Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya
Download 332.96 Kb. Pdf ko'rish
|
182-сон 25.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-bob. Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash tartibi
Oldingi
tahrirga qarang. 39. Subsidiya taqdim etishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda takroran murojaat qilishga haqli. (39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son) 40. Joriy yil uchun hududga ajratilgan subsidiya soni tugagan taqdirda, dasturiy ta’minot tizimida arizalar qabul qilinishi avtomatik ravishda to‘xtatiladi. Komissiya yoki mas’ul tashkilot xodimlari tomonidan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash jarayonida ma’lumotlar noto‘g‘ri va/yoki xato kiritilgan taqdirda, komissiya raisining dasturiy ta’minot tizimida yaratilgan va ERI bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan dasturiy ta’minot tizim administratori tomonidan ma’lumotlarga tuzatish kiritish uchun komissiya yoki mas’ul tashkilotga qaytariladi. Komissiya yoki mas’ul tashkilot tuzatish kiritish uchun qaytarilgan ma’lumotlarni tizimga qayta kiritish huquqiga ega. Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash adolatli va haqqoniyligi uchun tegishliligi bo‘yicha komissiya a’zolari va mas’ul tashkilot xodimlari shaxsan javobgardirlar. 6-bob. Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash tartibi 41. Davlat xizmatlari markazidan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan talabgor uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi. Sotib olinadigan uy-joy yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti miqdori tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchining (kafilning) to‘lov qobiliyatidan kelib chiqib aniqlanadi. Foiz to‘lovlarini hisoblash ajratiladigan ipoteka krediti qiymatiga muvofiq hisoblanadi. Bunda tijorat banki tomonidan ajratiladigan ipoteka krediti miqdori joriy yil uchun belgilagan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshib ketmasligi shart. 42. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga: uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan badal mablag‘larini bankdagi hisobvarag‘iga joylashtirganligi yoki pudrat tashkilotiga to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat; quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlarini hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni; ipoteka krediti bo‘yicha birgalikda qarz oluvchining (kafilning) tegishli ma’lumotlarini taqdim qiladi. 43. Ishtirok etuvchi tijorat banki tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan so‘ng uch ish kunida qarz oluvchiga kredit berish masalasini o‘rganib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 44. Subsidiya: a) kvartiralarni sotib olish uchun: boshlang‘ich badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun boshlang‘ich badal subsidiyasining har yil uchun qat’iy belgilangan miqdorida va birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi; b) yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining birinchi besh yil davomida foizlarini qoplash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi. 45. Kvartiralarni sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini birinchi 5 yil davomida qoplash maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi: ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: S = K * (A — B ) bunda: S — ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi; K — ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzning qoldiq summasi; A — ipoteka krediti shartnomasida tijorat banki hamda ariza beruvchi kelishuviga asosan belgilangan foiz stavkasi; B — 10 foizlik punkt. Bunda yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ushbu yakka tartibdagi uy-joylar qurib bitkazilgandan va/yoki rekonstruksiya qilingandan so‘ng kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. 46. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari mutanosib ravishda pasayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi. Tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari pasayganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya miqdori ushbu sanadan boshlab mutanosib ravishda kamayadi. Asosiy stavkaga o‘zgarish kiritilmagan taqdirda, tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligi resurslari hisobidan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan fuqarolarga amalda belgilangan foiz stavkasidan yuqori foiz stavkada ipoteka kreditlari ajratilishi mumkin emas. Bunda tijorat banki tomonidan o‘zining rasmiy veb-saytida ipoteka krediti foiz stavkasining pasaytirilganligi e’lon qilinadi va qarz oluvchi, birgalikda qarz oluvchi bilan tuzilgan kredit shartnomalariga qo‘shimcha kelishuvlar tuzilmasdan, qarzdorning shaxsiy kabinetiga o‘zaro tuzilgan kredit shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv hamda yangidan tuzilgan to‘lovlar jadvali joylashtiriladi. Download 332.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling