Kurs ishi” Mavzu
M T = M X+ rX + ST+ A+ BIX/ M
Download 60.96 Kb.
|
korxona iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot tannarxiga kiritiladigan ishlab chiqarish xarajatlari xarajat elementlari va moddalari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Bunday guruhlash
M T = M X+ rX + ST+ A+ BIX/ M
bu yerda: M T — mahsulot tannarxi, so'm; MX — ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari, so'm; IX — ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to'lash xarajatlari, so'm; ST — ishlab chiqarishga tegishli bo'lgan ijtimoiy sug'urta to'lovlari, so'm; A — asosiy vositalar amortizasiyasi, so'm; BIX — boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, so'm; M — mahsulot miqdori, sentner, dona, kg, tonna va hakozo. Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot bo'yicha haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin. Bu rejalashtirilgan ishlab chiqarish xarajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan taqqoslash, ortiqcha moddiy va mehnat resurslari sarflariga yo'l qo'yilgan yoki tejamga erishilganini aniqlash va kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Rejadagi tannarx korxonaning mavjud texnik, texnologik va kadrlar salohiyati doirasida mahsulot ishlab chiqarishga sarflanishi ehtimoli bo'lgan xarajatlaming kutilayotgan maksimal darajasini aks ettiradi. Rejadagi tannarx moddiy resurslarni sarflash m e’yorlari asosida xisoblanadi. Haqiqiy tannarx korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayo-nini haqiqatda sarflangan bevosita ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Haqiqiy tannarx rejadagi tannarxdan farq qilishi mumkin. Agar u rejadagi tannarxdan yuqori bo'lsa, ishlab chiqarish samar-dorligining pasayishidan past bo'lsa, kapital, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanish natijalarini aks ettiradi. Mahsulot tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog'liq umumkorxona xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmay davr xarajatlari hisobiga kiritiladi. Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash obyektlarini bilish muhimdir. Unga qilingan xarajatlarni alohida hisobga olish mumkin bo'lmaganligidan, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash obyektlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash muhimdir. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan ishlab chiqarish xarajatlari xarajat elementlari va moddalari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Bunday guruhlash: — rejalashtirilgan mahsulot ishlab chiqarishning m oddiy va mehnat sarflariga ehtiyojni aniqlash; — xarajatlarni iqtisodiy mazmuniga ko‘ra taqsimlash; — umumiy ishlab chiqarish xarajatlari miqdorida u yoki bu xarajat elementlarining ulushini aniqlash imkonini beradi. Download 60.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling