Reja:
1. Standartlashtirish va uning xalq xo‘jaligidagi roli.
2. O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi ( Uz SDT).
3. Standartlashtirish me’yoryihujjatlari (MX).
4. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish
1. Standartlashtirish va uning xalq xo‘jaligidagi roli.
Standartlashtirish deganda muayyan soќada faoliyatini tartiblashtirish maqsadida qoidalarni kiritish va ijro etish tushuniladi. Standartlashtirish barcha kizikkan tomonlar ishtirokida, xususan umumiy optimal tejamkorlikka erishish maqsadida, ekspluatatsiya sharoitlari va xavfsizlik talablari bajarilishi sharti bilan o‘tkaziladi.
Standartlashtirish ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashtirish, ish unumdorligini va maxsulot sifatini oshirish samarali vositalaridan biridir.
Bilimlar tarmogi sifatida standartlashtirish standartlarni tuzilish prinsiplarini ishlab chiqish usullarini, ularni xalq xo‘jaligida ishlashini, maxsulot sifatiga va unumdorligiga va umuman texnik taraqqiyotga ta’sirini o‘rganadi. Standartlashtirishni progressiv shakllariga kompleks standartlashtirish, tormoklararo tizimlarni standartlashtirish, ilgarilab standartlashtirish shakllari kiradi.
2. O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (Uz SDT).
Standartlashtirish davlat tizimi deganda standartlashtirishni maqsadi va vazifalarini, standartlarni ishlab chiqish tartibi va uslubini, ularni tasdiqlash va joriy qilish, shuningdek ularni joriy qilinishi va bajarilishi ustidan nazorat qilishni ifodalovchi o‘zaro muvofiqlashtirilgan qoidalar va nizomlar tushiniladi. SDTni asosiy maqsadi ma’erlar, ko‘rsatkichlar va talablarni urnatuvchi standartlar yordamida maxsulotlar sifatini oshirishga, maxsulotlarni loyiќalash va ishlab chiqarishda maxsuslashish sharoitlarini yaratishga, sermexnatligini pasaytirishga, material va mexnat resurslarini tejashga, xalqaro iqtisodiy va texnikaviyhamkorlikni rivojlantirishga, aќoli sog‘ligini saqlashga, mexnat xavfsizligini ta’minlashga va tabiiy boyliklardan ratsional foydalanishga kumaklashishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |