Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya
Download 332.96 Kb. Pdf ko'rish
|
182-сон 25.03.2020
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
54. Ariza beruvchi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga, talabgor va pudrat tashkiloti uy-joyning haqiqiy qiymatiga, ishtirok etuvchi tijorat banki taqdim etilgan ipoteka krediti summasi va foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya to‘g‘ri hisoblanishiga javob beradi. 55. Uy-joy sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti talabgor bilan tuzilgan ipoteka krediti shartnomalari shartlariga rioya etilishi ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan nazorat qilinadi. 56. Ishtirok etuvchi tijorat banki har chorakda Moliya vazirligi bilan birgalikda talabgorning ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish grafigi va ajratilgan foiz uchun subsidiya summasi asosida solishtirma dalolatnomani rasmiylashtiradi. 57. Ishtirok etuvchi tijorat banki foiz uchun subsidiya bo‘yicha oxirgi to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 10 kun ichida Moliya vazirligiga ushbu subsidiya to‘lab berilishi yakunlangan talabgorlar ro‘yxatini taqdim etadi. 58. Moliya vazirligi tomonidan foiz uchun subsidiya ortiqcha to‘langanda, keyingi oyda talabgorga subsidiya avval to‘langan ortiqcha to‘lovni hisobga olgan holda to‘lanadi. 59. Ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki siyosatida belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni surunkali ravishda to‘lamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka krediti shartnomalari bo‘yicha undiriladigan mablag‘lar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi) hisobidan talabgorga boshlang‘ich badal va foiz uchun ajratilgan subsidiya ipoteka krediti bo‘yicha garovga qo‘yilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda tegishli tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limining hisobvarag‘iga ushbu banklar tomondan to‘liq miqdorda qaytariladi. 60. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi, talabgorlarga subsidiya hisoblanishi va to‘lanishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 61. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. 62. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”. Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA Download 332.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling