Kurs ishi mavzu: Xomashiyo va oziq-ovqat maxsulotlarining faol va mineral moddalar taxlili bajardi: sat-120 guruh talabasi Abduxalilov Azizbek qabul qildi: SuvonovZiyovuddin samarqand 2023 Reja


Tibbiyotda ishlatiladigan, tarkibida mis saqlovchi dori vositalari


Download 327.12 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2024
Hajmi327.12 Kb.
#1832702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azizbek mustaqil ish

Tibbiyotda ishlatiladigan, tarkibida mis saqlovchi dori vositalari:


Mis sulfat (Cupri sulfas) va boshqalar.

3-rasim
RUX Zn
Balog‘at yoshidan o‘tgan odam organizmida 1,4–2,3 g rux mavjud. Rux darajasi sperma, prostata bezi, eritrotsitlar, jigar, miya va terida ayniqsa yuqoridir. Suyak va sochlarda ham rux ancha miqdorda mavjud.
Rux ichakning yuqori bo‘limlarida oshqozon osti bezi- dan ajraladigan shira tarkibiga kiruvchi transport oqsili ishtirokida so‘riladi. Qonda rux oqsillar bilan bog‘langan ko‘rinishda bo‘ladi.
Mikroelementning 30–40% ini 2 makroglobulin mahkam ushlab qoladi. Qolgan qismi albuminlar bilan kompleks tashkil etiladi.
Rux amal qilishining molekular mexanizmlari u juda ko‘p fermentlar tarkibi va faoliyatida ishtirok etishi bi- lan bog‘liq. Bunday fermentlar soni 200 ga yaqin.
Ruxning biologik roli uning normal o‘sish, rivojlanish va jinsiy yetilgan nasl qoldirish funksiyasini quvvatlash va immun sistemasi lozim darajada faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, qon ishlab chiqarish jarayonlarini normallash- tirish va hokazolar zarurligi bilan belgilanadi.
Erkaklar jinsiy bezlarining funksiyasini quvvatlashda rux ishtirok etadi (u erkaklar jinsiy gormoni digidrok- sitestosteronning tarkibiy qismi hisoblanadi). Shuning uchun u ham erkaklar va ayollarning seksual funksiyasini amalga oshirishga bevosita daxldor bo‘lgan testikullar va yong‘oqsimon bez to‘qimalarida ko‘p miqdorda mavjud bo‘ladi. Rux V6 vitamini bilan birga to‘yinmagan yog‘ kislota- larini tarkib toptirishda ishtirok etuvchi mineral anti oksidant lipotrop omillar qatoriga kiradi. Glyukokor- tikoidlar retseptori tarkibida rux mavjud bo‘lgan oqsil hisoblanadi.
Balog‘at yoshidan o‘tgan odam oziq bilan birga bir sut- kada 15 mg, homilador va emizuvchi ayollar ko‘proq 20–25 mg miqdorida rux iste’mol qilishi lozim. Organizmning rux bilan ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari bo‘lib, uning qon zardobi (normada 700–1200 mkg-l), sochlar (125–225 mkg-g) dagi konsentratsiyasi siydik bilan ekskresiyasi darajasi (sutkasiga 0,1–0,7 mg) xizmat qilishi mumkin.
Ta’m va hid bilish qobiliyatining buzilishi rux tanqisligining ilk alomatlaridan biri hisoblanadi. Organizmda rux yetishmasligi natijasida farzandsiz- lik, aqliy zaiflik, suyak hujayrasining shakllanishi ish- dan chiqishi, ko‘z xiralashuvi, sochning erta oqarishi kabi holatlar kuzatiladi.
Ruxning asosiy oziq manbalari go‘sht, parranda go‘shtlari, qatiq, pishloqlar, don mahsulotlari, dukkakli- lar, yong‘oqlar va krevetkalardir. Sut va sut mahsulotlarida mazkur mikroelement juda oz miqdorda bo‘ladi.

Download 327.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling