Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 332.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana12.02.2023
Hajmi332.96 Kb.
#1190785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
182-сон 25.03.2020

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-mart,
182-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-
martdagi 182-son 
qaroriga
ILOVA
Oldingi
 tahrirga qarang.
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun
fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “
Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son hamda “
Bozor
tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmonlari asosida ko‘p
kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va
foizlarning bir qismini qoplash hamda yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka krediti
bo‘yicha foizlarning bir qismini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari
orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-
dekabrdagi PF-33-son 
Farmoni
asosida daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini
yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni aniqlash mezonlarini, subsidiyani hisoblash va to‘lash
tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir
qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshdan 60
yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
ballar — uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash
uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholar to‘plami;
boshlang‘ich badal — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida
birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan
miqdordagi mablag‘. Shundan davlat budjetidan to‘lab beriladigan qat’iy belgilangan subsidiya va
uy-joy qiymatining kamida 5 foizi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan
shakllantiriladigan mablag‘;


boshlang‘ich badal uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani ipoteka krediti
asosida sotib olishda boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun har yili qat’iy belgilangan
miqdorda Davlat budjetidan talabgor nomiga bankda ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkaziladigan
mablag‘;
daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila — qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi
mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlar miqdori:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng
kam miqdorining (keyingi o‘rinlarda — MHTEKM) 2,7 baravaridan 8 baravarigacha;
Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lgan
oilalar;
ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori — har yili kelgusi yil uchun talabgor tomonidan
birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish va
rekonstruksiya (mukammal va joriy ta’mir bundan mustasno) qilish uchun ajratilishi mumkin
bo‘lgan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdori;
ijtimoiy mezonlar — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilani aniqlashda
qo‘llaniladigan va ushbu Nizomga 
1-ilovada
keltirilgan asosiy ko‘rsatkichlar;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi uy-joy bozorida tanlangan
uy-joylarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ipoteka
kreditini taqdim etuvchi tijorat banklari;
komissiya — tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar)da
subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish bo‘yicha ushbu Nizomga 
3-ilovaga 
muvofiq
namunaviy tarkibda shakllantiriladigan komissiya;
subsidiya — ipoteka kreditlari asosida:
kvartira sotib olish uchun boshlang‘ich badal va kredit foizining bir qismini;
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini
qoplash maqsadida Davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli
hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘;
talabgor — ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish to‘g‘risida ijobiy xabarnomani olgan
ariza beruvchi;
uy-joy — pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z mablag‘lari, bank krediti va qonunchilik
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yangi qurilgan (qurilish ishlari yakka
tartibdagi uy-joy yoki boshqa turdagi noturar bino va inshootlarning keyinchalik rekonstruksiya
qilish orqali mulkchilik turi ko‘p qavatli uy-joylarga o‘zgartirilgan qurilish va uy-joylar obyektlari
bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar (4 va undan yuqori qavatli) hamda
fuqaroga umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida qurilgan (rekonstruksiya
qilingan) yakka tartibdagi uy-joylar;
foiz uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani sotib olishda yoki yakka
tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishda ipoteka krediti foizining bir qismini qoplash
uchun Davlat budjetidan talabgorning bankda ochilgan tegishli hisobvarag‘iga birinchi 5 yil
davomida o‘tkaziladigan mablag‘.
Bunda davlat budjetidan to‘lab beriladigan foiz qismi hisobi alohida hisobvaraqda yuritiladi;
xabarnoma — komissiyaning ushbu Nizomga 
2
va 
2a-ilovalarga 
muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish to‘g‘risida QR-kod
qo‘yilgan hamda ariza beruvchiga tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoxud Yagona
interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriladigan qarori;
yakka tartibdagi uy-joy qurish — o‘z yer uchastkasida bir-biriga tutashib ketuvchi va/yoki
alohida qo‘shimcha bino va inshootlar, shu jumladan, binoni buzib qayta qurish;
yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish — bino va inshootlarning arxitektura-
rejalashtirish yechimlarini o‘zgartirishga olib keladigan binoning balandligi, qavatlari soni, hajmi va
maydonini o‘zgartirish, ma’nan eskirgan konstruksiyalar va muhandislik asbob-uskunalarini
almashtirish, dastlabki hajmini saqlab qolgan holda binoning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga


ta’sir etuvchi yuk ko‘taruvchi qismlarini almashtirish yoki tiklash, qurilishi yakunlanmagan uy-joyni
yakunlash.
3. Ushbu Nizom doirasida fuqaroga ipoteka kreditlari bozor shartlari asosida belgilanadigan
foiz stavkalarida:
hududlarda birlamchi bozordagi kvartiralarni sotib olish;
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish (mukammal va joriy ta’mirlash
bundan mustasno) uchun ajratiladi.
4. Bir nafar qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori quyidagi
maqsadlarda qo‘llaniladi:
subsidiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat
banklariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga
yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka
kreditlarining;
hududlarda talabgorlar uchun Davlat budjetidan ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir
qismini to‘lab berish uchun ajratiladigan subsidiyaning miqdorlarini aniqlashda.
5. Subsidiya uni to‘lashning maqsadli parametrlarida belgilangan hududda qurilgan uy-joylar
uchun yo‘naltiriladi.
Bunda subsidiya fuqaro ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) doirasida tuman (shahar) kesimida qayta
taqsimlanmagan holda fuqarolarning talablaridan kelib chiqib ajratiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga ajratilgan subsidiya ushbu hududdagi aholi
tomonidan belgilangan taqsimot doirasida tuman yoki shahardan olishi mumkin, agar qonunchilik
hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa.

Download 332.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling