Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya


-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish tartibi


Download 332.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana12.02.2023
Hajmi332.96 Kb.
#1190785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
182-сон 25.03.2020

2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish tartibi
9. Hududlarda qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka
tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha
subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik,
adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.
10. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar)
davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun
ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP
orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 
5-ilovaga
muvofiq
davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Zarur hollarda ayrim toifadagi shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik
xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,
Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va
davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik
daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portali orqali tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-
oktabrdagi 601-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-
son — 2022-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni hamda anketa-
arizada qayd etilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani
uning oila a’zolari notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida berishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan
tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritish to‘lovlarsiz (bepul)
amalga oshiriladi.
11. Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza yil
davomida topshirilishi mumkin.
12. Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali anketa-arizada
ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
13. YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur bo‘lgan
ma’lumotlarni o‘zi kiritadi.

Download 332.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling