Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya
Download 332.96 Kb. Pdf ko'rish
|
182-сон 25.03.2020
Oldingi
tahrirga qarang. 3 2020-yildagi subsidiyalar to‘lashning maqsadli mo‘ljallari doirasida, istisno tariqasida, belgilansinki: Oldingi tahrirga qarang. subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020-yil 31-dekabrga qadar va subsidiyalarni to‘lash muddati 2021-yil 1-dekabrga qadar uzaytiriladi; (3 -bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23- avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818- son) agar subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga uning xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari qo‘shilgandan so‘ng o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, boshqa jismoniy shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkin; talabgor tomonidan tanlangan uy-joyning qiymati xabarnomada ko‘rsatilgan sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshgan taqdirda, ushbu uy-joyni sotib olishga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4701-son qaroriga muvofiq belgilanadi. Bunda sotib olinadigan uy-joy qiymatining ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan qismi qarz oluvchining o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan Toshkent shahri va shaharlarda boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. (3 -band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son) Oldingi tahrirga qarang. 3 . Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarni olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratishda 2020-yilda amalda bo‘lgan shartlar va miqdorlar saqlab qolinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinganidan so‘ng subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilib hisoblanayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. (3 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son) Oldingi tahrirga qarang. 3 . Yangi tartib doirasida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya yakka tartibda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgunga qadar olingan ijobiy subsidiya xabarnomalari bo‘yicha to‘lab beriladi. 3 . 2021-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ajratishning maqsadli parametrlari doirasida: a) sotib olinadigan kvartiraning narxi xabarnomada ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan shakllantiriladigan boshlang‘ich badal summasini oshirish orqali qoplanadi. Bunda ipoteka kreditining summasi xabarnomada ko‘rsatilgan va sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatining 85 foizidan oshib ketmasligi lozim; b) sotib olinadigan uy-joyning shartnomadagi qiymati subsidiya xabarnomasida ko‘rsatilgan va sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatidan kam bo‘lgan taqdirda, ipoteka 1. Download 332.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling