Reja: Standartlashtirish va uning xalq xo‘jaligidagi roli
Download 171.5 Kb.
|
Стандартлаштиришнинг илмий-методик асослари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Afzal sonlar
5. Afzal sonlar tizimi.Turli ob’ektlarning standartlashtiriladigan ko‘rsatkichari odatda sonlar bilan ifodalanib muayyan diapazonlarda sonlar ketma-ketliginihosil qiladi.Standartlashtirishning rivojlanishi natijasida o‘lchamlar, aniqlik koeffitsentlari va standartlashtiriladigan ob’ektlarni boshqa qiymatli ko‘rsatkichlari ketma-ketliklarini matematik ma’nodagi qatorlar ko‘rinishida tuzish afzalligi aniqlangan. Sonlar qatorlarini bunday konuniyatlar asosida tuzilishi nomenklaturalar va xil o‘lchamlarni kisqartirishga, mashinalar ishlashini ratsional maromlarini tanlashga, resurslarni tejashga va x. yordam qilar ekan. Masalan SSSR davlatida standartlashtirishni kiritishdan oldin prokatlanadigan profillarni 4742 xil o‘lchami ishlab chiqarilar edi. Standart-lashtirish kiritilgandan keyin 785 xil o‘lchami qoldirilib prokat stanlari unumdorligini 7-10% ga oshirishga va prokat chiqarishni 750 ming tonnaga oshirishga erishilgan. O‘lchamlar, aylanish chastotalari, unumdorlik va mashinalarni boshqa parametrlarini muayyan qatorlardan tanlanishi mashina parametrlarini detallar materiallari parametrlari bilan muvofiqlashtirishga, shuningdek mashina boshqaradigan funksiya bilan bog‘liq jarayonlar va ob’ektlar parametrlari bilan muvofiqlashtirishga imkoniyat beradi. Turli, xususan mashinasozlik, maxsulotlar parametrlarining bog‘liqligini taќlili afzal sonlar qatorlari sifatida progressiyalarni ishlatish qulayligini ko‘rsatadi. Amalda quyidagi ko‘rinishdagi geometrik progressiyalarni a, aq, aq2,…,aqn-1 va a, a+d, a+2d,…, a+(n-1)d ko‘rinishdagi arifmetik progressiyalarni ishlatish qulay ekan. Bu yerda - q - geometrik progressiya maxraji d - arifmetik progressiya ayirmasi Geometrik progressiyalar afzalroq bo‘lgani sababli ISO tavsiyalariga binoan O‘zbekistondagi xalqaro standartlarda geometrik progressiyaga asoslangan afzal sonlar tizimi qabul qilingan. Afzal sonlarning asosiy turlari R5, R10, R20 va R40 deb belgilanadi. Bularni maxrajlari muvofiq ravishda ga teng bo‘lib XIX asrni oxirida fransuz injeneri - Sharl Renar tamonidan taklif qilingan. Asosiy qatorlardan xar bir n-nchi a’zolarini olib tishlash natijasidahosil qilingan qatorlarni ishlatishgaham ruxsat qilinadi. Masalanhosil qilingan R10/3 qator asosiy R10 qatorni xar bir uchinchi a’zosini olib tashlash natijasida kelib chiqadi. Asosiy vahosil qilingan qatorlar ikkala tomonlargaham cheksiz o‘zgarishi mumkin. Zarurhollarda qator bir yoki ikala tomonlardanham cheklanishi mumkin. Masalan R5 (1,60..6,3) deb qavsni ichidagi qiymatlar bilan cheklangan qator belgilanadi. Qatorni ixtieriy ikkita a’zolarini bir biriga ko‘paytirish yoki bo‘lish natijalari, shunindek ixtieriy a’zosini butun sonli darajaga ko‘paytirish natijasiham shu qator a’zosi bo‘ladi. Masalan R 40 qatoriga asinxron elektrodvigatellarning aylanish chastotalarini bildiradigan 3000, 1500, 750, 375 sonlari kiradi. Afzal sonlar qatori maxsulotlar xilo‘lchamlari uchun tanlanganda progressiya maxraji kattarok bo‘lgan qatorni ishlatishga intilish kerak, lekin qator tanlanishi texnik va iqtisodiy nuqtai nazardan asoslanishi kerak. Download 171.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling