Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya


Download 332.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana12.02.2023
Hajmi332.96 Kb.
#1190785
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
182-сон 25.03.2020



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Oldingi
 tahrirga qarang.
UY-JOY SOTIB OLISH YOKI YAKKA TARTIBDAGI UY-JOYLARNI QURISH VA REKONSTRUKSIYA
QILISH UCHUN FUQAROLARGA SUBSIDIYA TO‘LASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI
TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy
sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar,
mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi
qatlamlariga ko‘maklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror
qiladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son 
Farmoni 
bilan ayrim
shaxslarga, shu jumladan, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj
bo‘lganlarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga subsidiyalar to‘lanishi belgilanganligi
ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va
rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq
tasdiqlansin:
uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarning bir qismini
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish;
yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlarning bir qismini
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish;
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun
ariza berish, ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash;
tuman (shahar)da uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya
qilish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil
etish va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
sotib olinadigan yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uy-joylarni
aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini
rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
3. Belgilansinki:
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda —
YIDXP) orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlash jarayonida
ko‘rsatiladigan xizmatlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi
385-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni
tanlashda foydalaniladigan ma’lumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida to‘lovlarsiz amalga oshiriladi;


har yili davlat budjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi
bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz
xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun
tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshiriladi;

Download 332.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling