Kurs ishi mavzu: Xomashiyo va oziq-ovqat maxsulotlarining faol va mineral moddalar taxlili bajardi: sat-120 guruh talabasi Abduxalilov Azizbek qabul qildi: SuvonovZiyovuddin samarqand 2023 Reja


Tibbiyotda ishlatiladigan, tarkibida rux saqlovchi dori vositalari


Download 327.12 Kb.
bet6/6
Sana31.01.2024
Hajmi327.12 Kb.
#1832702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azizbek mustaqil ish

Tibbiyotda ishlatiladigan, tarkibida rux saqlovchi dori vositalari:


Rux oksidi (Zinci oxudum),
Bolalar upasi (prisipka) (Aspersio puerilis),


4-rasim
MARGANES – Mn
Marganes eng aktiv mikroelementlardan biri bo‘lib, deyarli barcha o‘simlik va hayvon, jumladan, odamlar orga- nizmida uchraydi. U organizmda qon hosil bo‘lish jarayoni- ni yaxshilaydi.
Balog‘at yoshidan o‘tgan odamning organizmida 12–20 mg marganes mavjud. Ushbu mikroelement darajasi bosh miya, jigar, buyraklar, oshqozon osti bezida ayniqsa yuqoridir.
Marganes terining sog‘lomligini ta’minlashda, suyak- ning hosil bo‘lishida, glyukoza va lipoproteinlarning me- tabolizmida qatnashuvchi muhim elementlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uglevodlar va xolesterin metabolizmida fermentlarni faollashtiradi.
Marganes tanqisligi bilan qizil lyupus kasalligi o‘rtasida muayyan bog‘lanish mavjudligi taxmin qilinadi. Ratsionga marganesning qo‘shilishi shunday bemorlar holatini yaxshilaydi. Qandli diabetga chalingan bemorlar qoni va to‘qimalarida marganes konsentratsiyasi kamaygani aniqlangan.
Og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi insonlar- da marganesga bo‘lgan talab ortib boradi. Achchiq choy ichish bilan biz organizmga 1,3 mg marganesni kiritamiz.Organizmda marganesning ortib ketishi markaziy nerv sistemasi faolligining yomonlashishiga olib keladi.Kuniga 3–5 mg marganes talab qilinadi.
Marganesning manbalari: jigar, yong‘oq,dukkaklilar, no‘xat, ko‘k va qora choy, kofe, tegirmon unidan tayyorlangan non.
5- rasim
YOD J
Balog‘at yoshidan o‘tgan odam organizmida 20–50 mg yod mavjud bo‘lib, shundan 8 mg ga yaqini qalqonsimon bezda jamlangan. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mav- jud bo‘lgan yod ichaklarda so‘riladi.
Yodning biologik roli qalqonsimon bez gormonlari- ning tuzilishida ishtirok etishi bilan belgilanadi. Ular- ning tarkib topish mexnanizmi qalqonsimon bez qondan noorganik yodni ushlab qolishi, uning molekular yod holatiga qadar oksidlanishi bilan bog‘liq. Molekular yod vujudga kelgan zahoti tirozin bilan bog‘lanib, mono-6 di- yodtirozinni hosil qiladi. Bu birikmalar keyin tiroksin (3,5,3,6 tetrayodidtironin) va 3,6,3 triyodtironinga ayla- nadi. Sintezlashgan tiroksin oqsil bilan bog‘lanib tireo globulin hosil qiladi. Gormon shaklida qalqonsimon bez follikulalarida to‘planadi. Zarur holda tiroksin tireo- globulindan ajraladi va qonga qo‘shilib, bu yerda transport oqsili transtiretin bilan bog‘langan ko‘rinishga aylana- di. U jismoniy va ruhiy rivojlanishga, to‘qimalarning tabaqalashuvi va yetilishiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Marka- ziy nerv sistemasi, yurak-qon tomir sistemasi, jigar odam emotsional tonusining funksional holatini tartibga so- lishda ishtirok etadi.
Tiroksin suv-tuz oqsil va uglevod almashinuviga sezi- larli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Homiladorlik davrida yod tanqisligi kar-soqov, past bo‘yli, aqliy rivojlanish- dan orqada qolgan (kretinizmga qadar) bolalar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Kattalarda yodning mo‘tadil tanqisligi aqliy o‘sishning tormozlanishiga olib keladi.Balog‘at yoshidan o‘tgan odamlarda yodga bo‘lgan sutkalik fiziologik ehtiyoj 100–150 mkg ni, homilador ayollarda 180 mkg ni, emizuvchi ayollarda 200 mkg ni tashkil qiladi.Mikroelement organizmga oziq bilan yetarli miqdorda tushmaganda yodning siydik bilan ekskresiyalanish dara- jasi pasayib ketadi. Organizmning yod bilan ta’minlan- ganlik darajasini aniqlashning murakkabroq usullari qalqonsimon bez funksiyasini baholashga asoslanadi.Ayni bir mahsulotlarda yod miqdori muayyan hudud tuprog‘i va suvida mikroelement konsentratsiyasiga qarab har xil bo‘ladi. Dengiz suv o‘tlarida yod juda ko‘p miqdorda mavjud. Dengiz balig‘i va dengiz mahsulotlarida ham mik- roelementning ko‘p miqdorda mavjudligi aniqlangan. Ichimlik suvi tarkibida yod miqdori oz bo‘lib, u odamni yod bilan ta’minlashga nisbatan kam (5–10% gacha) hissa qo‘shadi.
Ayni vaqtda suvda mikroelement miqdoriga qarab, uning shu hududda yetishtiriladigan mahsulotlaridagi da- rajasi haqida hulosa chiqarish 6-rasim
Download 327.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling