Kurs ishi mavzu: So’zning grammatik strukturasi Topshirdi: Murodova Aziza Qabul


Download 185.26 Kb.
bet6/11
Sana20.06.2023
Hajmi185.26 Kb.
#1630365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
So’zning grammatik strukturasi

So‘z tartibi grammatik ma’no ifodalashning maxsus vositasi, tartib o‘zgarishi so‘z grammatik ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, Dalalar yam-yashil birikuvi gap bo‘lsa, yam-yashil dalalar birikuvi so‘z birikmasi. «Gap» va «so‘z birikmasi» grammatik ma’noning sintaktik turi. Grammatik ma’no ifodalashda so‘z tartibiga ohang hamrohlik qiladi. Ya’ni yuqoridagi gap va so‘z birikmasida tartib o‘zgarishi bilan ularning ohangi ham o‘zgarib ketgan (so‘z birikmasida tugallanmagan, gapda esa tugallangan ohang mavjud).
Ohang grammatik ma’no ifodalashning fonetik vositasi. Bu vosita yordamida gapning turini, gap bo‘laklarini ajratish, farqlash mumkin. Gulnora, singlim keldi. Gulnora, (bilan) singlim keldi. Gulnora singlim keldi gaplarining birinchisida (Gulnora) va (singlim) so‘zlari uyushiq bo‘lak vazifasida, ikkinchi gapda (Gulnora) so‘zi undalma, (singlim) so‘zi ega, uchinchi (Gulnora) so‘zi aniqlovchi, (singlim) so‘zi izohlanmishga vazifasida kelgan.
Gaplarni tashkil etuvchilardagi bunday farq so‘zlovchining maqsadiga muvofiq tarzdagi ohang yordamida yuzaga chiqmoqda.
II BOB. O`ZBEK TILI GRAMMATIK SHAKLLARINING AMALIY AHAMIYATI
    1. GRAMMATIK SHAKL VA UNING TURI.


Grammatik ma’no ifodalovchi morfologik ko‘rsatkich grammatik shakl yasovchi yoki qisqa qilib grammatik shakl deyiladi. Boshqa nofonologik birliklar kabi grammatik shakl uch tomon – shakl, ma’no va vazifaning yaxlitligidan iborat. Grammatik shaklning moddiy tomoni grammema atamasi bilan ham yuritiladi.


Grammatik shakl (grammatik ko‘rsatkich, grammatik shakl, morfologik shakl, morfologik ko‘rsatkich, morfologik vosita atamalari – ma’nodosh terminlar) tasnifi tilshunoslik, jumladan, o‘rta va oliy ta’lim grammatik tizimining muhim tushunchasidan biri bo‘lganligi sababli har doim dolzarb bo‘lib kelgan. O‘tgan davr mobaynida o‘zbek tili grammatik ko‘rsatkichlarining tasnifi yaratildi, ammo xulosa avval arab, keyinchalik rus tili grammatik me’yoriga asoslangan holda berib kelindi. O‘zbek substansial tilshunosligi o‘zbek tilining agglyutinativ tabiati va ontologik shakl yasash xususiyatiga tayangan holda grammatik ko‘rsatkichlarning yangicha tasnifini berdi. Bunga ko‘ra:

  1. lug‘aviy shakl hosil qiluvchi;

  2. sintaktik shakl hosil qiluvchi;

d) lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi farqlandi.


Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi – so‘z ma’nosini qisman o‘zgartiruvchi, muayyanlashtiruvchi qo‘shimcha. Masalan, (kitob) so‘zida birlik ma’nosi ham (Bu kitob qiziqarli), ko‘plik ma’nosi ham (Do‘konga kitob keldi) mujassamlangan. Nutq sharoiti, matn (kitob) so‘zida birlik yoki ko‘plik voqelanishini ajratib beradi. Shu so‘zga (-lar) shakli qo‘shilishi bilan u (kitob) so‘zida birlik ma’nosini ko‘plik ma’nosidan chegaralaydi, ya’ni lug‘aviy ma’noni muayyanlashtiradi, toraytiradi. Lekin yangi so‘z yasamaydi, so‘zni sintaktik aloqaga kiritish uchun xizmat qilmaydi. Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi, asosan, to‘rt yirik so‘z turkumi – fe’l (nisbat, bo‘lishli- bo‘lishsizlik, o‘zgalovchi, sintetik va analitik harakat tarzi shakllari), ot (son, kichraytirish-erkalash), sifat (daraja) va sonda (uning ma’no turini hosil qiluvchilar) mavjud bo‘lib, qo‘llanilishi o‘zi mansub o‘z turkumi bilan chegaralanadi. Shu
boisdan ular tasniflovchi, ya’ni so‘zlarni tasniflash chog‘ida bir turkumni boshqalaridan ajratuvchi shakl deb yuritiladi.
Sintaktik (aloqa-munosabat) shakl hosil qiluvchilar so‘z lug‘aviy ma’nosiga ta’sir etmay, so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga yoki ularga ma’lum bir sintaktik vazifa berishga xizmat qiladi. An’anaviy ta’riflardagidan farqli ravishda aloqa-munosabat shaklining qo‘llanilishi lug‘aviy shakllardek bir so‘z turkumi bilan chegaralanmaydi, ya’ni bu shakl istalgan mustaqil so‘zga qo‘shilib, uni o‘zidan keyingi yoki oldingi so‘z bilan sintaktik aloqaga kiritadi yoki so‘zga sintaktik vazifa tayinlaydi. Kelishik, egalik, kesimlik shakli shunday grammatik vosita.
O‘zbek tilida shunday shakllar borki, ular bir tomondan so‘zning lug‘aviy ma’nosiga ta’sir etadi, ikkinchi tomondan, ularni sintaktik aloqaga kiritadi. O‘zgalovchi kategoriya shakllari shunday ikkiyoqlama mohiyatga ega. Masalan, shoshilib gapirmoq birikmasida (-ib) ravishdosh shakli (shoshil) so‘zining lug‘aviy ma’nosiga ta’sir etgan, ya’ni unga ravishlik ma’nosiga yaqin ma’no bergan, shu bilan birgalikda, bu so‘zni keyingi so‘zga bog‘lash vazifasini ham bajarmoqda. Shuning uchun o‘zgalovchi kategoriya shakllari lug‘aviy shakl hosil qiluvchilar va sintaktik shakl hosil qiluvchilar orasida oraliq vaziyatni egallab, lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi atamasi bilan nomlanadi.
Grammatik maʼlum til qurilishini qanday oʻrganishiga koʻra, amaliy Grammatik va nazariy Grammatikga boʻlinadi. Amaliy Grammatik muayyan bir tilda gapning toʻgʻri qurilishi uchun zarur boʻlgan grammatik qoidalarni tavsiflaydi. U, oʻz navbatida, 2 turga boʻlinadi: tavsifiy va meʼyoriy
Grammatik Tavsifiy Grammatik til grammatik qurilishini tavsiflash, bayon qilish bilan cheklanadi. Meʼyoriy Grammatik esa til faktlarining til meʼyoriga munosabatini, maʼlum bir lisoniy birlik yoki qurilmaning toʻgʻri yoki notoʻgʻri qoʻllanganini oʻrganadi. Amaliy Grammatikdan farqdi ravishda, nazariy Grammatik til qurilishini tavsiflash bilan birga, til qurilishidagi birliklarning oʻzaro munosabatini oʻrganadi. Bu orqali har bir lingvistik birlikning til sistemasidagi oʻrni, qiymati
belgilanadi. Nazariy Grammatikda til grammatik qurilishining sistemaviy xususiyati ochiladi. Bevosita kuzatishda berilgan hodisalar zamirida yashiringan mohiyat belgilanadi.
Shuning uchun ham nazariy Grammatik umumiylik — xususiylik, mohiyat — hodisa, imkoniyat — voqelik dialektikasini oʻzida namoyon etuvchi til — nutq zidlanishiga asoslanadi.
Grammatik birliklar tadqiqotchi tomonidan qaysi tomondan oʻrganilishiga koʻra, G. faol, nofaol turlarga boʻlinadi. Shakldan maʼnoga qarab tadqiq qilish usuli
— semasiologiya usulidir. Bu usulda maʼlum grammatik shakl qanday maʼno ifodalashi haqida gap boradi. Yuqoridagi usulda grammatik birliklarni oʻrganish nofaol Grammatik sanaladi. Aksincha, mazmundan shaklga tamoyili bilan ish koʻruvchi Grammatik faol Grammatik hisoblanadi. Faol Grammatikda u yoki bu mazmun qanday yoʻllar bilan moddiylashishi mumkinligi aniqlanadi.
Xuddi shu yoʻnalish bilan bogʻliq ravishda Grammatik mazmuniy (mental), shakliy (formal) va vazifaviy (funksional) Grammatiklarga boʻlinadi.
Mazmuniy Grammatik mazmundan shaklga tamoyiliga amal qiladi. Obʼyektiv borliqning ongda aks etishi va ongda aks etgan obʼyektiv olam unsurlari umumlashgan obrazlarning tilda qanday oʻz ifodasini topishini mazmuniy Grammatik oʻrganadi. Shakliy Grammatik esa semasiologik tamoyil, shakldan mazmunga tamoyili asosida ish koʻradi.
Grammatik kategoriyalarni tasnif qilishda shakl ustuvorlik kiladi. Bu yunalishda grammatik shakllarni oʻrganish jarayonida nolisoniy (ekstralingvistik) omillarning eʼtiborga olinishi shart emasligi taʼkidlanadi. Funksional Grammatik da asosiy eʼtibor grammatik shakl va grammatik kategoriyalarning vazifasiga qaratiladi. Bunday Grammatiklarda lisoniy birlikning 3 tomoni: mazmun, shakl, vazifa (funksiya) dialektik birlikda olinadi.
Grammatik muammolari dastlab qad. Hindistonda (tilshunos Paninining Grammatikga oid traktatida, miloddan avvalgi 5—4-asrlar), keyinroq Yunonistonda
(Aristotel, miloddan avvalgi 4-asr, yunon tilshunosi Apollon Diskol, miloddan avvalgi 2-asr va boshqalarning asarlarida) ishlangan. Yunon grammatik anʼanalari lotin tilini oʻrganish jarayonida rivojlanib borgan.
Oʻzbekistonda Grammatikni oʻrganish tarixi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asariga borib taqaladi. Bu jarayon oʻrta asrlardagi lugʻatshunoslik taraqqiyotida ham oʻz aksini topgan (Toli Imoniy Hiraviyning "Badoye ul-lugʻat" asari, 15-asr; "Abushqa" nomli chigʻatoycha-turkcha lugʻat, 16- asr va boshqalar).
Hozirgi oʻzbek tili Grammatiksi Yevropa Grammatiksi asosida yaratilgan. Bu jarayon 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Dastlab rus turkshunosi M. A. Terentyev "Turk, fors, qirgʻiz (qozoq) va oʻzbek tillarining grammatikasi" (1875) kitobini yozib, SanktPeterburgda nashr ettirgan. Bu kitob mahalliy tilni oʻrganmoqchi boʻlgan rusiyzabon kishilarga moʻljallangan edi.
Oʻzbek tilining izchil ilmiy Grammatiksini yaratishni 20-asrning 20-yillarida Fitrat, Gʻozi Yunus, Shorasul Zunnun va boshqa boshlab berdilar. Keyinchalik bu sohada A. Gʻulomov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Hojiyev, Sh. Rahmatullayev, Sh. Shoabdurahmonov, S. Usmonov, B. Oʻrinboyev va boshqa tilshunos olimlar katta ishlarni amalga oshirdilar (yana q. Tilshunoslik)

    1. Download 185.26 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling