Kurs ishi mavzu: Sinf rahbarining oila va jamoatchilik
Muloqotning muvaffaqiyatli bo`lishida shaxs sifatlarining orni
Download 150.5 Kb.
|
Kurs ishi mavzu Sinf rahbarining oila va jamoatchilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi kontseptsiyasining orni va ahamiyati
Muloqotning muvaffaqiyatli bo`lishida shaxs sifatlarining orni
Muloqotning muvaffaqiyatli bolishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo'lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insonparvarlik, to'g'ri so'zlilik, vijdonlihk kabilar) muloqot jarayoni yaxshi o'tadi. Chunki shaxslar bir-birini to'g'ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ular samimiy bo'lishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo'lib, voqea- hodisalarga oqilona munosabatda bo'lish, turli tasirlarga berilmaslikdir. 2.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi kontseptsiyasining orni va ahamiyati. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari say- harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, oquv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiya-si yoshlarni istiqlol goyalariga sadoqatli, manaviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida malum dasturilamal boldi. Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan talim va tarbiya togrisidagi qator meyoriy hujjatlar, jumladan Ozbekiston Respublikasining "Talim togrisida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va oquv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pogonaga kotarishni taqzo etadi. Zero, talim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganlaridek, - birinchidan, yosh avlodga ozligimizni, muqaddas ananalarimizni anglash tuygularini, xalqimizning kop asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qoyilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish; - ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bolgan hurfikrlikdan qatiy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona goya milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; - uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda Ozbekistonga munosib hurmat tugdirish uchun intilish ruhida tarbiyalash; - tortinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; - beshinchidan, yosh avlodni ulug ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash Ozbekistonda oquvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari korsatib berganidek, talim-tarbiya sohasidagi islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy tasir korsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay ozgartirishga; ikkinchidan, insonning hayotda oz ornini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda; tortinchidan, insondagi mavjud salohiyatni tola royobga chiqarishga; beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bolgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan. Mazkur Kontseptsiyada taraqiyotimizning manaviy-axloqiy negizi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygunligi ekanligi etirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi ozaro aloqalari, uygun yonalishlari belgilab olindi. Milliy tarbiya yonalishi orqali yoshlarda ozlikni anglash, vatanparvarlik, milliy gurur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yonalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yonalishlari amalga oshiriladi. Bu Kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini taminlaydi. Kontseptsiyada oilaga alohida etibor qaratildi. Ozbekistonda 1998 yil "Oila yili" deb elon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda goyat katta ahamiyatga ega ekanligiga Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda qabul qilingan "Ijtimoiy-manaviy muhitni yanada soglomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari togrisida"gi 130-sonli qarori misol bola oladi. SHuningdek, Ozbekiston Respublikasining "Talim togrisida"gi qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, oquv muassasasigacha, umumiy orta, orta maxsus, kasb-hunar talimi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab qoyilgan. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning 3.2 bandida esa talim oluvchilarning oqishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida etibor berilgan. Bu "Oila, oquv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning manaviy, marifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni manaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy ananalariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini taminlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, oquv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining asosiy maqsadidir. Ozbekistonda ruy berayotgan ozgarishlar "Oila, mahalla, oquv bilim yurti hamkorligi" yonalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, oquv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Download 150.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling