Kurs ishi” Mavzu
Masalan, buxgalteriya hisobida mahsulot ishlab chiqarish
Download 60.96 Kb.
|
korxona iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosalar
Masalan, buxgalteriya hisobida mahsulot ishlab chiqarish
tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuni va umumiylik xususiyatlariga ko‘ra quyidagi elementlarga ajratiladi: — ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari; — ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to'lash xarajatlari; — ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar; — asosiy vositalar va nom oddiy aktivlar amortizasiyasi; — ishlab chiqarishga oid boshqa xarajatlar.
— ishlab chiqarishga yuqori unumli, ishonchli va arzon ishlab chiqarish vositalarini joriy etish; — asosiy aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish; — ishlab chiqarishning material sig‘imini kamaytirish va tejamkorlikka erishish; — mashina va texnikalarning kunlik va yillik ish unumini ko'tarish; — resurslarni tejovchi va chiqitsiz texnologiyalardan keng foydalanish; — ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning ilg'or shakl-laridan foydalanish; — mehnat unumdorligini oshirish; — mahsulotlar sifatini oshirish va nobudgarchilik, yo'qotish-larga yo‘l qo‘ymaslik; — qishloq xo'jaligida ekinlar hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligin i oshirish va boshqalar.
Mahsulot tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog'liq umumkorxona xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmay, davr xarajatlari hisobiga kiritiladi. Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash obyektlarini bilish muhimdir. Unga qilingan xarajatlarni alohida hisobga olish mumkin bo'lmaganligidan, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash obyektlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash lozimdir. Iqtisodiy hisob-kitoblarda mahsulot tannarxini rejalashtirish va hisoblashda xarajatlarni hisoblash moddalari bo'yicha guruhlash qabul qilingan. Keyingi yillarda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan resurslar hamda xizmat ko'rsatish korxonalari ish va xizmatlari narxlarining tez sur’atlar bilan oshib borganligi mahsu lotlar tannarxining ham qimmatlashib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bu vaziyat aksariyat hollarda kichik tadbirkorlik korxonalari etishtirayotgan mahsulotlarning zarar bilan sotilishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun kuchli raqobatga asoslangan munosabatlar sharoi tida kichik tadbirkorlik korxonalari oldida mahsulot tannarxini har tomonlama pasaytirish yo'llarini izlab topish vazifasi turadi. Download 60.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling