Kurs ishi mavzu: “


Download 1.5 Mb.
bet16/20
Sana20.06.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1634867
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Курс Иши Транспорт

Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Dasturda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar to‘la hajmda va o‘rnatilgan muddatlarda sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
3. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda avtomobilda xalqaro yuk tashishni rivojlantirish va milliy avtoyuk tashuvchilarning raqobatbardoshligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ikki oy muddatda Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
avtomobilda xalqaro yuk tashishda ruxsatnomalar ayirboshlash, taqsimlash, taqdim etish va foydalanish kvotalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
chegara bojxona postlarida naqd shakldagi hisob-kitoblar bilan bir qatorda naqdsiz shakldagi hisob-kitoblar tizimini joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan avtomobillarda kabotaj yuk tashishlarini taqiqlash;
O‘zbekiston Respublikasining avtoyuk tashuvchilariga nisbatan xorijiy davlatlarning hududida kamsituvchi shart-sharoitlar joriy etilgan zarur hollarda ana shu davlatlarning avtotransport vositalariga nisbatan aynan bir xil tegishli choralar ko‘rish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yillik tushumida xalqaro yuk tashish xizmatlari eksporti ulushi 50 va undan yuqori foizni tashkil etadigan milliy avtotransport korxonalari va tovarlarni tashishni tashkil etish, omborga joylashtirish, saqlash, ishlov berish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi transport-logistika kompaniyalari:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi PF-6318-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 06/21/6318/0927-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yilning 1-yanvariga qadar bo‘shagan mablag‘lar o‘zining avtotransport vositalari parkini kengaytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalashga, zamonaviy omborxona terminallari barpo etishga va bank kreditlarini to‘lashga yo‘naltirilishi sharti bilan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi PF-6318-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 06/21/6318/0927-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2024-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar va boshqa tovarlar uchun bojxona to‘lovlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi PF-6318-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 06/21/6318/0927-son)
5. Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan avtotransport korxonalariga shaharlararo yo‘nalishlarda yuk tashishni amalga oshirish huquqi berilsin.
6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2017-yilning 1-avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab eksport yuklarini temir yo‘l transportida tashish tariflarini respublika ichki yuklarini tashish darajasigacha pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. 2-ilovaga muvofiq tarkibda ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov rahbarligida ishchi guruhi tashkil qilinib, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: tadbirlarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularni moliyalashtirish manbalarini belgilash, Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini tizimli monitoring qilish, muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish va zarur hollarda, ularni hal qilish bo‘yicha asosli takliflarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Prezident Administratsiyasiga kiritish.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
9. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori U.U. Rozuqulov, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti boshlig‘i zimmasiga yuklansin.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling