Reja: Standartlashtirish va uning xalq xo‘jaligidagi roli


Unifikatsiya, agregatlashtirish, maxsuslashtirish


Download 171.5 Kb.
bet8/11
Sana28.12.2022
Hajmi171.5 Kb.
#1009299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Стандартлаштиришнинг илмий-методик асослари

7. Unifikatsiya, agregatlashtirish, maxsuslashtirish.


Keng ravishda mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan jarayonlarni joriy qilish bilan texnik taraqqiyotni tezlashtirish ko‘pincha maxsulot ko‘lab ishlab chiqarilganda mumkin bo‘ladi. Maxsulot mikdorini ko‘paytirishga esa ob’ektlarni unifikatsiyasi va standartizatsiyasi hisobiga erishilishi mumkin.


Unifikatsiya, yani masulotlarni shakli, normalari va xilo‘lchamlari bo‘yicha birxillikka keltirish, maxsulotlar partiyasi mikdorini oshirishning kuchli omilidir. Bir xil vazifali ob’ektlar turlarini, xillarini va o‘lchamlari turlarini unifikatsiya yordamida ratsional ravishda kisqartirish maxsulotlarni konstruktiv variantlarini ishlash xususiyatlarini o‘rganish va taќlil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin (masalan muftalar, variatorlar , podshipniklar va x). Turli variantlarni takkoslash natijasida bir sonli maxsulotlarni bir yoki bir nechta turi ishlab chiqilib bu maxsulotlar uchun o‘lchamlar qatori kiritiladi, masalan sanoat talablarini to‘liq kondiraoladigan podshipniklar diametrlarining qatori. Ko‘plab ishlab chiqariladigan maxsulotlarni unifikatsiyasi (boltlar, podshipniklar), odatda standartlarni ishlab chiqish va ba’zan maxsuslashgan ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan yakunlandi.
Unifikatsiya natijasida kelib chiqadigan maxsulotlarni ishlatish doi-rasini cheklanishi agregatlashtirishhisobiga to‘g‘rilanishi mumkin. Agregat-lashtirish - bu turli kombinatsiyalarda yig‘ish mumkin bo‘lgan unifikatsiyalashgan standart agregatlardan ( avtonom uzellardan) mashina va priborlar yaratish prinsipi.
Unifikatsiya va agregatlashtirishni tadbik qilish natijasida asos-lanmagan darajadagi original va kimmatbaxo maxsulotlarni ishlab chiqishdan sinovlardan o‘tgan unifikatsiyalashtirilgan agregatalar asosida kurilgan maxsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish mumkin. Okibatda yangi texnikani loyiќalash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish muddatlari 4 - 6 yildan 1,5 - 2 yilgacha, tannarxi esa 25-30% kisqaradi.

Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling