Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya


-bob. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiya to‘lab berish tartibi


Download 332.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana12.02.2023
Hajmi332.96 Kb.
#1190785
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
182-сон 25.03.2020

7-bob. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiya to‘lab berish tartibi
M
S
F
F
M
S
F
F


47. Sotib olinadigan kvartira bo‘yicha talabgor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan
boshlang‘ich badal to‘liq shakllantirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir
ish kunida ipoteka krediti shartnomasini tuzadi.
48. Yakka tartibdagi uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha talabgor tomonidan
to‘lanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich badal to‘liq shakllantirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat
banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini rasmiylashtiradi.
Bunda ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal uchun qarz oluvchi tomonidan sotib
olingan qurilish materiallari va (yoki) bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati hisobga olinishi
mumkin.
49. Talabgor tomonidan sotib olinadigan kvartiraning talabgor nomiga rasmiylashtirilgan
kadastr hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tijorat banki bir ish kuni ichida tuman (shahar) moliya
bo‘limlariga boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan
holda subsidiyani to‘lashga buyurtmanomani yuboradi.
50. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari besh ish kuni mobaynida ipoteka krediti bo‘yicha
boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyani tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan
hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.
Bunda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan talabgorga tijorat bankida ochilgan hisobvaraqqa
o‘tkazib berilgan boshlang‘ich badal uchun subsidiya faqat boshlang‘ich badal sifatida
shakllantiriladi va ipoteka krediti mablag‘lari bilan bir vaqtda qurilish (pudrat) tashkilotiga o‘tkazib
beriladi. Mazkur mablag‘ni boshqa maqsadlarga yo‘naltirish taqiqlanadi.
51. Boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya o‘tkazilgan kundan boshlab
undan o‘ttiz kun ichida foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki subsidiyani tuman
(shahar) g‘aznachilik bo‘limining tegishli hisobvarag‘iga qaytaradi.
Bunda ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan ushbu bandning 
birinchi xatboshida
nazarda
tutilgan muddat o‘tgandan so‘ng uch ish kuni ichida ajratilgan subsidiya tuman (shahar)
g‘aznachilik bo‘limining tegishli hisobvarag‘iga qaytarilmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun
uchun ushbu qaytarilmagan subsidiyaning 0,033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.
52. Talabgorga uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilgan kundan boshlab qurib
bitkazilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar loyiha-smeta hujjatlarida
ko‘rsatilgan qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng
ishtirok etuvchi tijorat banklarining Bosh ofisi tomonidan har oyning 25-kuniga qadar Moliya
vazirligiga foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga markazlashgan
tartibda buyurtmanoma yuboriladi.
Bunda qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari
to‘lovlarini qaytarish grafiklarida foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya kadastr
hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanishi inobatga olinadi.
53. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklari ajratgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz
xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ushbu Nizomning 52-bandida ko‘rsatilgan
buyurtmanomalar taqdim etilgan oydan boshlab har oyning 25-kuniga qadar tijorat bankining
Bosh ofisiga markazlashgan tartibda o‘tkazib beriladi.
Bunda subsidiya ajratilgan fuqaroning ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish
grafigida o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki keyingi to‘lovga
buyurtmanomasini Moliya vazirligiga yuborishda o‘zgarishlarni inobatga oladi.
Tijorat banki tomonidan haqiqatda ajratilgan ipoteka krediti sanasidan boshlab foiz to‘lovlari
uchun subsidiya to‘lab beriladi.
Ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligiga buyurtmanoma berishda kredit
to‘lovlarini qaytarish grafiklaridagi o‘zgarishlar inobatga olinmasligi natijasida ortiqcha to‘langan
subsidiya tijorat banki hisobidan Davlat budjetiga tiklanadi.

Download 332.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling