Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya
Download 332.96 Kb. Pdf ko'rish
|
182-сон 25.03.2020
1
1 2 2 3 4 krediti shartnomada ko‘rsatilgan uy-joyning qiymatining 85 foizi hamda boshlang‘ich badalning bir qismi uchun subsidiya shartnomada ko‘rsatilgan uy-joy qiymatining 10 foizi miqdorida hisoblanadi. (3 va 3 -bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyundagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son) Oldingi tahrirga qarang. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar: (4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23- avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818- son) davlat xizmatlari markazlarini, ariza beruvchining belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlarini, subsidiya to‘lanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish bo‘yicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning YIDXPga ulanishini; ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini ko‘rsatish YIDXP orqali joriy etilishini; YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini ta’minlasinlar. Oldingi tahrirga qarang. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi YIDXPga elektron davlat xizmatini joriy qilish bo‘yicha Reglament bir hafta muddatda Markazga kiritilishini ta’minlasin. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son) 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 2020-yil 1-iyunga qadar: talabgorlarning belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlari, subsidiya to‘lanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish bo‘yicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulanishini; Markaz bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanishini ta’minlasin. Oldingi tahrirga qarang. 6 . Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi va “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ bilan hamkorlikda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishni avtomatlashtirish maqsadida 2022-yil 1-oktabrgacha Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimlari bazasi “my.gov.uz” platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin. 6 . Moliya vazirligi tegishli tijorat banklari bilan birgalikda: a) ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyani markazlashtirilgan tartibda to‘lab bersin. Bunda tegishli tijorat banklarining Bosh ofisi hududiy bank filiallarida jamlangan ma’lumotlar asosida buyurtmanomalarni Moliya vazirligiga taqdim etadi va Moliya vazirligi har oyning 25-kuniga qadar subsidiya to‘lab berilishini ta’minlasin; b) 2022-yilning 1-oktabrgacha qadar foiz xarajatlari uchun subsidiya to‘lashning avtomatlashtirilgan tartibini joriy etsin. (6 va 6 -bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyundagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son) Oldingi tahrirga qarang. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Markaz bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar uy-joy sotib olish uchun subsidiya 3 4 1 2 1 2 to‘lanadigan shaxslarni ballar asosida baholash dasturiy ta’minot (keyingi o‘rinlarda — dasturiy ta’minot) tizimi yaratilishini va YIDXPga integratsiyalashuvini ta’minlasinlar. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi dasturiy ta’minotning operatori etib belgilansin. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son) 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi dasturiy ta’minot tizimi yaratish hamda zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni Davlat budjetidan moliyalashtirish chorasini ko‘rsin. Oldingi tahrirga qarang. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son) Download 332.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling