Kurs ishi mavzu: Toshkent vohasining qadimgi aholisi, Kushon Baqtriya aholisi


Download 55.87 Kb.
bet1/7
Sana16.02.2023
Hajmi55.87 Kb.
#1203155
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Javohir


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 202-TARIX SIRTQI GURUHI TALABASI O’RAZMETOV JAVOHIRNING TARIXIY O'LKASHUNOSLIK FANIDAN YOZGAN




KURS ISHI


Mavzu: Toshkent vohasining qadimgi aholisi, Kushon Baqtriya aholisi.

Topshirdi: ____________ O’razmetov J. .


Qabul qildi: ____________ _______________
Urganch – 2023.
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I BOB. TOSHKENT VOHASINING QADIMIY AHOLISI VA QISHLOQ AHOLISI ANTROPOLOGIK TIP JIHATIDAN O’ZGARISHLARGA UCHRASHI
1.1. Toshkent vohasining qadimiy aholisi …………………...………………..……6
1.2. Shosh – Toshkent vohasi aholisining etnik xususiyatlari (IX-XII asrlar)….......9
II BOB. KUSHON-BAQTRIYA AHOLISI VA PODSHOLIK DAVRI
2.1. Kushon-Baqtriya aholisi haqidagi ma’lumotlar  ……………………………..15
2.2. Yunon-Baqtriya va Kushon podsholiklari davri …….....………………….….18
XULOSA………………………………………………………………………….33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….34

KIRISH
Shosh (Toshkent) vohasi IX-XII asrlarda Movarounnahrdagina emas, balki musulmon olamida ham salohiyatli hisoblangan. Bu davrda Movarounnahrning iqtisodiy — ijtimoiy hayoti va aholi o‘rtasida sodir bo‘lgan etnik jarayonlar Sirdaryo sohillari va mazkur daryoning shimolidagi hududlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Chunki tarixiy manbalarda turli davrlarda Choch, Shosh va Toshkent deb nomlangan voha Movarounnahrning Buxoro, Samarqand, shuningdek Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini Yettisuv va Sharqiy Turkiston shaharlari bilan aloqalarida muhim o‘rinda turgan[1].
Mumtoz sayyoh va geograf Istahriy (850-934) maʼlumoticha, IX-X asrlarda Shosh Movarounnahrning yirik iqtisodiy va madaniy viloyatiga aylangan. Shosh shaharlari dasht va tog‘ tumanlariga boriladigan tranzit yo‘llarda joylashgan edi. Bu karvon yo‘llari Buxoro va Samarqandni, Shosh va Iloq markazlarini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lagan. O‘rganilayotgan davrda vohaning qishloq aholisi asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Shosh vohasi xo‘jaligida chorvachilik ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shaharlar va yirik qishloqlar aholisi hayotida hunarmandchilik asosiy o‘rinni egallagan. Shosh va Iloq vohalarida qadimdan hunarmandchilik birmuncha rivojlangan edi. O‘rta asrlar davomida hunarmandchilikning turli sohalari (kulolchilik, temirchilik, zargarlik va boshq.) keng taraqqiy etgan. Hunarmandchilikka kerakli xomashyolarning ko‘pchiligi Shosh va Iloq vohalarining o‘zida mavjud bo‘lgan.
Bu davrda Shosh vohasida tashqi savdoning rivoj topishida Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati juda katta bo‘lgan. Ipak yo‘lining tarmoqlari Shosh va Iloq vohalaridan o‘tgan. Bu yo‘l orqali mahalliy aholi sharqda Xitoy bilan, shimoli — g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimlari, Orol dengizi va Volga bo‘ylaridagi xalqlar bilan, g‘arbda esa Movarounnahr orqali Afg‘oniston, Hindiston, Eron va Old Osiyodagi barcha yirik mamlakatlar bilan doimiy aloqada bo‘lishgan.

Manbalarda Shosh viloyatida 30 ga yaqin, Iloqda 13 ta yirik shahar mavjudligi qayd etilgan. Arab geograflari Shoshda 25 yoki 27 ta, Iloqda 13 ta shahar mavjudligi haqida maʼlumot berishgan. Istahriy Shoshda 27 ta, Iloqda 14 ta shahar borligini qayd etgan. Arab geografi Al-Muqaddasiy (940-1000) esa Shoshda 34 ta, Iloqda 14 ta shahar mavjudligini taʼkidlagan.


Vohaning qulay geografik va xalqaro savdo yo‘llari kesishgan hududda joylashganligi uning iqtisodiy-madaniy jihatdan gullab-yashnashiga yordam bergan. IX-XII asrdagi yuksalish keng miqyosdagi savdo-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo‘l ochgan.
X asr oxiri — XII asr o‘rtalarida Shosh Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrdan boshlab Shoshda turkiy tilning mavqei ancha oshgan. XI asrdan boshlab shahar yana bir yangi nom bilan — Toshkent deb atalgan. Shahriston va arkka ega bo‘lgan bu shahar IX- XII asrlarda nafaqat vohaning maʼmuriy markazi, shu bilan birga Movarounnahrning savdo — hunarmandchilik va madaniy markazlaridan biri sifatida ham nom qozongan edi.

Download 55.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling