Kurs ishi mavzu: Sinf rahbarining oila va jamoatchilik


Kurs ishi mavzusinig dolzarbligi


Download 150.5 Kb.
bet2/10
Sana20.06.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1628285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Sinf rahbarining oila va jamoatchilik

Kurs ishi mavzusinig dolzarbligi - hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish — davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekistan Respublikasi Prezidentining «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi Farmoni zamiridagi g’oyalar, ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir karra tasdiqlaydi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi. Yuqorida keltirilib o’tilgan fikrlardan ma’lum bo’ladiki, shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorlik usullarining xilma-xilligini ko’rsatadi va bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.
Kurs ishining maqsadi - sinf rahbari faoliyati ustida ishlash, sinf rahbari faoliyat jarayonida oila va jamoatchilik roli va ahamiyatini o`rganish, sinf rahbari va oila va jamoatchilikning birgalikdagi faoliyatini yo`lga qo`yish ahamiytini o`rganish.
Kurs ishining obyekti – sinf rahbari faoliyati, sinf rahbari faoliyat jarayonida oila va jamoatchilik roli va ahamiyati, sinf rahbari va oila va jamoatchilikning birgalikdagi faoliyatini yo`lga qo`yish .

Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling