Kurs ishi mavzu: vulqon va uning mahsulotlari
Download 1.13 Mb.
|
Kurs ishi mavzu vulqon va uning mahsulotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Endogen geologik jarayonlar
BErdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universtiteti tabiyiy geografiya va gidrometrologiya kafedrasi geologiya yo’nalishi umumiy va tarixiy geologiya fanidan kurs ishi mavzu:vulqon va uning mahsulotlari bajardi:orinbaev samandar ______________- qabul qildi: bekmanov nigmat ______________ baho:_______________ sana:______________ nukus 2023 mavzu: vulqon va uning mahsulotlari REJA: kirish I bob.effuziv magmatizm I.1 endogen jarayonlar I.2 vulqon turkumlari II bob . vulqon mahsulotlari II.1 vulqon mahsulotlarining tavsnifi II.2 vulqon turlari xulosa foydalanilgan adabiyotlar ilovalar kirish Vulqon — Yer poʻstidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bugʻlari va jins boʻlaklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulqon markazida asosiy vulqon kanali joylashgan boʻlib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma oʻchogʻi) magma va boshqa vulqon jinslari shu kanal orqali koʻta-riladi. Vulqon kanalining yuqori qismi vulqon boʻgʻzi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb ataladi. Vulqonning otilishi, lavaning qotishi jarayonida bugʻ va vulqon suvlari ajralib chiqadi. Vulqon otilishi qisqa, davriy va uzoq, davom etishi, baʼzilari butunlay soʻnib qolishi mumkin. Shunga koʻra vulqon soʻnmagan, soʻngan, tinchigan xillarga boʻlinadi. Vulqonning koʻtarilgan kanallari shakliga qarab markaziy va yoriqlardan otiladigan xillarga boʻlinadi. Markaziy vulqonda mahsulotlar markaziy kavakdan otilib chiqadi, yoriqlardan otiladigan vulqon ochilib qolgan yoriq yoki bir qancha unchalik katta boʻlmagan konuslardan iborat. Soʻnmagan vulqonga doim yoki davriy otiladigan, issiq gaz va suv chiqib turadigan vulqon hamda vulqon otilgani haqida tarixiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan vulqon kiradi. Tinchigan vulqon hozirgi paytda tinch holatda, ammo uning tubida suyuq magma oʻchogʻi boʻlib, vaqt oʻtishi bilan u faollashishi mumkin. Soʻngan vulqonga kuchli yemirilgan va yuvilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan vulqon kiradi. Soʻnmagan vulqon geosinklinal oblastlarda tarqalgan. Ularning deyarli uchdan ikki qismi Tinch okean qirgʻoqlari va orollarida, Uzok. Sharila Kamchatka yarim oroli va Kuril orollarida, oʻchgan vulqon Kavkaz, Zabaykale, Markaziy Osiyo, Ukraina (jumladan Karpat togʻlari va Qrim yarim oroli)da joylashgan. Hozirgi zamon tushunchasi bo'yicha vulkanizm magmatizmning tashqi effuziv shakli deb nomlanuvchi Yer qa'ridan magma massasining yer yuzasiga qarab harakatlanish jarayoni hisoblanadi. Sayyoramizning 50 dan 350 km gacha yetadigan chuqurliklarida suyuqlangan modda – magma hosil bo'ladi. Yer po'stining burdalangan va yer yoriqlar zonalari bo'ylab magma ko'tarilib chiqadi va u yer yuzasiga lava shaklida quyuladi. Magma lavadan farqli o'laroq uchuvchi komponentlarga ega bo'ladi. Bu gazlar yer yuzasida bosimning pastligi tufayli magmadan ajralib chiqib, atmosferaga qo'shilib ketadi. Magma yer yuzasiga quyulganda vulkanlar hosil bo'ladi. Endogen geologik jarayonlar Yerning ichki qismida bo'ladigan geologik jarayonlar endogen jarayonlari deb ataladi, erning tashqi kuchi bilan bog’liq bo'lgan jarayonlar esa ekzogen geologik jarayonlar deb ataladi. Endogen geologik jarayonlar magmatizm, metamorfizm va Yer po’stining deformatsiyasi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ular ta'sirida Yerdagi materiya qayta taqsimlanadi, foydali qazilma konlari vujudga keladi, zilzilalar va vulqon harakatlari ro'y beradi. Endogen jarayonlar natijasida tog’lar va vodiylar yuzaga keladi, bu esa Yer po’stining kimyoviy tarkibini va Yerning shaklini o'zgarishiga olib keladi. 1-rasm. Vulqonning qismi. Vulkanlar uch turkumga: maydonli, yoriqli va markaziy vulkanlarga ajratiladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling