) mi-yonsaroyli darvozaxona holida qurilgan. Yana besh, yetti gumbazli miyon saroyli darvozaxonalar ham uchraydi. Burchakdagi baland gumbazli xonalar ham har xil usullarda ishlangan. Bu madrasalar hovlilari burchaklari kesilgan holda, yarimsakkiz yoqli ravoqlar bilan ishlangan. Muhammad Aminxon (1852-55 yillar) madrasisida hujralar to’rida qo’shimcha yordamchi xonalar' bor. Yon tomondagi ikkinchi qavat hujralari ko’cha tomonga qaratilgan. Sherg‗ozixon madrasasi ancha oldinroq (1718-1720 yillarda) qurilgan bolib, 26,5x29 metrli hovli atrofida qurilgan 43x50 metrli sahnga zga. Hujralar balxi gumbaz va sog’anapo’sh bilan yopilgan. Oyna panja-ralaridan boshqa biror xil bezak elementlari yo’q.— Xivada qurilgan ikki oshyonali madrasalarning dastlab barpo etilganlaridan biri Qutlug’ Murod Inoq madrasasi (1804-1812 yillar) hisoblanadi. Uning hovlisida usti gumbaz bilan yopilgan quduqxona (sardoba) ham bor. Old burchaklarida joylashgan masjid va qishki darsxona bir qavatli qubbali gumbaz bilan yopilgan bo’lsa, hujralar balxi gumbazlar bilan bekitilgan. Bu madrasa sirlanmagan, bo’rtma naqsh solingan sopol koshinlar bilan pardoz-langan.
Binoning umumiy o’lchamlari 57x54 metr, hovli o’lchami esa 31,8x27,8 metr.
Madrasalar qatorida 1910 yili Islom Xo’ja buyurtmasi bilan qurilgan rus-tuzem maktabi ham bor. Lekin u Yevropa qurilish uslubida barpo etilgan.
Xiva xonligi me‘morchiligi madrasasozlikda turli me‘moriy yechimlarni keltirib chiqarishi bilan birgalikda masjidlar quri-lishida ham bir qator yangilik va o’ziga xos yangi xususiyatlar namoyon etishi bilan ajralib turadi.
Jumladan Jome‘ masjidlari Buxoro va Samarqanddagide» keng hovli uzra aylantirilgan ayvon sifatida emas, balki aksincha tashqi muhitdan iloji boricha muhofazalanib ishlangan. Mehroblar ham g’arbga emas, janubga qaratib ishlangan.
Eng nufuzli tilovatgohlardan biri Xiva shahridagi Juma (yoki Jome‘) masjidi hisoblanib, u 1788 yilda barpo etilgan. Bu imorat tarhi 55x46 metrli to’rtburchakni tashkil etadi. Atrofi devor bilan o’rab olingan 212 ustunli katta zal ko’rinishidagi bu masjidning hovlisi bo’lmay, ko’ndalang yo’nalishda ikkita (tomda) tuynugi bor. Masjid ustunlari turli davrlarga (X-XUSh asrlar) oid. Ehtimol bu imorat shu yerda oldin mavjud bo’lgan masjidlar o’rnida qurilgan bo’lsa kerak. Ustun ostlari turunjsimon ko’zagi sifatida ishlanib, tagkursilarga o’rnatilgan. Janub devoriga iroqi muqarnas bilan mehrob ishlangan va unda yashil rangli naqsh izlari saqlangan. Yon tomonlarida qora va qizil rang berib ishlangan o’simliklar tasviri ham o’yib ketmagan.
Xivadagi Juma masjidining eshigi shamolga qaragan va umumiy devorga nisbatan assimetrik tarzda joylashgan. Uning yonida devorga qapishib turgan diametri 6,2 metr va balandligi 32,5 metrli minora bor.
Xazoraspdagi Juma masjidining (XVIII asr) me‘moriy yechimi Xiva masjidini eslatadi. U ham hovlisiz ko’p ustunli imoratdan iborat, ammo Xivadagidan ancha kichik, uning tomonlari 25x21 metr. Ustunlar uzunasiga 6 ta va eniga 5 qator qilib 3,6x3,2 metr masofada joylashtirilgan. Masjid qurilishida turli bezak-lardan deyarli foydalanilmagan. Mehrob atrofi zanjira, sirti qabariq ishlangan, ba‘zi yerlarida zarhallangan kundal izlari bor.
Yana bir o’ziga xos tarzda qurilgan jome‘ masjidi Xonqadagi Said Ota masjididir, uning boshqa masjid qurilishlaridan farqi shuki, o’rtasida hovlisi bor. Quduq qazilgan va chogroq gulzor bo’lgan hovlichaning janubiy tomoni 2 qator va qolgan tomonlari 1 qator yog’och ustunli ayvon bilan o’ralgan. Masjidga kirish yo’li sharqqa qaragan. Eshikning ro’parasida, masjidning g’arbiy devori bo’ylab gumbazli xonaqoh va shimol tomonidagi katta xonaning tepasida kichik masjid qurilgan, uning yonida qorovulxona bor. Avval xonaqoh, sung shimoldagi yopiq masjid va keng hovlisi bo’lgan katta inshoot qurilgan bo’lishi kerak. Hovli tomonlari 29,Zx 26,2 metr, xonaqohniki 9,6x 14,4 va qishgi masjid 14,7 metr.
Xiva xonligi davridagi mahalla masjidlarining me‘moriy yechimlari ham shu yer mahalliy iqlimi shart-sharoitidan kelib chiqib tuzilgan bo’lib O’rta Osiyoning boshqa shu maqsaddagi binolaridan nisbatan yopiq tarzda qurilganligi bilan ajralib turadi. Jumladan bir qarashda Samarqagd, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent va Farg’ona mahalla masjidlariga o’xshab ketadigan Xivadagi (Polvon darvoza yaqinida) Oq masjidni olaylik. Uning asosida uch tomoni yog’och ustunli ayvon bilan o’ralgan pishiq g’ishtdan qilingan gumbazli xonaqoh yotadi. Xonaqoh ko’ndalang joylashgan bolib, tomonlari 13x9,5 metr, gumbaz osti kvadrati balandligi 12,3 metr. Ayvonning ikki yon tomoni yarim balandligida devor bilan o’ralgan, tashqi o’lchami 25,5x 13,5 metr. G’arbiy devorning oldi qismida minoracha qad ko’tarib turibdi. Bino asosi 1657 yilda solinib, ayvonlarda 1838 va 1842 yil sanalari mavjud. Imorat tekis suvoq bilan qoplangan, ustunlarda o’ymakorlik yo’q. Ayvon eshiklariga hattotiy va naqshin o’ymakorlik bezagi berilgan.1
Said Ota yoki Yormuhammad Devon (XUSh asr) va Bog’bonli (1809 yil) mahalla masjidlari oldi eyvonli bir gumbazli binolardan iborat. Bog’bonli masjidining atrofi o’ralgan kichkina hovlichasi va uning old tomonidagi ikki tarafida ikki hujrali darvozaxo-nasi bor. 1800 yilda qurilgan Ota Mahmud Matriza masjidi xonaqohi tort ustunli zal, oldida uchtadan ikki kator ustunli ayvon va uning roparasida juda yaqin masofada ters ayvon qurilgan . Ters ayvon ortidagi uch xujraning ko’cha tomonidagisida darvozaxona o’rnatilgan. Boshqa mahalla masjidlarida ham yuqrri-daga holatlarni ko‗rish mumkin.
Xivaning go’zal manzarasini shimolga qaragan yo’lidagi ayvonlar, muhtasham peshtoqu gumbazlar orasidan keskin ko’tarilib turuvchi minoralarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shular orasida 1855 yilda buyurtmachisi Muhammad Aminxon vafoti munosabati bilan bitka-zilmasdan, chala qolib ketgan Kalta (yoki Kok) minor o’zining bahaybatligi bilan ajralib turadi. Uning ostki diametri 14 metrdan ortiq bo’lib, balandligi 26 metrga teng. Bu chala minora moviy, feruza va boshqa rangli koshinlar bilan nihoyatda mohirona bezatilgan. Xivadagi eng baland inshoot (19081910 yillarda barpo etilgan) Islom Xo’ja minorasi hisoblanadi. Uning balandligi 44,5 metr bo’lib, Buxorodagi Minorai Kalondan 2 gaz chamasi past bo’lsa-da, yuqoriga qarab keskin qisqarishi va kallagisining shakli tufayli undan balandroq ko’rinadi. Diametri asos qismida 9,5 metr bo’lgan bu minora silliqlangan pishiq g’ishtlardan qurilgan. Ularni o’rab turuvchi koshinkori halqalari o’rta asrlardagidek terib chiqilmasdan, taxtachalar sifatida yopishtirilgan.
Xiva minorasozligida yana Polvon Qori, Sholikorboy, Bikajon-Bika, Muhammad Muharram, Juma masjid minoralari ham e‘ti-borga loyiqdir.
Xiva xonligi davridagi maqbarasozlik ham nihoyatda kop qir-ralidir. M. Yu. Mankovskaya ularni uch asosiy guruhga bo’ladi:

  1. Bir xonali peshtoqsiz binolar: Niyosit bobo, Qum Avliyo bobo, Shayx Xasan Suroniy maqbaralari.

  2. Bir xonali peshtoq gumbazli binolar — Shovotdagi Vayongan bobo, Xivadagi Abdal bobo va Xaris bobo, Urganchdagi Shavodi Xo’ja bobo maqbaralari. Yana Xivadagi Uch Avliyo va Pahlavon Mahmud maqbaralari ham shu turkumga kiradi.

  3. Ko’p xonali binolar. Bulardan Xivadagi Yunusxon va Urganchdagi Jon Xo’rosshayx bobo maqbaralari umumiy to’rtburchakka ketma-ket joylashgan ikki xonadan iborat bo’lsa, Ostonadagi noma‘lum shaxs hamda Gurlandagi Usmon Said bobo maqbaralari to’g’ri to’rtburchakli sahnga joylashgan oldi peshtoqli gumbazli xona

  4. va ularning ortida shu kenglikni bo’lib turuvchi ikki xonali imoratdan iborat. Ostona (Yangiariq rayoni) dagi Shayx Muxtor Vali maqbarasi esa ko’p yillar davomida bunyod etilgan murakkab tarzda qurilgan xonalar yig’indisidan iborat. Xiva xonligi dav-ridagi maqbaralar Movarounnahr o’rta asrlar me‘morchiligi maqba-rasozligidan nafaqat odmiroq bezagi bilan ajralib qolmasdan, balki xonalarning joylashuvi jihatidan ham farqlanadi. Birin-chidan yer osti suvlarining yaqin joylashganligi va inshootnin og’irligi tufayli Xorazmda go’rxonalarning yerto’lalarga tushiril masligini ko’ramiz. Ikkinchidan gumbazlar ham ikki qavatli emas. Ammo peshtoqlar yechimining nihoyatda har turliligi bilan ajralib" turadi. Bu davr binolari ichida yana karvonsaroylar, tim, hammom kab bir qator boshqa ehtiyojlar uchun mo’ljallangan imoratlarni ha ko’ramiz. Chunonchi Allaqulixon Ichon qal‘aning sharqiy qismid karvonsaroy (1832-33 y.y.) va tim (1835-38 y.y.) soldirgan edi. Karvonsaroy oldi peshtoqli, ikki burchagida guldasta va ula: ning orasida ko’chaga qaragan rasta vazifasini bajaruvchi ik qavatli hujralar bilan janubga qaratib qurilgan. 1Tashqi tomon lari 69x58 metr bo’lgan bu imorat 45,3x42,4 metrli hovl atrofiga ikki qavat qilib qurilgan hujralardan iborat. Darvo zaxona 2 gumbazli miyonsaroy tarzida qurilgan. Hujralar son jami 104 bo’lib, birynchi qavatdagilari omborxona uchun, yuqori dagilari esa yashash uchun mo’ljallangan. Ot-ulovdan yuk tushiri va ortishga qulay bo’lsin uchun hovli sahni hujralarga nisbata pastroq qilib ishlangan. Hujralar balxi gumbazli, miyonsaro ustiga esa soxta qanos (lojnne parusa)ga o’rnatilgan qubbal gumbaz ishlangan. Devorlar bezaklarsiz somon-shuvoq qilingan Karvonsaroyning shimoliy devoridan yon devor sifatida foydalani tim qurilgan. Karvonsaroy darvozasi oldida atrofiga to’rtta qubb: ishlangan. Bitta asosga o’rnatilgan katta gumbaz ishlangan yo’la bo’lib, undan sharqqa — Dishan qal‘aga qarab ustiga 2 qator gumba ishlangan yo’lakka o’tiladi. G’arb tomoni ham shunday qurilgan Timning ikki tomoni peshtoq bilan tugallanadi. Binoning umumi o’lchamlari 74x26,5 metr. Katta gumbazlar diametri 9,5 va 10, metr, kichkinalariniki 6,0 metr va ular toqli qanoslar ustig o’rnatilgan. 1910 yilda qurilgan pochta va 1911—1913 yillarda bunyod etilgan kasalxona imoratlari Yevropa qurilish san‘ati ta‘sirida eklektik ko’rinishga ega.Umuman olganda Xiva xonligi me‘morchiligi teran an‘analarga asoslangan bo’lib, qisqa muddat ichida xonlik hududida mustaqil me‘morchilik yo’nalishi vujudga kelishiga sharoit yaratdi. Misol tariqasida madrasalar kompozitsiyasida an‘anaviy to’rt ayvon — yozgi darsxonalar o’rniga dekorativ peshtoqlarning qo’l-lanilishi, miyonsaroylarning o’ziga xos tarzda qurilishi, minora, mahalla masjidlarining mahalliy iqlimga moslashtirilgan turla-ri kelib—chiqishini ko’rsatib o’tish lozim. Jumladan, Xiva minoralari o’zining hajm fazoviy yechimi jihatidan Buxoro, Sa-marqand va boshqa joylardagi minoralardan keskin farq qiladi. Bundan tashqari Xiva turarjoy imoratsozligi alohida bir yo’nalishga ega. Bu sohadagi ayvonlar sistemasi, hovli ustining mutlaq yopilishi kabi jihatlari faqatgina shu hududga mosdir. Markaziy Osiyo me‘morchiligida o’rta asrlarda keng qo’llanilgan koshinburush (mozaika) va parchin (maloyika) o’rniga bu yerda ko’proq gulparchin — fayans taxtacha (plitka)lari ishlatilgan. Yog’och o’ymakorligi san‘ati hanuz o’z an‘analarini davom ettirib kelyapti. Xiva yaqinidagi Chodrahovli ko’shki esa ko’p ming yillik ko’shk va turarjoy an‘analarini o’zida mujassamlashtirib, betakror me‘moriy obida hisoblanadi. Shayboniylar memorchilik ishlarida ham qator yodgorliklar qoldirganlar. Turli maqsadga mo`ljallangan qurilish ishlarini amalga oshirganlar. Bu borada nafaqat sulola namoyandalari, balki o`z davrining ko`zga ko`ringan katta moddiy imkoniyatiga ega kishilari ham chetda qolmaganlar. Chunonchi, Samarqanddagi Muhammad Shayboniy qurdirgan Xoniya, Abu Said Kalbobo ko`kaldosh nomi bilan bog`liq madrasalar, Buxoroda shahar devorining tamirlanishi, Mir Arab. Abdulloxon, Modarixon, Juybor,Fatxulla Qushbesh madrasalari, Kalon, Xoja Zayniddin, Abdullaxon, Chorbakir masjidlari, Toshkentda Ko`kaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Turkistonda Muhammad Shayboniyxon masjidi va ko`plab mana shunday madrasa-yu, masjidlar turli shaharlarda qurilgan karvonsaroylar, bozorlar vaboshqa qurilish ishlari bajarilganlar.Manbalarda yozilishicha, birgina Abulloxon II davrida mintaqada bir ming bitta ravot va sardoba qurilgan ekan.


Xulosa
Bu bizning inshotlarimiz go’zaligi va maftunkorligi bilan farq qiladi .Bizning allomalarimiz bilan bevosita fahirlansak bo’ladi chunki bunday texnologiyalarsiz shunday balan inshotlarni qurishning o’zi bo’lmaydi. Inshot nafisligi go’zal naqishi o’zgacha jilo berib turadi xattoki bu inshotlar uchun maxsus ustalarni ham olib keltirib qo’ygan.Hozirgi kunda bo’layotgan ayni biz hayrada qolayotgan inshotlani bizning tarixda allomalarimiz vabobolarimiz qurish sa’nati uchun sinchikovlab o’rgangan bir hunarni o’rganish uchun 10-12 yil umri ketgan keyin shu ishning mutahasisi bo’lib yetishgan .Bunday Kengash qo’yiladigan tavsiyalariga qo’shilgan holda shaharsozlik nuqtai nazaridan qayta quriladigan obyektlar va shaharni qayta qurish bilan bog’liq qo’shimchalar taklif qilaman. ekspluatatsiya uchun mos keladigan jamg’armaning maksimal darajada saqlanishini ta’minlash; aholi bilan nafaqat turar-joy binolari, balki jamoat joylarini buzishni ham muvofiqlashtirish; Arxitektorlar jamiyatini faollashtirish; shahar chegarasida yangi shahar markazi yaratish; tuman markazlarini tiklash va jihozlash; sanoat zonalarini madaniy-ko'ngilochar markazlarga aylantirish. Va eng muhimi, binolar o’rniga “funksiyalar"ni qayta qurishni ta’minlashni ko’zda tutish. Ilgari biznes-inshootlar va uy-joylarni qayerda qurish, qaysi binolarni buzish, odamlarni qayerga ko‘chirish va bular shahar hamda aholiga foydali bo‘lishini ta’minlashning hisobini olish mumkinligi haqida ekspert Ildus Kamilov Spot uchun maxsus yozgan edi. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.

Download 104.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling