Кurs ishi маvzu: Sotsial xizmatda personalni boshqarish
Download 69.54 Kb.
|
Sotsial xizmatda personalni boshqarish.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
GLOSSARIY
Boshqarish – xo‘jalik obyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yo‘naltirish. Guruh – faoliyati, maqsadi, g‘oyasi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liq insonlarning ijtimoiy birligi. Guruhning maqsadi – bu shaxsiy maqsadlarning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro harakatlar induktoridir. Guruh samaradorligi – bu guruhning umumiy maqsadlarini amalga oshirish darajasidir. Guruh samaradorligining asosiy omillari – bular guruh hajmi tarkibi; ma’lumotlar topshirig‘i, tashqi muhit, rahbarlik uslubi, jarayonlar va tadbirlar, o‘zaro ta’sir usullari, sabab, maqsadni amalga oshirish, guruhning qiziqishidir. Jamoa – bu birgalikda mehnat qiladigan shaxslar guruhi bo‘lib, unda kishilar bir-birlari bilan shunday o‘zaro harakat qiladilarki, har kim boshqa shaxsga murojaat qiladi, ayni vaqtda uning ta’sirini ham his etadi. Jamoa kelishuvi – muayyan kasb, tarmoq hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oladigan me’yoriy hujjat. Tartibga solinadigan munosabatlar sohasi, hal qilinadigan masalalarning xususiyatiga qarab bosh, tarmoq, hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari tuzilishi mumkin. Jamoaning funksiyalari – bu insonning jamoaga mansubligini his qilishi; shaxs uchun uning yashashiga zarur ijtimoiy muhit yaratishdir. Jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy – iqtisodiy va kasbga oid munosa-batlarni tartibga soladigan hujjat. Inson resurslarini boshqarish vazifalari – bu korxona va tashkilotlarning muayyan maqsadga erishish yo‘lida inson resurslari bilan ishlaganda amalga oshiriladigan asosiy yo‘nalishlaridir, ya’ni xodimlarni tanlash, xodimlarni tayyorlash va rivojlantirish, unga baho berish, rag‘batlantirishdir. Kadrlar (fransuzcha “sayge” – “shaxsiy tarkib” so‘zidan) –korxona muassasa, firma, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqalarda malakali xodimlarning asosiy tarkibi. Menejer (inglizcha – “boshqaruvchi” so‘zidan) – maxsus tayyorgarlikka ega, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali boshqaruvchi mutaxassis. Menejment (inglizcha – “boshkarish”, “tashkil etish” so‘zidan) –boshqarish to‘g‘risidagi maxsus fan. Personal (lotincha – “shaxs” so‘zidan) – korxona, muassasa, tashkilot xodimlari tarkibi. “Personalni boshqarish” fanining predmeti – korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va ishlovchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida xodimlarga maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bilimlar tizimi. “Personalning kasbiy tuzilishi” tushunchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi jihatlar, ya’ni ishchi kuchining kasbiy tuzilishi, uning malakaviy tuzilishi hamda malakaning mazmunidan iborat. Personalni boshqarish subyekti – bu boshqaruvchi xodimlar, obyekti esa, ishlab chiqarish xodimlaridir. Personalni jalb etish – bu ikki asosiy manba, ya’ni xodimlarni jalb qilishning ichki va tashqi manbalari hisobiga ehtiyojni qondirishdir. Personalni boshqarishning zarur obyekti – bu korxona va tashkilotning ijtimoiy muhitini rivojlantirishdir. Rahbarlar (ma’muriy-boshqaruv xodimlari) – me’yoriy hujjatlarga muvofiq (nizomlar, ustavlar, ichki tartib qoidalari) ma’muriylashtirish funksiyalari, korxona, tashkilot va muassasa nomidan harakatlanish, taqsimlash huquqlariga va vakolatlariga (ma’muriy funksiyalar) ega bo‘lgan, qaramog‘idagi (bo‘ysunishidagi) xodimlarga rahbarlik qiluvchi (ishlab chiqarishga oid bo‘lgan topshiriqlarni taqsimlash, xodimlarni joy-joyiga qo‘yish), korxona, tashkilot va muassasaning, shuningdek bo‘linmalarning faoliyatini tashkil qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi, farmoyishlarni, topshiriqlarni bajarilishi ustidan nazorat olib boruvchi korxona, tashkilot va muassasalar boshqaruv xodimlarining bir qismi. Stress (inglizcha – “bosim”, “kuchlanish”, “tanglik” so‘zlaridan) – kuchli ta’sir natijasida sodir bo‘ladigan o‘ta hayajonlanish, asabiylik holati. Temperament – lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, qismlarning tegishli nisbati, mutanosiblik, degan ma’noni anglatadi, shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini, faoliyatining dinamik va hissiy tomonlarini, shuningdek, xulqatvorini aks ettiradi. Test (inglizcha – “sinash”, “tekshirish” so‘zidan) – shaxsning aqliy, qobiliyati, irodasi, bilim darajasi va boshqa sifatlarini tekshirish uchun qo‘llaniladigan standart mashq. Xodimlar – korxona, tashkilot, muassasaning yollash asosida ishlaydigan, va ishchilarning umumiy cheklangan soniga qo‘shiladigan, barcha ishchilarning yig‘indisi. Shaxsning ehtiyoji – bu insonda harakatga intilishni vujudga keltiruvchi biror-bir narsaning yo‘qligini anglashdir. Uning normal hayot kechirishi uchun oziqa, uy-joy, ob-havo kabi zarur vositalar bo‘lib, xotin-qizlarga ko‘pchilik orasida ko‘zga tashlanib turishi uchun chiroyli bezaklarga ko‘proq ehtiyoj sezadilar. Qiziqish – bu shaxsning u yoki bu narsaga qaratilgan bilish ehtiyojining namoyon bo‘lish shakli bo‘lib, bu narsa ijobiy histuyg‘uni uyg‘otishi mumkin (musiqaga, texnikaga va h.k.). Qobiliyat – bu xodimda o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun kasb malakasi mavjudligi, yetarli darajadagi jismoniy kuchquvvat va chidam, uquv, umumiy madaniyat borligi va shu kabilardir. Ekstraversiya – (extra – tashqari) shaxsning shunday psixologik xususiyatlarini ko‘rsatib beradiki, bunda shaxs o‘zining qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi obyektlarga qaratadi, ba’zan buni o‘z qiziqishlarining shaxsiy ahamiyatini pasaytirish hisobiga amalga oshiradi. Introversiya- (lotincha- intro— ichki) shaxsning oʻz fikrlari, sezgilari, kechinmalari va his-tuygʻulariga tayanish. Etika (axloq) – bu, ijtimoiy hayot jarayonida ro‘yobga chiqariladigan universal va o‘ziga xos axloqiy talablar va xulq-atvor normalari tizimidir. XULOSA Zamonaviylik talabi kundan-kunga ortib borayotgani bugungi kun soha vakillarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va taraqqiy etish jarayonlarini tashkil etishda har doim izlanishda boʻlishga daʼvat etadi. Kadr atamasi bugungi kunda personal atamasi tarzida qoʻllanilmoqda. Personalni boshqarish fani esa har qanday sohada oʻzini samarali faoliyatni amalga oshiruvchi omil boʻlib xizmat qilishini koʻrsatadi. Chunki, ushbu sohada psixologik xizmat faoliyati yuqori darajada qamrab olinganligi muhim ahamiyatga ega. Personallarni shakllanishida ilmiy nazariyalar asosida, bugungi kun talabiga javob beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini oʻzlashtira oladigan, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilish imkonini amalga oshiruvchi, ya'ni xorijiy tillarni oʻrganish va amaliyotga tatbiq etishda qiynalmaydigan personallarni yetkazib berish har bir sohani rivojlantirishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlarni yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Bu esa oʻz navbatida oliygohlar fanlar tizimida yangi bir sohani rivojlantirishga asos boʻldi. Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat fani yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu fan turli mamlakatlarda qoʻllanilayotgan zamonaviy boshqaruv usullarini oʻrganish va amaliyotga joriy etish jarayonlarini shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Bunday holatlarni korxona va tashkilotlar faoliyatida yaqqol koʻrsatib beradi. Tashkilot va korxona, muassasalar faoliyatini amalga oshirish xodim va rahbarlar faoliyati, menejerlar faoliyati hamda bugungi kunda asosiy oʻrinda turuvchi psixolog faoliyati bilan birgalikda olib boriladi. Ushbu munosabatlar tizimida har bir vakillarning zimmasiga yuklatilgan vazifalar belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda har qanday faoliyat shaxs ijtimoiy qonun va qoidalarini inobatga olgan holda belgilanadi. Xodimlar faoliyatini tashkil etishdagi mahoratini oshirishga har doim harakat qilishga intilgan rahbar, albatta oʻzining kasbiy malakasini doimo rivojlantirib boradi. Xodimlarga ijodiy faoliyatini tashkil etish, hamkorlikda ish olib borish, turli xil tadbirlarda faol ishtirok etish, moddiy va maʼnaviy qadriyatlarni tanlash asosida oʻz faoliyatini belgilash, ragʻbatlantirish yoki oʻz oʻrnida jazolash kabi jarayonlarning barchasi rahbar tashkil etgan boshqaruv tizimidan oʻrin oladi. Oʻz navbatida xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar tizimida yuzaga keladigan ijobiy va salbiy holatlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish, ishga kelgan yangi xodimlar faoliyatini samarali shakllanishiga koʻmaklashish, koʻp yillar davomida faoliyat olib borayotgan xodimlar orasida kuzatilishi mumkin boʻlgan kasbiy qoniqish hissini yoʻqolishi, stress, nevroz, depressiya kabi psixologik kasalliklarni yuzaga kelishini kamaytirish, shaxs oʻz-oʻzini anglash va boshqarishiga koʻmaklashish, har bir xodimdagi qobiliyat va imkoniyatlarini inobatga olgan holda unga kasbiy faoliyatini belgilab olishida yordam berish, shaxs xususiyatlari, temperamenti, tiplarini oʻrganish asosida munosabatlarni tartibga solish, bundan tashqari ehtiyoj va qadriyatlar tizimida muhim sanalgan omillar taʼsirida yuzaga keladigan munosabatlarni ham oʻrganish korxona va tashkilotlar faoliyatida psixolog zimmasiga yuklatilgan vazifalarni belgilab beruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar asosida shakllanadi. Ushbu munosabatlar tizimi oʻyin, oʻquv va mehnat faoliyati natijasida paydo boʻladi. Shaxsni harakatga keltiruvchi omillar qatorida ehtiyojlar asosiy oʻrinda turadi. Har bir shaxs ehtiyojlari turlicha dunyoqarash va qadriyatlar taʼsirida yuzaga keladi. Ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan harakatlar esa oldinga intilishga undaydi. Bunday holatlarni amalga oshirish shaxs aqliy faoliyati, iroda kuchi, axloqiy qarashlari, tarbiyalanganlik holati, oʻzini oʻzi boshqarish va oʻzini oʻzi baholay olish darajasi kabi koʻrsatkichlarni toʻgʻri shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Ushbu omillar esa oilaviy va ijtimoiy munosabatlar natijasida yillar davomida rivojlanib boradi. Ijtimoiy munosabatlar oʻz navbatida, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab muassasalari, OTM faoliyatlari, mahalla tashkilotlari olib boradigan chora-tadbirlar zamirida yuzaga keladigan jarayonlardir. Kasbiy faoliyat inson hayotining katta qismini tashkil etishi, aynan ushbu faoliyatni toʻgʻri tanlay olish mohiyatini qanchalik ahamiyatli ekanligini koʻrsatadi. Chunki bugungi kunda koʻplab kasalliklar yoki suitsidal holatlar shaxs oʻzini baholay olmasligi yoki kasbiy faoliyatidan zerikishi, oʻzini anglamasligi kabi sabablar oqibatida yuzaga kelmoqda. Bu kabi holatlarni oldini olish har bir shaxs hamda barcha soha vakillarining, asosiysi psixologlar faoliyatining bosh masalasi hisoblanadi. Psixologik xizmat fani yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashi dolzarb masalalarni hal etishda koʻmaklashish va aholini ijtimoiy munosabatlar asosida oʻz faoliyatini belgilashda yordam beruvchi, inson oʻzini kamol toptirishi yashash uchun muhim boʻlgan ijobiy taʼsir ekanligini koʻrsatadi. Demak, ushbu fan doirasidagi bilimlarimizni yanada mustahkamlash va rivojlantirish barchamizning, ayniqsa biz psixolog xodimlar va talabalarning zimmasida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Q.X.Abdurahmonov, SH.R.Xolmoʻminov, A.B.Xayitov:"Personalni boshqarish" Тoshkent – 2021. 2. Ерина Е.Л. Управление персоналом в социальных учреждениях. Екатеринбург, 2008 3. Вайнштейн Л.А., И.В.Гулис Психология управления. Минск, 2016 4. Каримова В., Ҳайитов О., Джал1. Ерина Е.Л. Управление персоналом в социальных учреждениях. Екатеринбург, 2008 5. Каримова В., Хайитов О. Бошқарув психологияси. Т.,2008 6. www.lex.uz – Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси. Download 69.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling