Kurs ishi mavzu: Xorazm adabiy muhitida tazkiranavislik Talaba


Download 87.24 Kb.
bet3/5
Sana13.03.2023
Hajmi87.24 Kb.
#1266117
1   2   3   4   5
Bog'liq
ISOQOVA ZILOLA ADABIYOT

Oshiqlarini oh ul masihodam o’ldurur,
Bu odam o’ldururki, Masih odam bo’ldurur”
Ayni faktning o’zi hali Hazrat Navoiy va Sulton Husayn Boyqaro usmonli Sulton Boyazid Soniy bilan diplomatik yozishmalarga kirishmay turib, Navoiy asarlari Onado’liga kirib kelgan bo’lishi yoki Navoiy she’rlari bilan birga uning maktubini mana shu Basiriy keltirgan bo’lishi ham mumkin. Chunki Navoiy ijodining Onado’liga kirib kelishi borasida juda ko’p olimlar qiziqarli kuzatishlar olib borgan bo’lsalar-da, Navoiy asarlarini ilk bor kim olib borgani va nima uchun u turkistonlik shoir Basiriy vomida “Oxir umrinda Sulton vazifani ado etgach, o’z yurtiga qaytmasdan Rumda qolib ketgani va “she’rida tarkiyzabon nazmlari shevasi”ni davom ettirgani noma’lum edi. Yuqorida Latifiy keltirgan baytning o’ziyoq Basiriyning she’riy iste’dodidan darak beradi. Biroq Latifiy Basiriy haqida mufassal ma’lumot bermaydi. Navoiy an’anasini o’zicha boyitgan Latifiy shoirlar tasnifotida alifbo usulini ma’qul ko’rdiki, bu usul ham keyingi tazkiralarda an’anaviylik tusini oldi. Bundan tashqari Latifiy “Fasli avval”da yana ham o’ziga xosroq yo’lni tanlab, XIII asrdan o’z zamoniga qadar boshqa o’lkalardan (jumladan, Turkistondan ham) Onado’liga kelib o’rnashib qolgan 13 shoir haqida ma’lumot beradi. Garchi Latifiy o’z tazkirasini Sulton Sulaymonga bag’ishlagan bo’lsa ham u o’z hukmdori Muhibbiyga maxsus bo’lim ajratmaydi, aksincha, sulton va shahzodalar bo’limining eng so’ngida bir necha sahifada uning she’rlari tahlili munosabati bilan hukmdorga murojaat qiladi. Tazkirada bir yoki bir necha bayt o’rniga to’liq holda g’azal va qit’aning keltirilishiga e’tibor qaratsak, Latifiy tazkirasi antologiyaga yaqinlashganini ham kuzatish mumkin.
Uchinchi tazkira Oshiq Chalabiyning “Mashoyir ush-shuaro” (“Shoirlar mashoirasi”) nomli tazkira esa 425 shoir ijodi haqida ma’lumot beruvchi tazkiradir. Muqaddimada tazkiranavis:
Zaboni turkiyning dostonsaroyi,
Fasohat bulbuli, ya’ni Navoiy
deya Navoiydan so’z ochadi. Va davomida “Oxir umrinda Sulton Boyazidga Navoiy o’ttiz uch g’azal yubormish, birisi ushbu g’azaldur, matla’si quyidagichadir:
Matla’i Navoiy:
Ul pari paykarki hayron bo’lmish insu jon anga,
Jumla olam manga hayronu men hayron anga.
Sulton Boyazid bu g’azalni Ahmat Poshoga yuborib, unga nazira bitishni buyurdi”. Ushbu faktga asoslanib, dastlab shoir Nomiq Kamol, keyin Fuad Ko’prulu, Ogoh Sirri Lavand, Kamol Eraslon kabi turk; Gibb, Broun, Z. Kleynmixel, Gorbuzova kabi g’arb olimlari; N.Karimov, Z. Nagieva, Olmos Ulviy, R. Ro’zmonova kabi o’zbek va ozar olimlari maqola va tadqiqotlarida bu fikrlar dunyo bo’ylab ilmiy “sayohat” qilgan, bu samarali ta’sir natijalari atroflicha o’rganilgan. Lekin Oshiq Chalabiy tazkirada o’rni bilan Navoiy g’azalining “yaxshiligi”, unga nazira yozgan shoir maqta’si (Maqta’: So’zda ushshoqi muhayyir ayladirsun, Bo’yla go’yo o’lmag’a kuyin kerak bo’ston anga)” mahorat bobida Navoiydan ancha quyiroq ekanini ham qayd etgan.
Ayni fikr xinolizoda Chalabiyning “Tazkiratu-sh-shuaro” tazkirasida takrorlanish barobarida “Hazrati Jomiy va Navoiy g’azallari siporishnoma (maxsus rasmiy davlat maktubi ) bilan Sulton Boyazidga kelgan” deb umumlashtiradi. “Ahmad Posho Navoiyni o’rgangach, uning she’ri xub va tarzi guftori marg’ub bo’ldi” deb Ahmad Posho Navoiy g’azallari yo’liga kirgandan keyin she’rlarining usluban go’zallashgani va hamma tomonidan rag’bat ko’rgani qayd etilgan”.
Shuningdek, bunga uyg’un fikrlar G’alibo’lulu Oliyning “Ko’nh-ul-axbor” asari tazkira qismi”da “Sulton Husayn Boyqaroning vaziri mushiri va ul asri bohirun-nasrin malozi fuhulu bo’lgan Mir Alisher ul shahriyori oliyhimmat (Sulton Boyazidga) bir necha g’azal jo’natdi. Ular taqi nazoir jihatdan tatabbusini marhum Ahmad Poshoga asir ayladi” kabi tazkiralardan tazkiralarga ko’chib, yuqorida tilga olingan olimlarning tadqiqot va maqolalariga mavzu bo’ldi. Alining tazkirasida Kotibiy taxallusli Saidiy Ali Rais munosabati bilan yana bir muhim fikr o’rtaga tashlanadi. Bu shoir vazifa yuzasidan Hindistonda Navoiy izdoshi sifatida tanilgan va Navoiyi Soniy laqabini olgan shoir “uch yarim yil sayohatdan so’ng Hindu Sind va Xuroson va Gujarot va Sherozu Ozarboyjon salomini keltirdi”.
Ko’rsatilgan tazkiralar ichida Oshiq Chalabiyning “Mashoyir-ush-shuaro” asari Navoiy ijodiga keng va atroflicha munosabat bildirgani bilan ajralib turadi. Oshiq Chalabiy Navoiy g’azallarini Rumga Basiriy keltirganiga urg’u beradi: “Navoiyi marhumning “Majolis un-nafois”inda mazkur bo’lgan shuarodan va poytaxti mulki Xuroson bo’lgan Hirotda Mirzo Sulton Husaynu Navoiyu Jomiyu Binoiy va ul kasning akobiri xizmatiga erishgan zufarolardan edi. Rumga Sulton Boyazidi marhumga Navoiy va Jomiyning kitobu g’azallari va siporishlariy-la kelmishdir”. Tazkirada shu bilan birga Navoiyning Adniy taxallusli Valiy Mahmud Posho bilan maktub yozishgani to’g’risida fikr bildirilgan. Ko’rinadiki, Navoiyning Rum eli bilan bog’lanishi birgina yuqoridagi 33 g’azal bilan cheklanmaydi, ayrim shoirlar, xususan, Adniy taxallusli Mahmud Posho bilan yozishmalari mavjud.
Agar mazkur shoirning 1474 yilda vafot etgani e’tiborga olinsa, 1481 yilda taxtga chiqqan Boyazid II ga Navoiyning 33 g’azali yetib bormay turib, bundan taxminan o’n yillar chamasi avval, ya’ni ulug’ shoir 22-25 yoshlarida rumlik shoirlar bilan maktublar yozishgan.
Tazkirada “Ajam vasfinda bir bayt:

Download 87.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling