Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya


-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish


Download 332.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana12.02.2023
Hajmi332.96 Kb.
#1190785
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
182-сон 25.03.2020

4-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
20. Komissiya a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.
21.Komissiya o‘z vakolatlariga tegishli masalalarni komissiya raisi boshchiligida zarur hollarda
o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqadi.
22. Komissiya raisi:
komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy
nazoratni amalga oshiradi;
komissiyaning yig‘ilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalarni uning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun
kiritadi;
komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
23. Komissiya kotibi:
komissiya raisining topshiriqlariga asosan komissiya a’zolarini komissiya yig‘ilishining
o‘tkaziladigan joyi, vaqti va sanasi to‘g‘risida xabardor qiladi;
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya a’zolariga
yuboradi;
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
komissiya ish yurituvini amalga oshiradi.
24. Komissiyaning barcha yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida
qabul qilinadi.
25. Komissiya ishining tashkiliy shakli yig‘ilish hisoblanadi. Komissiya majlislari komissiya
a’zolarining ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi.
26. Komissiya yig‘ilishlarida ishtirok etadigan a’zolarining uchdan ikki qismi yoqlab ovoz
bergan komissiya qarorlari qabul qilingan hisoblanadi va ushbu yig‘ilishlarda qabul qilingan
qarorlar yig‘ilish kotibi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
27. Komissiya qarorlari komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
28. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
bo‘limlarida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
29. Komissiya o‘zining ish reglamentini tasdiqlaydi.
5-bob. Komissiya tomonidan baholash natijalarini ko‘rib chiqish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
30. Komissiya kotibi mas’ul tashkilotlar tomonidan kiritilgan xulosalarni 3 kun ichida arizalarni
navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq ko‘rib chiqib, tasdiqlash uchun
komissiyaga kiritadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-
oktabrdagi 601-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-
son)


Oldingi
 tahrirga qarang.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-
oktabrdagi 601-sonli 
qaroriga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y.,
09/22/601/0931-son)
Komissiya raisi kotib tomonidan kiritilgan ijtimoiy mezonlar yuzasidan baholash natijalariga
asosan ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etishni
elektron (ERI orqali) shaklda tasdiqlaydi.
Subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida komissiya elektron reyestrni yuritadi
hamda ushbu reyestr tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limida
uch yil mobaynida saqlanadi.
31. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida elektron
tasdiqlangan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan qaror tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari
markaziga yuboriladi.
Ushbu xabarnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir ish kunida ariza beruvchiga
yuboriladi.
Bundan tashqari YIDXP orqali ariza beruvchiga “SMS” xabar yuboriladi.
YIDXP orqali elektron shaklda murojaat etilganda, komissiya tomonidan subsidiya berish yoki
berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
32. Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan
taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va
rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.
33. Subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomada talabgorga davlat budjetidan ajratiladigan
boshlang‘ich badal subsidiyasining qat’iy belgilangan miqdori va ipoteka kreditining eng ko‘p
miqdori doirasida dastlabki 5 yilda foiz to‘lovlarining bir qismini to‘lab berish bo‘yicha subsidiya
ajratilishi ko‘rsatiladi hamda ipoteka kreditini ajratish tijorat banklari tomonidan ko‘rib chiqilishi va
ushbu xabarnoma kredit ajratilishini kafolatlamasligi qat’iy belgilab qo‘yiladi.
34. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
a) taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
b) taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;
g) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka
kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval
olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini)
takroriy murojaat etganda;
d) joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
e) ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0
baravaridan yuqori;
Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda.
35. Ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha subsidiya ajratish
rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Subsidiya ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya rad etish
sabablarini, qonunchilik hujjatlarining aniq normalarini ko‘rsatgan holda QR-kod qo‘yilgan qarorni
rasmiylashtiradi hamda tegishli xabarnomani tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga
(o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etganda)
YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
36. Subsidiya ajratiladigan talabgorlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahriga ajratilgan subsidiya parametrlaridan oshib ketgan taqdirda, kalendar tartibga
ko‘ra hujjatlarni birinchi bo‘lib topshirgan ariza beruvchi talabgor sifatida tan olinadi.
37. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 (bir)
marta beriladi. Kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga


beriladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnoma berilgan vaqtidan
boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
Bunda talabgor foydalanmagan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z xohishiga
ko‘ra komissiya raisi nomiga yozma ariza bilan murojaat etib rad etishi mumkin.
Komissiya raisi talabgorning rad etish to‘g‘risidagi arizasiga asosan kvartira sotib olish yoki
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi
xabarnomani bekor qilish bo‘yicha komissiya kotibiga topshiriq beradi.
Komissiya kotibi dasturiy ta’minot tizimidagi xabarnomalarni bekor qilish bo‘limiga tegishli
ma’lumotlarni va talabgor arizasini kiritgan holda bekor qilish buyurtmanomasini yaratadi va
dasturiy ta’minot tizimi administratoriga yuboradi.
Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, ushbu hudud uchun belgilangan subsidiya
ajratish parametrlarida rad etilgan subsidiya soni qayta inobatga olinadi.
Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati,
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari
(harbiy xizmatchilaridan tashqari)) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi
harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolariga (er yoki xotini) nisbatan ham tatbiq etiladi.
38. Ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plagan,
lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiya soni tugaganda, talabgorlarga rad etish to‘g‘risidagi
xabarnoma yuboriladi.

Download 332.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling